G‗ARBIY POMIRNING TABIIY GEOGRAFIK SHAROITIDAGI O‗ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Orografik tuzilishi:G‗arbiy Pomir kenglik bo‗ylab cho‗zilgan katta
tog‗ tizmalaridan iborat bo‗lib, chuqur va tor vodiylar bilan ajralgan.
Iqlimi:G‗arb va shimoli-g‗arb tomonlari ochiq bo‗lganligi uchun
yog‗in keltiruvchi havo massalari ta‘sirida 2236-2500 mm gacha
yog‗in yog‗adi. Eng ko‗p yog‗in sochin bahor va yoz oylarida
bo‗ladi.Yanvar oyning o‗rtacha harorati 2100 metr balandlikda -
7,4C
0
, iyul oyida +22,5 C
0
tashkil etadi.
Muzliklari:Qor chizig‗i shimoli-g‗arbiy Pomirda 3600-3800 metrni
tashkil etadi. Muzliklarning eng katta va eng ko‗pi G‗arbiy Pomirda
joylashgan. Ulardan eng yirigi Fedchenko muzligidir. Doimiy
muzliklar kam tarqalgan faqat, muzliklari uchun muzliklarning
pulsatsiyasi (tez yuvib ketilishi) harakatli.
Daryolari:Daryo to‗rlari ko‗p ser suv va Amudaryo havzasiga
quyiladi.
Ko‘llari. Ko‗llari (Sarez, Yaxshiko‗l, Zarko‗l va boshqalar) asosan
o‗pirilma va surilma natijasida hosil bo‗lgan.
Tabiat zonalari:Tog‗larda balandlik zonallik spektri keng tarqalgan.
Tog‗ yon bag‗irlarining eng pastki qismi yonbag‗irlarida chala
cho‗l, dasht, siyrak o‗rmon zonasi, o‗tloq subalp, alp zonasi va eng
yuqori qismida doimiy muz qor zonasi joylashgan.
Tuproqlari:Qo‗ng‗ir tuproqlar, alp va subalp zonasida esa, o‗tloq
tuproqlar uchraydi. Bu tuproqlar tog‗ yon bag‗irlarining shimoliy
yon bag‗irlarida tarqalgan.
Hayvonlari:to‗ng‗iz, o‗rmon sonyasi, suvsar, silovsin, jayra, tog‗
echkisi, ayiq, tibet bo‗risi va boshqa hayvonlari uchraydi.
Xalq xo‘jaligi:Tog‗ning 2000 metr balandligigacha bo‗lgan
qismlarida uzum, 2700 metrgacha o‗rik, 3500 metrgacha arpa
yetishtiriladi. G‗arbiy Pomirda asosan yaylov chorvachiligi ham
yaxshi rivojlangan.
Aholisi: Aholisining asosiy qismi daryo vodiylarida yashaydi.
Aholisi milliy tarkibida tog‗ tojiklari (raxanliklar, ishkashipliklar,
shuganliklar,
rushanliklar,
yazgulyamliklar
va
vangliklar)
ko‗pchilikni tashkil qiladi.