Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Mitral klapan stenozi 
Mitral teshikning torayishi, qonni chap bo’lmachadan haydash uchun 
to’siq bo’lib hisoblanadi. Buning hisobiga, chap bo’lmachada bosim ortadi, 
bu o’pka tomirlarida va o’ng qorinchada bosimning oshishiga olib keladi. 
O’ng qorinchaga talaygina og’irlik tushishi uch tavaqali klapanning nisbiy 


Gospital xirurgiyasi
95 Sahifa 
etishmovchiligiga, katta 
qon 
aylanishi 
venoz 
qismida 
qonning 
dimlanishiga, jigar shishiga va boshqa turdagi shishlarning rivojlanishiga 
olib keladi. 
Klinikasi va diagnostikasi.
Mitral stenoz rivojlanishining 
boshlang’ich ilk davrida, uning to’liq kompensatsiyasida odatda 
shikoyatlar bo’lmaydi. Jarayon avj olib borganida: nafas qisishi, behollik, 
tez charchab qolish, yurak astmasi xurujlari, taxikardiya, yurak sohasida 
og’riq, bosh aylanishi, xushdan ketish yuzaga keladi. Qon tuflash mitral 
stenozga xos belgilardan biri hisoblanadi. Ko’zdan kechirishda bemorning 
rangpar yuzida o’ziga xos qizillik, burun uchi, lablarda, quloq suprasida, 
qo’l barmoqlaridagi tsianoz o’ziga diqqatni tortadi. Yurak cho’qqisi 
sohasida ko’krak qafasining diastolik titrashi aniqlanadi. Auskultatsiyada 
diastolik shovqin, birinchi va ikkinchi tonda o’zgarishlar seziladi, bu uch 
ohang «bedana ritmi» ohangini vujudga keltiradi. EKGda odatda, yurak 
o’qi o’ngga siljigan bo’ladi. 
Fonokardiografiya baland I tonni, yurak cho’qqisi ustida diastolik 
shovqinni, o’pka arteriyasida II ton aktsentini, mitral “chertki” ni qayd 
qiladi. Rentgenogrammalarda yurak “beli” ning tekislanganligi, chap 
bo’lmacha va o’ng qorinchaning ko’ndalangiga kattalashgani, o’pka 
arteriyasining bo’rtib chiqqanligi ko’rinadi. Yurakni zondlashda torayish 
darajasi aniqlanadi. 
Davolash.
Davo usulini tanlash bemor ahvolining og’ir-engilligiga, 
gemodinamikaning buzilishi darajasiga, revmatik jarayonning kechish 
bosqichiga bog’liq. Revmatik jarayon sust kechayotganda uni statsionarda 
va davomli antirevmatik davolash yordamida bartaraf etishning iloji 
bo’lmaganda jarrohlik amaliyotini bajarishga to’g’ri keladi. Bemor 
ahvolining og’ir-engilligiga ko’ra yurak nuqsonlarining besh bosqichi farq 
qilinadi: 
I bosqich – simptomlarsiz, jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi. 
II bosqich – buzilishlar jismoniy harakatda paydo bo’ladi. Jarrohlik 
amaliyoti jarayon avj olishini to’xtatadi va yaxshi natijalar beradi. 
III bosqich – buzilishlar tinch turganda ham yuzaga keladi, odatdagi 
harakatda orta boradi. Jarrohlik amaliyotini bajarish uchun qulay fursat 
o’tgan, biroq uni qilish zarur bo’ladi. 


O`quv qo`llanma
96 Sahifa 
IV bosqich – parenximatoz a’zolarda va yurakda degenerativ 
o’zgarishlar bo’ladi. Jarrohlik amaliyotini bajarish muammoga aylanadi. 
Tavaqalarda ro’y-rost fibrinoz o’zgarishlar bo’lmaganda va mitral klapan 
kaltsinozida yopiq komissurotomiya, asoratlangan hollarda klapanni 
protezlash bajariladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin