Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


 – rasm. Byulau bo’yicha plevra bo’shlig’ini drenajlash



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

19 – rasm. Byulau bo’yicha plevra bo’shlig’ini drenajlash. 
 
Torakoskopiyada aniqlangan o’pkaning talaygina jarohatlarida 
jarrohlik usuli qo’llanadi va bunda bajariladigan jarrohlik amaliyotining 
hajmi patologik jarayon hajmiga qarab belgilanadi. Kichik jarohatlarda 


O`quv qo`llanma
56 Sahifa 
plevral bo’shliq orqa qo’ltiq chizig’i bo’yicha VII-VIII qovurg’alar orasida 
va o’rta o’mrov chizig’i bo’yicha II qovurg’alar orasida drenajlanib
so’ngra aktiv aspiratsiya o’tkaziladi. 
20 – rasm. Klapanli pnevmotoraksning rentgenologik ko’rinishi. 
 
Germetik holat vujudga keltirilib o’pka yozilgandan so’ng 2-3 sutka 
o’tgach, drenaj 12-24 soatga qisib qo’yiladi. Rentgenologik tekshiruvda 
pnevmotoraks qaytalanmayotganiga ishonch hosil qilingach, drenajlar olib 
tashlanadi. Agar plevral bo’shliqda 3-4 sutka mobaynida germetik holat 
yuzaga kelmasa, jarrohlik usulida davolanadi. Hozirgi kunda endoskopik 
jarrohlik amaliyotlari rivojlanganligi tufayli, videotorakoskopik usulda 
jarrohlik amaliyoti bajrilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 


Gospital xirurgiyasi
57 Sahifa 
Travmatik gemotoraks 
Ko’krak qafasining o’tmas va teshib kirgan jarohatlari oqibatida 
paydo bo’ladi. Qon ketish manbalari: qovurg’alararo qon tomirlari, 
jarohatlangan o’pka, yirtilgan chandiqlar, yirik qon tomirlar va yurak 
jarohatlari bo’lishi mumkin. Kasallikning kechishi. Qon yo’qotishning 
umumiy belgilari bilan birga anemiya va gipoksiya holatiga xos bo’lgan 
laborator ko’rsatkichlarning o’zgarishlari aniqlanadi. 
21 – rasm. Gemotoraks. 
Gemotoraksning rentgen manzarasi uning turiga qarab bo’ladi. 
Gemotoraks plevra bo’shlig’iga yig’ilgan qon miqdoriga qarab 3 xil turda 
bo’ladi: kichik gemotoraks, o’rtacha va katta gemotoraks. 
Kichik gemotoraks – plevral bo’shliqda 500 ml gacha qon yig’ilishi. 
Bu holat bemorning tashqi ko’rinishiga va fizikal tekshiruv ma’lumotlarida 
kam aks etadi. Rentgenogrammada o’zgarishlar deyarli ko’rinmaydi. 
O’rtacha gemotoraks – plevral bo’shliqda 500 dan 1000 ml gacha 
qonning yig’ilishi. Rentgentasvirda ko’krak qafasining qisman 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin