Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


 – rasm. Varikoz kasalligida venoz reflyukslar sxemasi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

66 – rasm. Varikoz kasalligida venoz reflyukslar sxemasi. 
 
Klinik manzarasi va diagnostikasi.
Chap oyoq o’ng oyoqdan ko’ra 
ko’proq zararlanadi, ikki tomonlama zararlanish 35-43% xollarda 
uchraydi. Bemorlarning 75-80%da katta teri osti venasi, 5-10% kichik teri 
osti venasi zararlanadi, bemorlarning 7-10% patologik jarayonga ikkala 
vena tortiladi. Kasallikning klinik manzarasi uning bosqichlariga, asoratlari 
bor-yo’qligiga ko’ra turli-tuman bo’ladi. 
Kasallikning 
kechishida 
latent 
faza, 
kompensatsiya, 
subkompensatsiya va dekompensatsiya bosqichlari farq qilinadi. Venoz 
qon aylanish kompensatsiyasida bemorlar tik turilganda ro’y-rost 


O`quv qo`llanma
204 Sahifa 
ko’rinadigan va egri-bugri yo’llar, tugunlar, bo’rtib chiqqan chigallar 
ko’rinishidagi kengaygan venalar borligidan shikoyat qiladilar. Bemorlarni 
oyoqning o’rta darajada og’irlashishi, to’laligi, vertikal holatda charchab 
qolishi bezovta qiladi. Oyoqda shishlar yo’q yoki kechga tomon paydo 
bo’ladi va dam olingandan so’ng yo’qoladi. Bemorlar mexnatga layoqatli 
bo’ladilar. 
Subkompensatsiya bosqichida oyoq tez charchaydi, shishganday 
sezgi paydo bo’ladi, og’ir tortadi, pastki mushaklar tortishadi, terisi 
qichishadi, paresteziya, boldir va oyoq panjasida shish paydo bo’ladi. 
Shishlar kechga tomon yoki uzoq vaqt oyoqda turilganda paydo bo’ladi. 
Tungi dam olishdan keyin ertalab ular yo’qoladi, biroq dam olishdan so’ng 
hamisha yo’qolavermaydi. Ichki to’piq ustida tsianoz va teri 
pigmentatsiyasi paydo bo’ladi. 
Dekompensatsiya bosqichida doimiy shish, uvishib qolish, 
zararlangan tomonda qichishish paydo bo’ladi. Boldir yug’on tortadi, 
tsianozga uchraydi, shishadi. Shishlar tez ketmaydi, tungi uyqudan so’ng 
yo’qolmaydi. To’qimalarning trofik buzilishlari, dermatitlar, skleroz, teri 
osti kletchatkasi induratsiyasi qo’shiladi. 
Varikoz kasallik asoratlari: trofik yaralar, tromboflebitlar, varikoz 
kengaygan venalardan qon ketishi, ikkilamchi limfedema, ekzema 
qo’shiladi. Trofik yaralar odatda yakka, ba’zan ko’p sonli bo’ladi, boldir 
uchdan bir pastki qismining ichki yuzasida joylashadi. Yaralar yassi
ularning tubi silliq chetlari notekis shaklda, ajralma kam chiqadi. 
Varikoflebit – varikoz venalar kengayishi tromboflebitida venalar yo’li 
bo’ylab qattiqlashishi, og’riydigan zich tugunlar paydo bo’lishi, qizarishi 
va yurish qiyinlashuvi hamda umumiy va mahalliy harorat ko’tarilishi kabi 
belgilar paydo bo’lishi bilan rivojlanadi. Venalarning varikoz 
kengayishidan qon ketishi – yupqalashib va teri bilan birikib ketgan vena 
arzimas darajada shikastlanganda yuz beradi. Shikastlangan vena distal 
qismiga bosuvchi bog’lam yoki jgut yordamida qon ketishini osongina 
to’xtatish mumkin. 
Qiyosiy tashxis
posttromboflebitik sindromi, yuzaki venalarning 
ikkilamchi kompensator varikoz kengayishi, venalarning tug’ma 
kasalliklari (Parks-VeberRubashev va Klippel-Trenone sindromi) bilan 
o’tkazish lozim. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin