Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
58 Sahifa 
qorong’ulashgan qismi yaxshi ko’rinib turadi.Odatda bemorning rangi 
oqarib ketgan, anemiya belgilari yaqqol ko’rinadi, sovuq ter bosgan, 
arterial qon bosimi pasaygan, puls va nafas olishi tezlashgan bo’ladi. 
Katta gemotoraks – plevral bo’shliqda 1000 ml dan ko’proq qon 
yig’ilishi, rentgentasvirda o’pkaning shu tarafi (gemotoraks hisobiga) to’liq 
qorong’ilashgan, ko’ks oralig’i qarama-qarshi tomonga surilgan. 
Gemorragik shok belgilari ham yaqqol namoyon bo’ladi. 
Davolash. 
Qon plevral bo’shliqda 1000 ml dan ko’proq bo’lganda 
qon ketish manbaini topish va qon ketishni to’xtatish, ya’ni shoshilinch 
torakotomiya o’tkazish talab etiladi. Kichik gemotoraksda – plevra 
bo’shlig’i punktsiyasi o’tkazilib, yig’ilgan qon alohida tadbirlar bilan 
aspiratsiya qilinib, autogemotransfuziya (o’ziga qayta quyish) amalga 
oshiriladi. Bu orada torakoskopiya o’tkazilib, qon ketish manbaini topish, 
uni ko’zdan kechirib qon yo’qotish tezligiga baho berish va 
elektrokoagulyatsiya yo’li bilan uni to’xtatish lozim bo’ladi. Yirik qon 
tomirlar jarohatlanganda, o’pka to’qimasidagi katta jarohatlar zudlik bilan 
jarrohlik usulida amaliyot o’tkazilishini talab qiladi. Qolgan hollarda, 
plevral bo’shliq orqa qo’ltiq chizig’i buylab VI qovurg’alar orasidan 
drenajlanadi, o’pka to’qimasi jarohatlanganda esa, o’rta o’mrov chizig’i 
bo’ylab II qovurg’alar orasidan drenajlanib, uzluksiz aktiv aspiratsiyaga 
ulanadi. 
Muolaja: yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirishga qaratilgan bo’lib, 
shokka qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Agar 
drenajlar bo’yicha qon yo’qotish 1 soat mobaynida 200 ml dan oshsa yoki 
3 soat ichida soatiga 300 ml dan oshadigan bo’lsa, torakotomiya amaliyoti 
bajarilishi shart bo’ladi. 
Ko’krak qafasining sanchilgan va o’q tekkan jarohatlanishlari 
Bemor ko’p qon yo’qotib og’ir ahvolda keltirilganda, jarohat yurak 
yoki yirik qon tomirlar sohasida joylashganda shoshilinch «tipik» oldingi-
yon tomonlama torakotomiya qilinib, ko’krak qafasi a’zolari taftish 
(reviziya) qilinadi va qon ketish manbaini topib, uni to’xtatish choralari 
ko’riladi. Agar bemor ahvoli barqaror bo’lsa, avvalo rentgenologik 
tekshiruv o’tkazish lozim bo’ladi. Plevra bo’shlig’iga teshib kirgan 
jarohatlarda (pnevmotoraks, gemotoraks) – torakoskopiya amaliyoti 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin