O`quv qo`llanma 188 Sahifa
Rekonstruktiv amaliyot natijasi periferik qon oqimining holatiga
bog’liq bo’ladi. Bitta tibial arteriya saqlangan holda ham bevosita
rekonstruktiv amaliyot oyoqni saqlab qolishi mumkin.
Ammo, keyingi paytlarda kollateral qon tomirlarni mikroskopiya
sharoitida “in situ” autovenoz protezlash xaqida ma’lumotlar paydo bo’ldi.
Bunda autovenaning distal qismi pastga tushuvchi tizza arteriyasi bilan
anastomozlanadi. Ayrim hollarda distal panja shuntlashlar yaxshi natijalar
beradi. Shunt sifatida katta teri osti venasi ishlatilib, distal qismi panja
arteriyalari bilan ulanadi. 1 va 3 yildan so’ng shuntlarni kumulyativ
o’tkazuvchanligi 58,1% va 39,5% tashkil etadi, 55,8 va 46,5% hollarda
oyoq saqlanib qolinadi.
Aorta va oyoqlar magistral arteriyalarida rekonstruktiv operatsiyalar
soni ko’payganligi va ularga ko’rsatmalar kengayganligi sababli,
muvaffakiyatsiz rekonstruktiv amaliyotlardan so’ng qayta operatsiyalar
sonini ko’payishiga olib keldi. Qayta rekonstruktiv jarrohlik
amaliyotlardan so’ng amputatsiyalar soni birinchi yil oxiriga 30,1%ni,
uchinchi yil oxiriga – 52,4%, beshinchi yil oxiriga – 63,3%ni tashkil etadi.
OSKI da boldir va oyoq panja venoz qon oqimini arterializatsiyasi,
revaskulyarizatsion osteotrepanatsiyasi, bel simpatektomiyasi, katta charvi
autotransplantatsiyasi kabi palliativ amaliyotlar amputatsiyalar sonini
50-65 dan 15-25% gacha kamaytirishi mumkin. Oyoqning ishemiyaga
uchragan distal qismiga arterial qonni etkazib berish uchun vena qon oqimi
yo’llarini ishlatish jarrohlarni ko’p yillar davomida qiziqtirib kelgan.
Arterializatsiyadan so’ng yaxshi natija faqat yakka hollarda uchragan,
masalan Halsted A.E. bo’yicha (1912) – 42 kasaldan faqat 3 tasida.
Trombozlar ko’pligini muallif venoz tomirida klapanlar mavjudligi bilan
bog’laydi. Lekin hozirgi paytda bu jarrohlik usul juda keng
foydalanilmoqda. A.V. Pokrovskiy (2000) ma’lumotlari bo’yicha oyoq
panjasi venoz oqimini arterializatsiyadan so’ng 94,3% bemorlar oyoqlarini
amputatsiyadan saqlab qolish imkoniyatini berdi. 5 yildan so’ng
45,3% bemorlarda shunt o’tkazuvchanligi saqlanib qoldi, oyoqlar esa
88,3% holda saqlanib qolindi. Gavrilenko A.V. (2002) ma’lumotlari
bo’yicha boldir va panja yuzaki venoz oqimini arterializatsiyasidan so’ng
2 yildan keyin 83,3% bemorlarni oyog’ini saqlab qolindi, bunda xamma
holda shuntlar yopilishi kuzatildi.