37 – rasm. Qorinchalararo to’siq nuqsoni.
Bu holatda, arteriovenoz shuntning borligi chap qorinchaning
gipertrofiyasiga va o’pka gipertenziyasining rivojlanishiga olib keladi.
O’pkaning yuqori gipertenziyasi venoz qonning katta qon aylanish
doirasiga tushishiga, tsianoz paydo bo’lishiga va o’ng qorincha
etishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Klinikasi va diagnostikasi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va
bolalar hayotining dastlabki yillaridagi dekompensatsiya holatlari bilan
og’ir kechadi. Kattaroq yoshdagi bolalarda simptomlar kamroq ifodalangan
bo’lib, bemorda asosan nafas qisishi, tez charchash, yurak sohasidagi
og’riq, yurak urishi kabi shikoyatlar bilan o’tadi.
O`quv qo`llanma
88 Sahifa
Ob’ektiv tekshiruvda teri qoplamlarining rangparligi, bolaning o’sish
va rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qolishi qayd qilinadi. Yurak
chegaralari o’ngga kattalashgan bo’lib, auskultatsiyada to’sh suyagining
chap chekkasi bo’ylab kuchli sistolik shovqin, III-IV qovurg’alar orasida
esa uning jarangliroq eshitilishi aniqlanadi. EKGda qorinchalar
gipertrofiyasi qayd etiladi.
Rentgenologik tekshiruvda o’ng qorinchaning kattalashganligi, o’pka
arteriyasi va uning tarmoqlarining kengayganligi, chap bo’lmacha va
qorinchaning birmuncha kattalashganligi aniqlanadi. Yurak bo’shliqlari
zondlanganda o’ng qorinchada qonning kislorodga to’yinish darajasining
ortishi qayd qilinadi, kateter o’ng qorinchadan chap qorinchaga bemalol
o’tishi mumkin. Kateter chap qorinchaga kiritilganda kontrast modda o’ng
qorinchaga va o’pka arteriyasiga tushadi.
38 – rasm. Devor nuqsonlarini yopish uchun kateterli sistema –
okklyuderdan foydalanish bosqichlari.
Davolash – faqat jarrohlik usuli. Qorinchalararo to’siqlardagi kichik
nuqsonlarga
П
-simon choklar qo’yib uni bartaraf etishdan iborat. Katta
nuqsonlarda u teshikni sintetik mahsulotdan tayyorlangan yamoq bilan
bekitish yo’li bilan bartaraf etiladi. Rentgenendovaskulyar jarrohlikni
|