Tug’ma aorta «og’zi» stenozi Klapan, klapan osti va klapan usti stenozlari tafovut qilinadi. Aorta
«og’zi» stenozi qonni chap qorinchadan katta qon aylanish doirasiga
o’tishiga to’sqinlik qilib, uning ortiqcha ishlashiga, gipertrofiyaga
uchrashiga, keyin esa dilatatsiyasiga va chap qorincha etishmovchiligining
rivojlanishiga olib keladi. Gemodinamikadagi buzilishlar birinchi navbatda
koronar va tserebral qon aylanishi buzilishida namoyon bo’ladi.
Klinikasi va diagnostikasi. Nafas qisishi, tezda charchab qolish,
yurak astmasi xurujlari, stenokardiyaga xos og’riqlar, bosh aylanishi,
hushdan ketish kuzatiladi. Ob’ektiv tekshirishda chuqqi turtkisining
kuchayishi va chapga siljishi, aorta proektsiyasida dag’al sistolik titrash
aniqlanadi. O’ng tomonda II kovurg’alar orasida bo’yin tomirlariga
o’tadigan sistolik shovqin eshitiladi. Puls to’liqligi va tarangligi kuchsiz.
Sistolik bosim pasaygan. EKG da levogramma, miokard ishemiyasi
belgilari.
Rentgenologik
tekshirish
yurakning
gipertrofiyasi
va
kattalashgan chap qorinchasi bilan tipik aortal konfiguratsiyasini aniqlaydi.
Angiokardiografiya torayish joyi va o’lchamlarini aniq belgilash, chap
qorincha bilan aorta o’rtasidagi bosim gradientini aniqlashga imkon beradi.
Davolash – faqat jarrohlik usuli, simob ustuni hisobida 30 mm dan
oshadigan bosim gradientida bajariladi. Operatsiya sun’iy qon aylanish
yoki gipotermiya sharoitlarida stenozni bartaraf etishdan iborat.
Aorta koarktatsiyasi Aorta koarktatsiyasi – aorta bo’shlig’ining chegaralangan tug’ma
torayganligi. Torayish ko’pincha chap o’mrov osti arteriyasi chiqadigan
joydan pastroqda, aorta ravog’ining pastga tushadigan ko’krak aortasiga
o’tadigan joyida joylashadi. Aortada toraygan joydan yuqorida qon bosimi
oshadi, chap qorincha gipertrofiyaga uchrab, keyin dekompensatsiya xolati
paydo bo’ladi. Bosh miya qon tomirlari havzasida gipertenziya, tserebral
buzilishlar sifatida namoyon bo’ladi. Arterial sistemada bosim
koarktatsiyadan pastda birmuncha pasaygan bo’ladi.