Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
54 Sahifa 
Ko’krak qafasi a’zolari jarohatlari 
Ko’krak qafasi va uning a’zolari jarohatlari o’ta og’ir jarohatlar 
safiga kiradi, chunki ular aksariyat hollarda nafas olish a’zolari faoliyatini 
va qon aylanishining buzilishlarini keltirib chiqarib, bemorlarni o’limga 
giriftor qilishi mumkin. Traxeyaning ko’krak bo’limi va yirik bronxlar 
jarohatlari aksariyat ko’krakning yo’l-transport falokatlari vaqtida yopiq 
jarohatlanishining oqibati hisoblanadi. O’ziga xos belgilari: nafas olishning 
buzilishi, pnevmotoraks, ko’ks oralig’i emfizemasi, teri osti emfizemasi
gemotoraks va qon tuflash shular jumlasiga kiradi. Uzil-kesil diagnoz 
rentgenologik tekshiruvlar va bronxoskopiya va grafiyalar natijasining 
tahlili asosida qo’yiladi. 
Davolash. Traxeobronxial shox butunligini tiklashga va qon oqishini 
to’xtatishga qaratilgan shoshilinch jarrohlik amaliyoti o’tkazishdan iborat 
bo’ladi. Pnevmo- va gemotoraks – ko’krak jarohatlarining o’ziga xos 
belgilaridan bo’lib hisoblanadi. 
Pnevmotoraks 
Pnevmotoraksning paydo bo’lishiga, ko’krak qafasining yopiq va 
teshib kiruvchi jarohatlanishlari, shuningdek bullyoz emfizema yoki 
polikistoz kasalliklarida o’pkaning spontan perforatsiyasi sabab bo’ladi. 
18 – rasm. Pnevmotoraks turlari. 


Gospital xirurgiyasi
55 Sahifa 
Odatda plevral bo’shliqda klapan mexanizmi paydo bo’lishi 
munosabati bilan havoning progressiv yig’ilishi bilan xarakterlanadigan 
tenzion (klapanli) pnevmotoraks ular orasida eng xavflisi hisoblanadi. Bu 
holat o’pkaning siqilishiga, ko’ks oralig’ining surilishiga olib keladi. 
Klinik manzarasi: nafas qisishi, nafas olishning qiyinlashuvi, teri 
qoplamlari tsianozi, taxikardiya, arterial qon bosimining (AQB) tushib 
ketishidan iborat bo’ladi. Zararlangan tomonda perkussiya qilinganda 
quticha tovushi eshitiladi, auskultativ tekshiruvda nafas olish shovqini 
eshitilmaydi. Rentgenografik tekshiruvda: o’pka kollapsi, ko’ks 
oralig’ining sog’lom tomonga siljigani aniqlanadi. 
Davolash. Plevral bo’shliq punktsiya qilinadi va yig’ilgan havoni 
so’rib olish uchun aktiv aspiratsiyaga ulanadi, keyin torakoskopiya 
o’tkaziladi. SHunday qilib, klapan pnevmotoraks ochiq pnevmotoraksga 
o’tadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin