Axborot madaniyati – jamiyatning axborot resurslar va axborot- kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek bu maqsadlarda axborotlashtirish vositalar va axborot texnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilg’or yutuqlarni qo’llash qobiliyati. Axborot madaniyati kishida axborot muhiti bilan o’zaro munosabatda bilim, mahorat, ko’nikma va refleksli ko’rsatmalar mavjud bo’lishi bilan ifodalanadi. Kishining axborot madaniyatining eng muhim elementlaridan biri – axborot resurslarini bilish (ulardan erkin foydalanish imkoniyati).
Axborot makoni– (Axborot muhiti) axborotni saqlash, ishlash va uzatish bo’yicha texnikaviy va dasturiy vositalar, shuningdek axborotlashtirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy shart- sharoitlari majmuasi.
Axborot sohasini liberallashtirish – (libera lis lotinchadan erkinlikka taalluqli) OAV huquq va erkinliklarini kengayish jarayoni, shuningdek ularning faoliyatidagi cheklovlarini olib tashlash va davlat nazoratini susaytirish.
Axborot erkinligi-fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lib, so’z, matbuot va boshqa ommaviy axborotga ega bo’lgan axborotni olish huquqi va qonuniy asosda olingan axborotlarni tarqatish huquqi axborot erkinligi hisoblanadi. O’z.Res. Konstitutsiyasiga asosan, ommoviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yo’l qo’yilmaydi (67-modda).
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari– axborot foydalanuvchilari manfaatida uni yig’ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish
maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui. Bugungi kunda AT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuterlar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, aloqa va telefoniya, mobil servislar, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internet axborot resurslarini ta’minlash kiradi.