Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə91/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   139
Majmua 2023 yangi

G’oyaviy bo’shliq - deb, eski xukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog’liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, o’tmish va kelajakka dahldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to’liq anglab etmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bo’shliqqa aytiladi.
Gumanizm (insonparvarlik) – tenglik, adolat, o’zaro hurmat, inson qadrini ardoqlash, odamlar farovonligi uchun g’amxo’rlik qilish g’oyalari singdirilgan dunyoqarash.
Guruh - manfaatlar, qarashlar, kasbiy, faoliyat tarzi bo’yicha birlik va umumiylik kasb etgan shaxslar yig’indisi, birlashmasi.
Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo’lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o’z ichiga oladi. Jamiyatni boshqaruvga tizim sifatida Davlat ichki tizimga o’z vakolatlarini amalga oshirish uchun maxsus organlarga ega. Davlat odamlar va jamoat guruhlarining faoliyati hamda munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo’naltiradi va nazorat qiladi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Daxldorlik hissi– fuqarolarning tug’ilgan joyi, ona Vatani, mustaqillikni anglash, uni asrab-avaylash, himoya qilish, uni yanada rivojlantirishga chorlaydigan, shart-sharoit, omillar majmui.
Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchidemokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Demokratik institutlar - jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi.
Demokratik kuchlar bloki–parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etish maqsadida o’zdasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holdabir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o’z sa’y- harakatlarini birlashtirishi.
Demokratiya(yunoncha, «demos» – xalq, «kratos» – hokimiyat) – xalq hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon bo’lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e’tirof etildi. Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib, rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin