Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
118 Sahifa 
1. Tserebral gipertenziyaga xos belgilar: bosh og’rig’i, boshda 
og’irlik hissiyoti, quloqlarda shovqin, ko’z soqqalarida og’riqlar, 
xotiraning pasayishi, qoniqib uxlamaslik va b. 
2. Yurak chap bo’limlariga ortiqcha og’irlik tushishi va koronar 
etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan shikoyatlar: yurak sohasida og’riq, 
taxikardiya, to’sh ortidagi og’irlik hissi va b. 
3. Bel sohasidagi og’irlik sezgisi, kuchli bo’lmagan og’riqlar, buyrak 
infarkti bo’lgan taqdirda – gematuriya. 
4. Boshqa a’zolar ishemiyasi belgilari (buyrak arteriyalari bilan birga 
boshqa a’zolar magistral arteriyalari shikastlanganda). 
5. Nospetsifik aorto-arteriitda umumiy yallig’lanish sindromi uchun 
xos shikoyatlar. 
6. Ikkilamchi giperaldosteronizm uchun xos shikoyatlari: jinsiy 
zaiflik, paresteziyalar, tetaniya xurujlari, poliuriya, nikturiya, polidipsiya. 
VRG taxminan 25% bemorlarda belgisiz kechadi. 
Diagnostikasi.
Diagnoz qo’yish uchun quyidagi anamnestik 
ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega bo’ladi: 
1. Bolalar va o’smirlarda barqaror gipertenziya rivojlanishi. 
2. Kasalligi ilgari xavfsiz kechgan, gipotenziv muolaja esa samarali 
bo’lgan 40 yoshdan oshgan shaxslarda gipertenziyaning barqarorlashuvi va 
davolashga nisbatan refrakterlik. Bunday bemorlarda o’tuvchi oqsoqlik 
yoki bosh miya surunkali ishemiyasi belgilari ham bezovta qilishi mumkin. 
3. Gipertenziya boshlanishining homilardorlik va tug’ruqlar bilan 
aloqadorligi (nefropatiyasiz kechuvi). 
4. Gipertenziya boshlanishining buyraklar sohasidagi asbob-uskuna 
yordamida tekshiruvlar yoki manipulyatsiyalar, buyraklardagi va qorin 
aortasidagi operatsiyalar bilan aloqadorligi. 
5. Yurak nuqsoni, aritmiyalari bo’lgan bemorlarda yoki postinfarkt 
kardiosklerozi, boshqa arterial havzalarda emboliya hodisalari bo’lgan 
bemorlarda gipertenziyaning bel sohasidagi og’riq xurujlaridan keyin 
rivojlanishi. 
Klinik tekshiruvni bemorlarni qo’l va oyoqlaridagi qon bosimini 
o’lchashdan boshlash lozim, bu koarktatsion sindromni istisno qilishga 
yordam beradi. Shuningdek bosimni gorizontal va vertikal holatda o’lchash 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin