Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə95/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139
Majmua 2023 yangi

Integratsiya - lot. integratio-tiklanish, bajarish; integer-bir butun; qandaydir qismlarning bir butunlikka birlashishi.
Interaktiv davlat xizmatlari – idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiya tarmoqlari orqali ko’rsatiladigan xizmatlar. Bizning mamlakatimizda bu xizmatlar 2013 yil 1 iyuldan harakat qiluvchi hamda davlat organlarining aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o’zaro hamkorligining qulay va samarali vositasi sifatida xizmat qiluvchi my.gov.uz Interfaol Davlat xizmatlari yagona portali orqali ko’rsatiladi.
Internet – axborot bilan almashish uchun ham kompyuter tarmoqlari foydalanuvchilarni, ham shaxsiy kompterlarni o’zaro bog’lovchi butun dunyo axborot kompyuter tarmog’i.
Internet jurnalistika – bu internet makonida axborot shakllar dolzarbligini shakllantirish va taqdim qilish bo’yicha faoliyatni kasb etuvchi sifat jihatidan yangi va sivilizatsiyali fenomendir, bunda bunday shakllar tashuvchisiga nafaqat so’z, balki rasm, fotosurat, kino, video, tovush, veb-sahifa – keng ma’noda axborot yoki matn tashuvchisi sifatida namoyon bo’lishga qodir har qaysi ob’ekt aylanishi mumkin.
Interpellyasiya - fr. interpellation < lat. interpellātio < interpellāre – munosabat, aloqa, suhbat va boshqa shu kabilarni bo‘lib qo‘yish, qarshi chiqish.
Interfaol muloqot – real vaqt rejimida turli OAV (asosan Internet) vositasida “jonli” muloqot qilish. SHartli ravishda bunday muloqotning bir necha shaklini belgilash mumkin:
Informatsiya – lot. informatio – xabardor qilish, tushuntirish, bayon qilish ma’nolarini beradi. SHuningdek, lot. informare- shakl berish qabilida ham ishlatiladi.
Irratsional – (lot.irrationalis) bilishning asosiy vositasi sifatida his- tuyg’u, instinkt va e’tiqodni tan oluvchi falsafiy qarash.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin