Samarqand davlat chet tillar instituti


-O’zbekistonni halqaro reytinglardagi ko’rsatgichlarini ko’tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə86/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139
Majmua 2023 yangi

12-O’zbekistonni halqaro reytinglardagi ko’rsatgichlarini ko’tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.
Bugungi kunda hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday o‘zgarishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslarda ham o‘z ifodasini topayapti. Hamda xalqaro maydondagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro‘-e’tibori tobora yuksalib, dunyo mamlakatlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Jumladan, mamlakatimiz o‘z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi. Yaqinda AQSh Davlat departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgani keng ko‘lamli demokratik islohotlarimizning e’tirofi bo‘lgan bo‘lsa, faol iqtisodiy islohotlarimiz natijasida yaqinda BMT ning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) ning “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks etti va 152 ta davlat orasida 92- o‘rinni, MDH ga a’zo davlatlar orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa 2-o‘rinni egalladi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning korrupsiyani qabul qilish hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indekslarida yurtimizning o‘rni yaxshilanishiga olib keldi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.


GLOSSARIY
Abolitsionizm – (lot. bekor qilish) biror qonunni bekor qilishga qaratilgan ommaviy harakat. XVIII asr oxiri va X1X asrning birinchi yarmida AQSHda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – abolitsionist deb atalgan.
Avtonomiya (yunon. autos+nomos-o’zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiy-milliy tuzilmalarga (viloyat, o’lka) o’zini o’zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriy-hududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (xo’jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o’zini o’zi boshqarish huquqi.
Avtonomiya (yunon. autos+nomos-o’zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiy-milliy tuzilmalarga (viloyat, o’lka) o’zini o’zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriy-hududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (xo’jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o’zini o’zi boshqarish huquqi.
Agregatsiya- (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish, ya’ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida turli manfaatlar uyg’unlashtiriladi va ular o’rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi. Bu jarayonda asosiy va muhim manfaatlar tanlab olinadi ularni qondirish chora va tadbirlari ko’riladi.
Advokatura-huquqiy institut, advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko’ngilli, kasbiy birlashmalarini o’z ichiga oladi. O’zb.Res. fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasining advokatura to’g’risidagi qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin