Gospital xirurgiyasi 187 Sahifa
birdaniga ikkita zararlangan segmentlarni tiklash operatsiyasi o’tkaziladi.
Arterial
oqimining
proksimal
va
distal
qismlari
zararlanishida
muvaffaqiyatsiz rekonstruktiv operatsiyalar foizi anchagina yuqori bo’ladi.
Shuning uchun proksimal qismini alohida zararlanganidagina amaliyotni
bajarilishi tavsiya etiladi. Jarayonga periferik oqim qo’shilganda
rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari mufaqiyatsiz bo’ladi.
Sintetik protezlarni ishlab chiqarilishi bilan qorin aortasi va yonbosh
arteriyalarda juda kam holatlarda endarterektomiya bajarilmoqda. Birinchi
bo’lib ochiq endarterektomiyani 1947 yilda J.C. Dos Santos bajardi.
1967 yili H. Harrison et al. eversion endarterektomiya usulini taklif etishdi.
Keyingi
yillarda
ayrim
jarrohlar
shu
usulga
qaytib
kelishdi.
P.O. Kazanchyan (2002) aorta-son sogmenti sohasida eversion
endarterektomiya amaliyotidan so’ng 4 yil ichida 91,3% holda arteriya
o’tkazuvchanligini kuzatdi, bunda asoratlar va o’lim holatlari kuzatilmadi.
Tomirlar kaltsinozi bu jarrohlik amaliyotni bajarilishini chegaralaydi.
Kritik ishemiyada rentgenendovaskulyar amaliyotlar tanlov usuli emas,
tomirlar oqimini davomiyligi va ko’p qavatli zararlanishi buni
chegaralaydi. Oqsoqlanishi bor bemorlarda son-taqim osti sohasida
stenozni dilyatatsiya qilingandan 5 yildan so’ng arteriya birlamchi
o’tkazuvchanligini 50% bemorlarda saqlanadi. Agar ikkita yoki uchta
arteriyalar zararlangan bo’lsa, unda 5 yildan so’ng birlamchi
o’tkazuvchanlik 25% bemorlarda saqlanadi. OSKI bor bemorlada natijalar
yomonroq bo’ladi, angioplastika amaliyotdan keyingi davrida 90% yaxshi
natijali bemorlarning 6 oydan so’ng 24% da tomir o’tkazuvchanligi
saqlanadi. Chuqur son arteriyasining okklyuzion-stenotik jarayon bilan
zararlanishi 46,3-72% obliteratsiyalovchi aterosklerozli bemorlarda
kuzatiladi. Ma’lumki, 60 yoshdan oshgan bemorlarda OASOK
20% hollarda uchraydi. Rekonstruktiv amaliyotga ko’rsatma bo’lganda
bemor yoshi ahamiyatga ega emas, bunda hamroq kasalliklar (YuIK,
arterial gipertenziya, miya qon aylanishini buzilishi, qandli diabet va b.)
mavjudligida har xil asoratlarni oldini olish maqsadida ekstraanatomik
shuntlash (son-o’mrov osti, son-qo’ltiq osti, son-son alloshuntlash)
jarrohlik amaliyotlarni qo’llash zarur bo’ladi.