Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
59 Sahifa 
qilinadi. Torakoskopiya yordamida ko’krak qafasining kaysi a’zosi 
jarohatlanligini aniqlash mumkin bo’ladi. Yirik qon tomirlar, o’pka 
to’qimasi jarohatlanib, yirik bronxlardan qon oqishi davom etayotganda 
jarrohlik amaliyoti o’tkazishga to’g’ri keladi. Agar aktiv qon oqishi va 
massiv havo kirganligining alomatlari bo’lmagan taqdirda plevra bo’shlig’i 
drenajlanadi. O’pka to’qimasida jarohatlanish bo’lmaganda orqa qo’ltiq 
chizig’i bo’yicha VI qovurg’alar orasidan, jarohat bo’lganda esa o’rta 
o’mrov chizig’i buylab II qovurg’alar orasidan drenajlanishi kerak bo’ladi. 
Diafragmaning yaralangani aniqlanganda laparotomiya va qorin bo’shlig’i 
a’zolari taftishi o’tkazilishi kerak. 
O’pkaning o’tkir yiringli kasalliklari 
O’pkaning stafilokokk destruktsiyasi – stafilokokklarning patogen 
shtammlari ta’siri ostida o’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishidir. 
O’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishi tez fursatda intoksikatsiyaning 
rivojlanishiga olib keladi. 
Diagnostika uchun o’pkani rentgenologik tekshiruvi va balg’amni 
bakteriologik tekshirish, hamda diagnostik bronxoskopiya o’tkazish 
muhimdir. 
Rentgenologik 
usul 
yordamida o’pka to’qimasining 
infiltratsiyasi, yallig’lanish o’choqlari, o’pkadagi ko’p sonli yupqa devorli 
bo’shliqlar, plevrit, pnevmotoraks aniqlanadi. Kasallik o’tkir boshlanadi 
(yuqori harorat, et junjikishi va b.), nafas qisishi, yiringli balg’am ajralishi 
belgilari bilan namoyon bo’ladi.\ 
Davolash.
Maqsadga muvofiq antibakterial muolaja (bakteriologik 
ekmalar natijasiga ko’ra), antistafilokokk zardobini, stafilokokk 
bakteriofagini qo’llash, detoksikatsion muolaja, umumiy quvvatni 
oshiruvchi vositalar, sanatsion muolaja qo’llaniladi. 
O’tkir o’pka abstsessi
– o’pka to’qimasining chegaralangan yiringli 
yallig’lanishi va bo’shliqlar hosil bo’lishidir. Mikroaspiratsiya, bronxlar 
drenaj faoliyatining buzilishi, organizm himoya kuchlarining keskin 
pasayib ketishi, shartli patogen mikrofloraning faollashuvi, o’pka 
to’qimasida qon ta’minotining buzilishi va nekrozga uchrashi sababli 
yuzaga keladi. Abstsesslar gematogen, bronxogen, limfogen va travmatik 
tabiatga ega bo’lishi mumkin. Metapnevmonik va aspiratsion abstsesslar 
klinik amaliyotda birmuncha ko’proq uchraydi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin