Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə87/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139
Majmua 2023 yangi

Adliya-(arab.-adolat)-sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini, shuningdek, sud idorasini bildiruvchi atama.
Adolat (arab. – odillik, to’g’rilik) – u yoki bu qadriyatlarning o’zaro umumiy munosabatini va ularning individlar o’rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi tushuncha; insonning mohiyati va uning ajralmas huquqlarini haqidagi tasavvurlarga mos bo’lgan jamoa tartibi.
Aktor - (lot. «actor» - arbob); muayyan xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi individ, ijtimoiy guruh, institut yoki boshqa sub’ekt, ziddiyatlarda ishtirok etuvchi tomonlar. Siyosatshunoslikda aktor va sub’ekt tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi.
Alarmizm – intellektual va ekspertlarni birlashtiruvchi zamonaviy g’oyaviy oqim. U xavf solayotgan global muammolar – yaroviy, ekologik v.x. – borasida ogohlantiradi
Amnistiya-jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to’liq yoki qisman jazodan ozod qilish, shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o’tab bo’lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ xususiyatga ega, ya’ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo’llaniladi.
Anaxronizm – (yunon. ana-orqaga,chromos-vaqt, zamon); yanglish holda bir davrdagi voqea yoki hodisalarni boshqasiga almashtirib qo’yish.
Apatiya – (yunon.) butunlay befarqlik holati, loqaydlik.
Artikulyasiya – (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari individlar va ijtimoiy guruhlarning tarqoq qarashlari, ijtimoiyruhiy kechinmalari va umidlarini aniq va ma’lumsiyosiy maqsadlar va talablarga aylantirishjarayonini anglatadi.
Axborot – («informatio» lotinchadanma’lumotlar, tushuntirishlar, bayonlarni anglatadi) – bu ma’muriy, tashkiliy tadbirlar o’tkazish haqida qarorlarni qabul qilish uchun, shuningdek taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi muhim faktlar (shaxslar, harakatlar, tashkilotlar, voqealar) to’g’risidagi ma’lumotdir. Falsafiy nuqtai nazardan axborot bizning ma’lumot (belgi) olish natijasida o’rganilayotgan hodisalar (jarayonlar) haqida tasavvurlarimizning noaniqligini kamaytirish yoki olib tashlashni ta’minlaydi.
Axborot- (informatsiya) - lot. informare-tasvirlamoq, nimadir haqida tushuncha tuzish; kimnidir faoliyati, nimadir faoliyati yokiishning ahvoli haqida habar, habardorlik.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin