Gospital xirurgiyasi 177 Sahifa
orqali o’tiladigan chap tomonlama torakofrenolyumbotomik yo’l afzal deb
hisoblanadi. Xirurgik korrektsiya usulini tanlash okklyuziyalovchi jarayon
tabiatiga va xarakteriga bog’liq.
Qorin stvoli ekstravazal kompressiyasida adekvat qon oqimini
tiklash ko’p hollarda arteriyani bosib turadigan omillardan ozod qilishning
o’zi kifoya qiladi. Operatsiyalarning rekonstruktiv usullari: - transaortal va
transarterial trombendarterektomiya; - arteriyalarni rezektsiya qilish va
protezlash; - replantatsiya operatsiyasi; - arteriyalararo shuntlash
operatsiyalari. Arteriya proksimal segmentida etarlicha diametrdagi
chegaralangan zararlanish bo’lishi trombendarterektomiyaga ko’rsatma
hisoblanadi. Endarterektomiyani transarterial va transaortal usullar bilan
amalga oshirish mumkin.
Transarterial endarterektomiyaning moxiyati zararlangan arteriya
segmenti ustidan o’tkazilgan arteriotomik kesma orqali o’zgargan intima
va pilakchalarni olib tashlashdan iborat. Arteriyani rezektsiya qilish va
protezlash qorin aortasi vistseral tarmoqlarini rekonstruktsiya qilishning
asosiy usullaridan biri sanaladi. Arteriyada hosil bo’lgan nuqson o’rnini
to’ldirish uchun diametri 8-10 mm bo’lgan lavsan-ftorlon to’qima
protezlaridan va autoven-plastikadan foydalaniladi.
Vistseral tarmoqdarni protezlashga ko’rsatma bo’lib, zararlanish
etiologiyasidan qatiy nazar zararlanishning prolongatsiyali formalari
hisoblanadi.
Replantatsiya
operatsiyasining
moxiyati
zararlangan
segmentni rezektsiya qilish va uni aortaning o’zgarmagan qismiga qayta
tikishdan iborat. Replantatsiya to’g’risidagi masalani asosiy stvoli etarlicha
uzun bo’lgan ichak tutqich arteriyalari zararlangan takdirdagina o’rtaga
qo’yish mumkin.
Shuntlash operatsiyalari. Bu operatsiyalarning moxiyati zararlangan
segmentni chetlab o’tib qon oqimini tiklashdan iborat. Operatsiyalarning
turli xil metodikalari ishlab chiqilgan, ularni shartli ravishda 2 guruhga
bo’lish mumkin: aorta-arterial shuntlash va arteriyalararo anastomoz
operatsiyalari. Shuntlashda qon oqimi zararlangan arteriya bilan qon oqimi
manbai o’rtasiga qo’shimcha kiritma (allo- yoki automaterialdan) qo’yish
yo’li bilan tiklanadi. Qon shu kiritma bo’ylab okklyuziyalangan magistral
xavzasiga yo’naladi. Shartli rekonstruktiv (dekompressiyalaydigan)
operatsiyalar. Qorin stvoli ekstravazal kompressiyasida bajariladi va uni