Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə20/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139
Majmua 2023 yangi

Tasviriy san’at. Temur va temuriylar davrida ulkan muvaffaqiyatlaridan yana biri bu tasviriy san’atning gurkirab taraqqiy etganligidir. Bu davr tasviriy san’ati- portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo’ldi. XIV asrning 2-yarmida Samarqand miniatyura maktabi tashkil topgan.
Temuriylar davrida yetishib chiqqan va tasviriy san’at dong’ini olamga taratganlar jumlasiga ustoz Shamsiddin Abdulhay, Muhammad Nur, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir, Pir Sayid Ahmad Bog’ishamoliy va boshqa musavvir va naqqoshlarni kiritish mumkin. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yoxud jang tafsilotlari o’zining tabiiyligi, tiniqligi va originalligi bilan kishini hayratga soladi. Masalan, Muhammad Siyohqalam, Hoja Muhammad va ustoz Abdulhay mo’yqalami bilan sayqal topgan 96 ta muroqqa (albom) Shunday tasvirlar sirasiga
1455-1536 yillari Hirotda buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uyg’onish davrining yetuk san’atkori, Hirot miniatyura maktabining asoschisi-Kamoliddin Behzod faoliyat ko’rsatdi. U «Ikkinchi Moniy» degan faxriy unvonga sazovor bo’lgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do’st Muhammad va Qozi Ahmadning ma’lumotlariga ko’ra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o’z tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan o’rgangan, o’z ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir iste’dodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o’sha davrning yetuk san’atkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan band bo’lganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda-Navoiy va boshqa san’atkorlar ijodi ta’sirida kamol topgan.
Kamoliddin Behzodning ijodida Hirot miniatyura maktabining jo’shqin, harakat va detallarga boy kompozitsiyalardan his-tuyg’ularni ifodalash usuliga, shuningdek, port­ret janriga o’tishdek taraqqiyot yo’li o’z ifodasini topdi. Uning har bir yaratgan asari, shoh asar edi. Zamondoshlari uning asarlarini badiiy mukammalligi, o’ta hayotiyligi va haqqoniyligi uchun qadrladi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin