Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


 - rasm. Barmoq bilan komissurotomiya



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

42 - rasm. Barmoq bilan komissurotomiya. 
 
43 - rasm. Mitral stenoz. Mitral tabaqani kesish. 


Gospital xirurgiyasi
97 Sahifa 
Mitral klapan etishmovchiligi 
Mitral klapan tavaqalarining noto’liq yopilishi sistola vaqtida 
qonning qorinchadan bo’lmachaga qayta oqib kelishiga sabab bo’ladi. 
Chap qorincha katta miqdordagi qonni doimo itarib turishga majbur 
bo’ladi. Uning vazifasi ortadi, unda gipertrofiya va dilatatsiya rivojlanadi. 
Klinikasi 
va 
diagnostikasi.
Nuqsonning 
bu 
turida 
kompensatsiyasida bemorlar o’zlarini qoniqarli his kiladilar, lablarda 
tsianoz kuzatilishi mumkin. Chap qorinchaning qisqarish xususiyati 
pasayib ketganda nafas qisishi, yurak urishidan shikoyatlar bo’ladi. 
Keyinchalik yurak astmasi xurujlari qo’shilishi mumkin. Ko’zdan 
kechirishda yurak turtkisi 3-4 sm gacha oshgan, chapga siljigan. 
Auskultatsiyada sistolik shovqin, o’pka arteriyasi ustida II ton aktsenti 
qayd qilinadi. Qizilo’ngachni kontrastlab rentgenologik tekshirishda chap 
qorincha va bo’lmachaning kattalashuvi aniqlanadi. Rentgenokontrast 
tekshirish chap qorinchadan bo’lmagan qon regurgitatsiyasi hajmini, mitral 
teshik maydonini, yurak bo’shliqlari va o’pka arteriyasidagi bosimni 
aniqlashga imkon beradi.
Davolash mitral stenoz bosqichidagi kabi. Kasallikning rivojlanish 
bosqichi va mitral etishmovchilik darajasi aniqlanadi. Kasallikning
I bosqichidagi bemorlarga jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi. Jarrohlik 
amaliyoti II va III bosqichlarda o’tkaziladi. IV bosqichda bemorlar 
jarrohlik amaliyotini ko’tara olmaydilar, V bosqichda jarrohlik amaliyoti 
bajarish mumkin emas. Mitral etishmovchilikning asoratlanmagan turlarida 
klapanda rekonstruktiv amaliyotlar bajariladi. Kaltsinoz va fibroz 
bo’lganda klapan protez bilan almashtirilishi kerak. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin