Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Qorako‘l qo‘riqxonasi Buxoro viloyatining Qorako‗l rayoni hududida 
qumli maydonlarda 180-200 metr absolyut balandliklarda joylashgan. 
Qo‗riqxonadan kengligi 30-40 metr bo‗lgan Amu-Qorako‗l va Amu-Buxoro 
kanallari o‗tadi. Kanallar trassasi massividagi qadimgi jarliklar va pastqam 
uchastkalar kanal suvi bilan to‗lib, qator ko‗llar hosil qilgan (2000 gektar). 
Bular ko‗plab baliq va qushlarning oromgohiga aylangan. Qo‗riqxonaning 
vohaga chegaradosh bo‗lganligi va uning hududidan kanallar oqib o‗tganligi 
uchun qo‗riqxonaning tuproq va o‗simliklari kuchli o‗zgargan va o‗ziga xos 
faunaga ega. Bu yerda 200 ga yaqin oliy o‗simlik turlari uchraydi, shundan 30 
tasi daraxt va butalardir. Kanal yoqasi va ko‗llar atrofidagi to‗qayzorlarda 
asosan jiyda, turang‗i, tol, qamish va boshqa o‗simliklar keng tarqalgan. 
Qo‗riqxonaning qumliklarida asosan qora saksovul, qandimning 6 turi, 
singrenning 3 turi, cherkez, iloq va boshqa o‗simliklar tarqalgan. 


102 
Qo‗riqxonaning tabiiy sharoiti rang-barang bo‗lganligi uchun hayvonot dunyosi 
ham xilma-xildir. Qo‗riqxonaning kanal va ko‗llarida baliqlarning 32 turi 
uchraydi. Qo‗riqxonaning qumli qismida sudralib yuruvchilardan cho‗l 
toshbaqasi, kaltakesak, echkiemar, bo‗g‗mailon, o‗qilon, charxilon va boshqalar 
yashaydi. Qo‗riqxonada sutemizuvchilarning 30 dan ortiq turi bor. Ular orasida 
bo‗ri, chiyabo‗ri, tulki, qum mushugi va qum quyoni, ingichka barmoqli 
yumronqoziq, har turli qum sichqonlari uchraydi. To‗qayzorlarda yovvoyi 
cho‗chqa ko‗p. Qo‗riqxonada parrandalarning 170 dan ortiq turi mavjud. 
Shundan noyob turlari 20 taga yetadi. Qo‗riqxonada Zarafshon qirg‗ovuli deb 
atalgan kenja tur mavjud. Qo‗riqxona xodimlari oldiga tabiiy boyliklar bilan 
birga, Zarafshon qirg‗ovulini qo‗riqlash va ko‗paytirish vazifasi qo‗yilgan. 
Qorako‗l qo‗riqxonasi O‗rta Osiyoda cho‗l qo‗riqxonalari orasida voha bilan 
chegaradosh yagona tabiat laboratoriyasi bo‗lib, uning landshafti ko‗llar, 
kanallar, qamish-to‗qayzorlar, sho‗rxokliklar va saksovul bilan qoplangan 
qumliklardir. Qo‗riqxonada ana shu voha va cho‗l tabiiy komplekslari 
muhofaza qilinadi, shuningdek, kanallar o‗tkazib, cho‗l o‗simlik va hayvonot 
dunyosining o‗zgarishi o‗rganiladi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin