Davolash.
Vistseral qon aylanishining surunkali buzilishi – xirurgik
muammodir. Normal qon oqimini faqat operatsiya yo’li bilan tiklash
mumkin. Surunkali abdominal ishemiyaning subkompensatsiyalangan va
dekompensatsiyalangan
bosqichi
operatsiya
qilishga
ko’rsatma
O`quv qo`llanma
176 Sahifa
hisoblanadi. Okklyuziya jarayoni (kompensatsiya bosqichi) asimptom
kechganda vistseral qon oqimi quyidagi hollardagina korrektsiya qilinadi: -
qorin aortasi va uning boshqa tarmoqlari zararlanganligi tufayli
o’tkazilayotgan operatsiya gemodinamika sharoitlarini o’zgartirib,
buzilgan vistseral qon aylanishini yanada og’irlashtirishi va kompensatsiya
holatidagi izdan chiqqan vistseral qon oqimini battar buzishi mumkin; -
vistseral tarmoqlar qorin aortasining o’z patologiyasi tufayli bajarilayotgan
operatsiya aralashuvi zonasida bo’lib qoladi. Birga qo’shilib kelgan
zararlanishlarning turli xil variantlari bo’lganda xirurgik taktika va
operatsion aralashuv to’g’risidagi masalani xal qilishda umuman
patologiya xarakteridan kelib chiqish lozim.
Klinik amaliyotda quyidagi birga keladigan zararlanishlar uchraydi:
bir necha vistseral tarmoqlar varianti; vistseral va buyrak arteriyalari
varianti; vistseral tarmoqlar va qorin aortasi, vistseral va buyraklar va qorin
aortasi tarmoqlari varianti. Qorin stvoli va yuqori ichak tutqich arteriyasi
zararlanganda ikkala arteriyadagi buzilgan qon aylanishini bir vaqtning
o’zida korrektsiya qilishga xarakat qilish zarur.
Proksimal vistseral tarmoqlar va buyrak arteriyalarining qo’shilib
kelgan zararlanishlarida abdominal qon oqimini korrektsiya qilish kerak.
Vistseral tarmoqlar va qorin aortasining qo’shilib kelgan zararlanishlarida
ham qon oqimini bir vaqtning o’zida korrektsiyalashga xarakat qilish
kerak. Pastki ichak tutqich arteriyasining revaskulyarizatsiyasi to’g’risidagi
masala muxim, terminal aorta rekonstruktsiyasida va yonbosh-son
shuntlashda ishemik buzilishlar yo’g’on ichakning chap yarmida paydo
bo’ladi. Bu o’rinda protez bilan aortaning proksimal anastomozi darajasi
ahamiyatga ega. Uni pastki ichak tutqich arteriyasi chiqadigan joydan
yuqorida qo’yilganda ichak ishemiyasi rivojlanishi uchun sharoitlar
vujudga keladi, chunki asosiy qon oqimi shunt bo’ylab yo’naladi, pastki
ichak tutqich arteriyasidan qon oqimi esa reduktsiyalanadi. Shuning uchun
aorta-son shuntlashda proksimal anastomoz pastki ichak tutqich arteriyasi
satxiga qo’yiladi.
Qorin aortasi vistseral tarmoqlaridagi qon oqimini korrektsiya
qilishda operatsiya qorin aortasiga va uning tarmoqlariga yaxshi yo’l
ochibgina qolmay, balki xirurgning ilgari mo’ljallab qo’ygan operatsiya
rejasiga o’zgartirish kiritishga imkon berishi kerak. IX qovurg’alararo
|