Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə92/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   139
Majmua 2023 yangi

Detsentralizatsiya - nomarkazlashtirish; markaziy hokimiyat organlari vakolatlarining bir qismini mahalliy hokimiyat organlari, o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat tashkilotlarga berish; markazlashuvnibo’shashtirish yoki bekor qilish, tugatish.
Diaspora – yun. diaspora -tarqalish ma’nosida bo’lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o’z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig’indisi (masalan O’zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).
Diversifikatsiya – lot. diversification – o’zgarish, turli-tumanlik, faoliyatni har tomonlamava turli-tuman yo’nalishlarda rivojlantirishga strategik mo’ljal olish. Masalan, kapitalni diversifikatsiyalash – iqtisodiy tavakkalchilikning xavfli oqibatini kamaytirish maqsadida kapital mablag’larni turli ob’ektlar o’rtasida bo’lib-bo’lib joylashtirish.
Diniy bag’rikenglik - bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o’zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to’g’ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.
Diskurs - ingl. discourse < lat. discursus – suhbat, muomala, monolog, dialog.
Differensiatsiya – (lot. differentia-farqlash, har xillik); taqsimlanish, nimanidir alohida turli xil unsurlargaajralishi, bo’laklarga bo’linish.
Dualizm – (lot.) ikki taraflamalik (shuningdek, falsafadagi dunyo asosida ikkita mustaqil bosh sabab – ruh va modda, ideallik va moddiylik mavjud degan qarashlar haqidagi ta’limot).
Evropotsentrizm - G’arbiy Evropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko’ra G’arbiy Evropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Jazo – huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo’llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog’liq bo’lgan majburlov chorasi.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig’indisi. Jamiyat tarixiy, moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o’zgarish va rivojlanishda bo’lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin