Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
205 Sahifa 
Davolash.
Konservativ muolaja, sklerozlovchi davo va jarrohlik 
amaliyotlari usullari qo’llaniladi. 
Bemorni konservativ davolash kasallikdan holi qilmaydi, balki 
asoratlarining oldini oladi, zo’rayib ketishdan saqlaydi. Uni operatsiyaga 
monelik qiladigan hollar bo’lganda qo’llash mumkin. Konservativ davo 
kompleksiga elastik paypoq kiyish, oyoqni elastik bintlash, davolash 
fizkulturasi, bemorlarni engil ishga o’tkazish, og’ir yuk ko’tarmaslik va 
uzoq vaqt tik oyoqda turmaslik kiradi.
Sklerozlovchi davo kasallikning boshlang’ich bosqichida kengaygan 
venalarning ayrim tugunlari yoki qismlarini obliteratsiya qilish uchun 
qo’llaniladi. Bunda varikoz tugunlarga yoki kengaygan venalarga 
sklerozlaydigan eritmalar (etoksisklerol, fibro-veyn, trombovar va b.) 
yuboriladi. In’ektsiya qilinadigan joy doka sharcha bilan artiladi va dori 
yuboriladi, sungra oyoqqa elastik bint bog’lanadi. Bemorga 2-3 soatgacha 
yurish taklif qilinadi. 
Xirurgik davo varikoz kasallikni davolashning birdan-bir radikal 
usuli hisoblanadi. Og’ir yurak, o’pka, jigar va buyrak xastaliklarida, 
xomiladorlik davrida, keksa odamlarda va yiringli kasalliklar bo’lganda 
uni o’tkazib bo’lmaydi. Operatsiya katta teri osti venasini va uning 
tarmoqlarini son venasiga quyiladigan joyidan bog’lash (Troyanov-
Trendelenburg operatsiyasi yoki krossektomiya), katta teri osti venasini 
Bebkokk bo’yicha olib tashlashdan iborat, buning uchun Bebkokk yoki 
Grizendi zondi qo’llaniladi. 
67 – rasm. Krossektomiya. Troyanov - Trendelenburg operasiyasi. 


O`quv qo`llanma
206 Sahifa 
 
68 – rasm. Bebkokk operatsiyasi. 
 
Venalarning juda buralib ketgan uchastkalari Narat bo’yicha 
kichikroq kesmalar orqali olib tashlanadi. Ishlamay qolgan komunikant 
venalar bo’lganda bu venalarni albatta bog’lab qo’yish kerak. Operatsiya 
boldirning ichki yuzasi bo’ylab 12-15 sm uzunlikda kesib komunikant 
venalarni bog’lashdan iborat. 
Trofik o’zgarishlar bo’lmaganda komunikant venalar fastsiya ustidan 
(Kokket bo’yicha), teri va teri osti kletchatkasi trofik o’zgarishlarga 
uchraganda esa fastsiya ostidan Linton bo’yicha bog’lanadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin