Gospital xirurgiyasi
195 Sahifa
u esa ichki yonbosh venasi bilan qo’shilib umumiy yonbosh venasini hosil
kiladi.
62 - rasm. Normal va varikoz kengaygan venadagi gemodinamika
holati.
Yuzaki va chuqur venalar orasidagi aloqani komunikant venalar
amalga oshiradi. Venoz klapanlar odatda qonning yuzaki va chuqur
venalari bo’ylab retrograd (ortga, teskari) oqishiga, komunikant venalarda
esa, chuqur venalardan yuzaki venalarga retrograd oqishiga to’sqinlik
qiladi.
Venoz qon oqimi quyidagi omillarga ko’ra amalga oshiriladi:
1. Qon kapillyarlar orqali o’tgandan keyingi “qoldiq bosim”.
2. Boldir va sonning “mushak-venoz nasosi” ishi (“venoz yurak” deb
ham ataladi).
3. Yondosh yotgan arteriyalar pulsatsiyasi.
4. Diastola vaqtida yurakning so’rib oladigan ta’siri.
5. Nafas olish vaqtida ko’krak qafasidagi manfiy bosim.
O`quv qo`llanma
196 Sahifa
63 – rasm. Boldir “mushak-venoz nasosi” ning me’yordagi sxemasi.
Odatda oyoqlar va qo’llardan qonning 80-90% gacha qismi chuqur
venalar bo’ylab oqib o’tadi.
Venalarning klapan etishmovchiligini aniqlash
. Oyoq yuzaki
venalari ostial klapani etishmovchiligini aniqlash uchun Troyanov-
Trendelenburg va Gakkenbrux sinamalarini o’tkazish lozim bo’ladi.
Troyanov-Trendelenburg sinamasi.
Bemor gorizontal vaziyatda yotib
oyog’ini yuqoriga ko’taradi. Yuzaki venalar bo’shaganidan so’ng, katta teri
osti venasining son venasiga quyiladigan joyi topilib, barmoq bilan
bosiladi va barmoqni olmasdan turib bemorning o’rnidan turishi so’raladi.
Bu sinamani bajarishda, barmoq bilan bosmasdan jgut qo’ysa ham bo’ladi.
Odatda katta teri osti venasi bo’shaydi, 20-30 sekund o’tgach venalar
pastdan yuqoriga qarab qon bilan to’la boshlaydi. Agar ostial klapani
etishmovchiligi bo’lsa, barmoq olingandan (yoki jgut echilgandan) keyin,
venalar tezda yuqoridan pastga qarab qon bilan to’ladi. Troyanov-
Trendelenburg sinamasi musbat bo’lgani, katta teri osti venasining
klapanlari etishmovchiligidan darak beradi.
Gakkenbrux sinamasi (yo’tal turtkisi)
. Bu sinamada, bemor
yo’talganda katta teri osti venasi son venasiga quyiladigan joyga qo’yilgan
barmoqlar turtkini sezadi. Gakkenbrux sinamasining musbatligi – katta teri
osti venasi ostial klapanidagi etishmovchilikni ko’rsatadi.
|