O`quv qo`llanma
190 Sahifa
1987
yil
F.N.
Zusmanovich
tomonidan
taklif
kilingan
revaskulyarizatsion osteotrepanatsiya (ROT) ham OSKI bemorlarni
davolashda o’z o’rnini topgan. ROT dan so’ng suyak-ko’mik qon oqimini
kuchayishi, mavjud bekilgan kollaterallarning
ochilishi kuzatiladi
(paraosstal, mushak, mushaklararo, paraartikulyar, teriosti) va yumshok,
ayniqsa suyak to’qimalarda metabolik aktivlik oshadi.
Son-taqim osti
segmenti zararlanishida va distal turlarda yaxshi natija (76%) kuzatiladi.
Taxminan 20 yil oldin OKI da zararlangan oyoqqa yumshok to’qimali
laxtakni o’tkazish usuli haqida ma’lumotlar paydo bulgan edi.
V.G. Samoday (2003) OSKI bor bemorlarga yumshok to’qimalarani
mikrotomirli autotransplantantatsiyasini bajardi. Bunda orka keng mushak,
katta charvi va oldingi tishli mushak laxtagini ishlatdi. 9 yildan so’ng
oyoqlarni saqlab qolish kumulyativ ko’rsatikichi – 81,2%, aralash
revaskulyarizatsiyalaridan so’ng – 83,5% tashkil qildi. Shunday qilib,
OSKI bemorlarda amaliyotlarni tanlash arterial qon oqimini zararlanish
sathi va darajasi, oyoqlar ishemiyasini darajasi va mavjud bo’lgan hamroh
kasalliklarga bog’liq.
Undan tashqari, oyoqlar arterial qon oqimi to’liq
zararlanganda ham amputatsiya tanlash operatsiyasi bo’laolmaydi, chunki
rekonstruktiv amaliyotlar natijasiz bo’lganda ham palliativ va nostandart
revaskulyarizatsion jarrohlik amaliyotlari oyoqlarni saqlab qolish
imkoniyatini beradi.
Birinchi martaba arteriya ichiga in’ektsiyani 1665
yili Maltalyatti
bajardi, lekin bu usul ko’pchilik olimlar (V.A. Opel, Lerish, Dos Santos,
Fonteyn, N.N.Burdenko, V.V. Kovanov, F.A. Andreeva i dr.) tomonidan
XX asrni boshlaridan qo’llanila boshladi. U paytda arteriya ichi
og’riqsizlantirish usuli hali keng tarqalmagan bo’lsada,
arteriya ichiga
davo sifatida navokainni yuborish ko’pchilik tomonidan tan olingan edi.
Arteriya ichiga dori vositalarni yuborganda ularni zararlangan joyda
o’zgarmagan holda yuqori kontsentratsiyasi, davo ta’sirini kuchayishi,
angioretseptorlarga bevosita ta’siri va dori vositalarni odam tanasiga toksik
ta’siri kamayishi kuzatiladi. Undan tashqari a’zo va to’qimalardagi ishemik
o’zgarishlar kamayadi, mikrotsirkulyator
va metabolik jarayonlar
yaxshilanadi, trofik o’zgarishlar yo’qoladi, yallig’lanish jarayonlari
kamayadi va tuzalish tezlashadi. Arteriya ichi infuziyasining oqimli va
fraktsion usullari mavjud.