Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
186 Sahifa 
genezli tomir patologiyalarida (nevrologik, psixiatrik, oftalmologik) 
ishlatiladigan dorivositalaridan biri bo’lib tanakan hisoblanadi. 1984 yilda 
tanakanning antifibrinogenni faollashtiruvchi ta’siri aniqlangan. Undan 
tashkari, tanakanning trombotsitlar va eritrotsitlar giperagregatsiyasiga 
tormozlovchi ta’siri aniqlangan, bu esa qonni reologik holatini yaxshilaydi, 
trombni hosil bo’shlishiga va silliq mushaklar tonusini kuchaytiradigan 
mediatorlarni ishlab chiqarishiga yo’l qo’ymaydi. Tanakan ambulator va 
statsionar davolashda har xil darajali OASOK bemorlarida ayrim Rossiya 
mutaxasisslari tomonidan tavsiya etiladi (V.M. Koshkin, 1998;
A.V. Pokrovskiy s soavt., 1997; V.A. Yanushko s soavt., 1999). OSKI 
kelib chiqish patogenezidan ma’lumki, endoteliyni funktsional faolligi 
pasayadi (avvalo antitrombotsitar) va prostoglandinlarni ishlab chiqishi 
kamayadi. Bu holat prostoglandinlar guruhiga kiruvchi dori vositalarini 
ishlab chiqarishiga turtki bo’ldi. PGE1 ni asosiy ta’sir mexanizmiga 
ishemik to’qimada trombotsitlar agregatsiyasini va tromb hosil bo’lishini 
kamaytirish, to’qimalarni zararlanishini oldini olish, mikrotsirkulyatsiyani 
yaxshilash, kislorod bilan adekvat ta’minlash, qon oqimini ko’paytirishi 
antisklerotik ta’siri va normal metabolizmni tiklanishi kiradi. Shuni aytib 
o’tish kerakki, vazaprostanni ishlatishdan oldin sinama o’tkazish lozim, 
bunda mikrotsirkulyator tizimining dorini vazadilyator ta’siriga 
sezuvchanligi aniqlanadi. Vazaprostan bilan davo OSKIda arterial qon 
oqimining distal zararlanishida va boshqa davo usullar qolmaganda, 
birlamchi amputatsiyadan afzal bo’lishi mumkin. Vazaprostan jarrohlik 
amaliyotga tayyorgarlikda ham ishlatilish mumkin. OSKIni asosiy davo 
usuli bu jarrohlik usulidir. Rekonstruktiv jarrohlik usullar 45-55% 
bemorlarda amaliyotdan keyin 5-8 yil ichida oyoqlarni saqlab qolish 
imkoniyatini 
beradi. 
Aorta-son 
shuntlash 
operatsiyasi 
aorta-son 
zararlanishida mavjud bo’lgan usullar ichida «oltin standart» bo’lib 
hisoblanadi. Shu sohani o’zini zararlanishida va periferik oqimni 
saqlanganligida yaxshi natijalar olish mumkin, ammo bu hol faqat 6,1% 
holatlarda uchraydi. 
Obliteratsiyalovchi aterosklerozga xos bo’lgan zararlanish bu 
“ko’pqavatlilik”, bunda asosan aorta-son va son-taqim osti segmentlari 
zararlanadi, bu esa oyoqlarni chuqur ishemiyasiga olib keladi. Uning 
uchrashi – 25,6-36,7% ni tashkil etadi. Bunday hollarda iloji boricha 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin