Gospital xirurgiyasi
185 Sahifa
Shu tekshiruv algoritmini qo’llaganda ko’pgina (90%)
bemorlarda
jarrohlik amaliyoti bajarish uchun ko’rsatma aniqlanadi. Tekshiruvning
oxirgi boskichi arteriyaning intraoperatsion reviziyasi bo’lib hisoblanadi,
bunda operatsiya qilib bo’lmaydiganlarni 8% da rekonstruktsiya uchun
sharoit aniqlanishi va oyog’ini saqlab qolinishi mumkin.
Davolash.
OSKInii davolanishi murakkab masalalardan bo’lib, uni
hal qilish nafaqat oyoqni saqlab qolinishi balki hayot tarzini yaxshilanishga
va hayotni uzaytirishga imkon beradi.
Oyoqlar kritik ishemiyasini
tashxislash va davolash buyicha Rossiya konsensusida (2002 y.)
bemorlarning xozirgi kunda asosiy davolash printsipi bo’lib kompleksli va
individual yondashuv hisoblanadi, bunga – operatsiyadan oldingi intensiv
konservativ
davo,
operativ
davo
(bevosita
yoki
bilvosita
revaskulyarizatsiya, nostandart va palliativ amaliyotlar, amputatsiya),
amaliyotdan keyingi davrning adekvat olib borilishi,
operatsiya yoki
amputatsiya o’tkazgan bemorlarning reabilitatsiyasi va bemor hayotining
oxirgacha dispanserli kuzatuv kiradi.
Konservativ davo OSKIni kompleksli davosining ayrilmas qismi
bo’lib, amaliyotdan oldingi tayyorgarlik, jarrohlik amaliyotini bajarish va
amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytirish uchun zarur.
Konservativ
davoning hozirga paytgacha ishlatib kelingan spazmolitik terapiya
patogenetik asoslanmagan va hozirga vaqtda kam ishlatilmoqda. Asosan
qon reologiyasini va mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydigan, qonni ivish
tizimi
faolligini pasaytiradigan, fibrinolizni kuchaytiradigan dori
vositalariga
etibor
berilmoqda.
Bugungi
kunda
pentoksifillinni
cho’zdirilgan shakli, ya’ni Vazonit – retard 600 ishlab chiqilgan. Bu dori
OASOK bilan og’rigan bemorlarda effektiv davo hisoblanadi. Uning
noxush ta’siri 2% holatlarda uchraydi va dorini to’xtatishga sabab
bo’lmaydi. Tiklid esa trombotsitlarni spontan va ADF-indutsirlangan
agregatsiyasini
kamaytiradi, dezagregatsiyani yaxshilaydi, bu hol esa
periferik arteriyalar aterosklerozi bo’lgan bemorlarda trombogen xavfni
kamaytiradi.
Antitrombotsitar davo – OASOK va boshqa genezli bemorlar
kompleks davosida asosiy yo’nalishdan biridir. Klopidogrel (plaviks)
yuqori antitrombotsitar ta’sirili dori-vositasi va trombotsitlar agregatsiyasi
maxsus va kuchli ta’sir etuvchi ingibitori bo’lib hisoblanadi.
Har xil