Bill – ingl. Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa davlatlarda qonun chiqaruvchi tashkilot e’tiboriga havola qilinuvchi qonun loyihasi.
Bipartizm-ijtimoiy sheriklikning ikki sub’ekti o’rtasidagi kelishuv
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi– bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bundesrat – nem. GFRda erlar palatasi. Germaniya Erlari hukumatlarining uchdan beshtagacha vakillaridan iborat. Bundestag – nem. GFR parlamenti. 1949 yilda tashkil etilgan. Aralash saylov tizimida 4 yillik muddatga saylanadi.
Bunyodkor g’oya- jamiyatni taraqqiyot sari etaklovchi, turli guruh va qatlamlarni, millatlarni ezgu maqsad yo’lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo’lgan g’oya.
Vayronkor (buzg’unchi) g’oya - yovuzlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor kuchlarning hukmronligini o’rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va jamiyatning mustaqilligiga, erkinligiga, ijodkorligiga zid bo’lgan g’oyalar majmuini ifodalovchi tushuncha.
Vatan ( arabcha «Vatan» – ona yurt ) – kishilarning yashab turgan, ularni avlod va ajdodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan bir-birini taqozo etuvchi tashqi muh it va ichki kechinmalar hamda tushunchalarni o’z ichiga oladi. Tashqi muhit nuqtai nazaridan Vatan kishi yoki avlodlar tug’ilib o’sgan va kamol topgan joy,
Vatan ravnaqi –milliy istiqlol mafkurasining Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan g’oyalaridan biri. Prezidentimiz Vatan ravnaqi g’oyasini ilgari surar ekan, uning mazmunini har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtiruvchi, uni xalq baxt- saodati yo’lida xizmat qilishga undovchi bunyodkor g’oyadir deb ta’riflaydi. Zero, u milliy istiqlolning oliy maqsadi - O’zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolarning el-yurt kamoli bilan bog’liq orzu-umidlarini amalga oshirishni ifodalaydi.