Gospital xirurgiyasi 71 Sahifa
empiemasi o’pkadagi yallig’lanish va yallig’li destruktiv jarayonlar,
shuningdek ko’krak a’zolaridagi jarohatlar va operativ aralashuvlarning
asorati bo’lib hisoblanadi. Plevra empiemasining ko’zg’atuvchilari turli xil
mikroorganizmlar bo’lishi mumkin.
Etiologiyasiga ko’ra spetsifik, nospetsifik va aralash empiema farq
qilinadi. Klinik kechishi xarakteri bo’yicha o’tkir va surunkali bo’ladi.
Jarayonning tarqalganligiga ko’ra tarqalgan va chegaralangan bo’ladi.
Tutashish xarakteri bo’yicha bronxial oqma yarasiz, bronxial oqma yarali,
plevral oqma yarali bo’lishi mumkin.
Plevra empiemasi hamisha o’tkir jarayon sifatida, plevrada dag’al va
barqaror morfologik o’zgarishlar paydo bo’lganda boshlanadi, bunda
qoldiq bo’shliq shakllanadi, u uzoq kechadi, vaqti-vaqti bilan qo’zib turadi.
Plevra empiemasi surunkali kasallik sanaladi.
Klinik manzarasi. Plevraning o’tkir empiemasi uchun umumiy
intoksikatsiya belgilari, gipertermiya, et junjikishi, ko’krakda og’riq,
bronxial oqma yara bo’lganda nafas qisishi, yiringli balg’am ajraladigan
yo’tallar xos bo’ladi. Bemor ko’zdan kechirilganda teri qatlamlarining
rangparligi, ba’zan tsianoz qayd qilinadi.
Ko’krak qafasi tekshirilganda zararlangan tomonning nafas olishda
orqada qolishi qayd etiladi. Plevra bo’shlig’idagi ekssudat yig’ilgan joy
proektsiyasi ustida tovush titrashining sustlashgani yoki umuman yo’qligi,
perkutor tekshiruvda to’mtoqlashgani, auskultativ tekshiruvda nafas olish
shovqinining zaiflashgani yoki bo’lmasligi aniqlanadi. Qonda leykotsitoz,
qon formulasining chapga siljigani, EChT oshganligi qayd qilinadi.
Diagnostikada rentgenologik usullar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Aniq
diagnostika uchun rentgenografiya kamida 2 ta proektsiyada bajarilishi
lozim. Tarqalgan empiemada plevra bo’shlig’ida ekssudat borligi yuqori
chegarasi yoysimon (qiyshiq) qorong’ulik ko’rinishida aniqlanadi.
Chegaralangan empiemalarda aniq konturli har xil shakldagi
gomogen soya aniqlanadi. Plevra bo’shlig’ida bronxial oqma yara
bo’lganda suyuqlik sathi bo’lgan havo aniqlanadi. Plevra bo’shlig’ini
punktsiya qilish natijalariga asoslanib aniqlanadi. Tarqalgan empiemada
punktsiya orqa-qo’ltiq chizig’i buylab VI-VII qovurg’alar orasida
o’tkaziladi. Chegaralangan turida – eng to’mtoqlangan nuqtasida va
rentgenologik aniqlanadigan qorong’u joyida olib boriladi.