Gospital xirurgiyasi 179 Sahifa
Proksimal zararlanishda kollateral qon aylanishining rivojlanishi darajasi
ichki yonbosh va chuqur son arteriyalari zararlanish darajasiga bog’liq
bo’ladi. Tomirlarning distal zararlanishida kollateral qon aylanishi
rivojlanishi juda sust bo’ladi. Bu holatda boldirning pastki uchligida va
oyoq panjalarida mushaklar gipotrofiyasi va trofik o’zgarishlar rivojlanadi.
Oyoq arteriyalarning surnkali obliteratsiyalovchi kasalliklari (OASOK)
patogenezi nafaqat magistral qon tomirlar yopilishi bilan tushuniladi, bu
holat shu kasalliklarda qon aylanishini to’liq o’rganishni talab kiladi.
Obliteratsiyalovchi kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni morfologik
tekshiruvida
mikrotsirkulyatsiyaning
barcha
sathida
o’zgarishlar
aniqlangan. Arteriolalar konturlarining notekisligi, g’adir-budirligi,
torayishi va devorlarining qalinlashishi kuzatiladi. Kapillyarlar ham keskin
deformatsiyaga uchragan va to’g’nog’ichsimon kengayib ketgan bo’ladi.
Kasallik og’irlashishi bilan ishlab turgan kapillyarlar soni kamayadi, ularda
qon aylanishi keskin sekinlashadi. Tomir bazal qavati kengayadi,
perikapilyar skleroz kuchayadi, kapillyarlarning bir qismi parchalanadi va
nekrozga uchraydi. Magistral arteriyalarning yopilgan qismidan pastda
tomir ichi bosimning kamayishi, arteriola va kapilyarlarning yopilishi
kuzatiladi. Kapillyar qon aylanishining etishmovchiligi bemorlarda trofik
yaralarni kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
V.S. Savelev (1997) bo’yicha, oyoqlarning og’ir darajali ishemiyasi
arterial qon aylanishi etishmovchiligining asta-sekin zo’rayishi sababli
kuzatiladi va oyoqlar arteriyalarining periferik qismida qon aylanishining
dekompensatsiyasiga olib keladi. Kritik ishemiyaga xos bo’lgan
patofiziologik fenomenlar kuzatiladi: perfuzion bosimning keskin
kamayishi, qonni arteriovenoz shuntlanishi, boldirni ishemik shishishi,
regulyator sistemalarni disbalansi, trombotsit va neytrofilli leykotsitlar
biologik aktiv substantsiyalarini giperproduktsiyasi. A’zoga kislorodni
etkazib kelishini keskin kamayishi va hujayra metabolizmining buzilishi
boshlang’ich sabablardan biridir. Bunda mushak qon aylanishining
buzilishi kelib chiqishi va oyoqlar ishemiyasi darajasiga bog’liq bo’lgan
metabolik o’zgarishlar to’qimalarda regionar endotoksikozni kuchaytiradi.
Bu o’z navbatida eritrotsitlar va boshqa xujayralar membranasiga ta’sir
qilib, umumiy intoksikatsiyaga olib keladi. Tomir tonusini oshishi, arterial
qon aylanishining kamayishi va venoz gipertenziyasi, ishemiyani