O`quv qo`llanma
200 Sahifa
65 – rasm. Distal flebografiya.
OYOQ VENALARINING VARIKOZ KASALLIGI
Oyoq venalarining varikoz kasalligi (varicus venus cruris) – deganda
ular
devorining qopsimon kengayishi, teri osti venalari uzunligining
oshishi va ilonsimon egri-bugri bo’lib qolishi tushuniladi. Bu kasallikda
zararlangan oyoqda venoz qon aylanishining
buzilishi va trofik
o’zgarishlar kuzatiladi. Ushbu xastalik yuzaki venalarning butun
uzunligida
joylashuvi
mumkin,
chuqur
venalarning
zararlanishi
mumkinligi ham aniqlangan.
Oyoq venalarining varikoz kengayishi aholining 17-37% da
kuzatiladi. Shifoxonalarda u xirurgik bemorlarning umumiy soniga
nisbatan 2,0-3,3% ni tashkil etadi. Ayollar erkaklarga qaraganda 3 marta
ko’proq kasallanadilar. V.S. Savelev va E.P. Dumpe (1970) aholining
15-20% vena kasalliklari bo’yicha operatsiya usulida davolanishga muhtoj
deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: