Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə83/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139
Majmua 2023 yangi

O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi mavzusi buyicha insho tayyorlash.

Millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan «Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat» g‘oyasini amalga oshirish ezgu maqsadimiz sifatida belgilandi. Ayniqsa, Konstitutsiyamizni takomillashtirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlar olib borilayotganligi ushbu islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.


Joriy yilning 25 iyun kuni matbuotda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Unda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini yanada kengaytirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Qayd etish joizki, hozirda ushbu loyiha yuzasidan keng miqyosli umumxalq muhokamasi amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda to‘xtalib o‘tmoqchi edikki, inson huquq va erkinliklarining kafolatlari o‘zida nimani aks ettiradi?
Kafolat kafillik qilish ma’nosini anglatadi. «Kafil» tushunchasiga ko‘ra, kafil biror narsaga yoki biror kimsa haqida boshqalarni ishontirib, mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z ustiga oluvchi, kafolat beruvchi shaxs ma’nosini bildiradi.
«Kafolat» esa kafil bo‘luvchi narsa, shaxs ma’nolarida qo‘llaniladi. Umuman olganda kafolat bu – mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z ustiga olgan holda ishontirish, ta’minlash degan ma’noni anglatadi.
Demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko‘rsatuvchi shartlardan biri – insonning huquq va erkinliklarini qonunlarda belgilanishi hamda ularning ta’minlanishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday degan edi: «Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq». Zero, davlatning insonparvarligi va madaniy darajasi, u o‘tkazayotgan ijtimoiy siyosatning mazmuniga qarab baholanadi. Shuning uchun ham islohotlar davrida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning tub mohiyati aholining huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan maqsadli ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishdan, ayniqsa, ijtimoiy adolat qoidalarini yanada mustahkamlash, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari mavqeini oshirishdan iborat.
Davlat jamiyat hayotidagi barcha, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, munosabatlarni tartibga solib borish vazifasini amalga oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin va tartibli muhitga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, inson huquqlarining va erkinliklarining kafolati, bu – umumxalq tomonidan qabul qilingan, davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki tasdiqlangan, shaxslar va fuqarolarga belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalda ta’minlashga yordam beradigan huquqiy vositalar, yuridik usullar va shart-sharoitlar majmuidir.
Kafolatlashning asosiy maqsadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq. 
Siyosiy kafolatlar sifatida huquq va erkinliklarning davlat tomonidan ta’minlanishi hamda tegishli maxsus vakolatli tuzilmalarining tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishini tushunish mumkin. Shu nuqtai nazardan yondashganda bir qator organlar: parlament, prezident, hukumat, sudlar, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat tashkilotlari kabilarning faoliyat ko‘rsatishi qonuniylik va inson huquqlarini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Masalan, jamiyat hayotining turli sohalarida parlament va mahalliy kengashlar nazorati, jamoatchilik nazoratining mavjud ekanligi tegishli sohalarda qonuniylikni ta’minlashga yordam ko‘rsatadi.
Yana bitta misol, uchta hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va muvozanatda bo‘lish tamoyilining mavjudligi inson huquqlarini ta’minlashning yaqqol siyosiy kafolatidir.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin