Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat 
ta‘lim beruvchi 
ta‘lim oluvshilar 
1-bosqich. 
O‘quv 
mashg‘ulotiga 
kirish (10 
daq.) 
1.1. Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan 
natijalarni etkazadi. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi. 
1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tuchunshalarni; mustaqil 
ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi. 
1.3. O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarini baholash 
mezonlari bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar, yozib 
oladilar. 
Aniqlashtiradilar, 
savollar beradilar. 
2-bosqich. 
Asosiy 
(60 daq.)
2.1. Tezkor-so‘rov, savol-javob, aqliy hujum orqali 
bilimlarni faollashtiradi. 
2.2. Ma‘ruza, seminarg‘ amaliy mashg‘ulotning rejasi va 
tuzilichiga muvofiq ta‘lim jarayonini tashkil etish bo‘yisha 
harakatlar tartibini bayon etadi 
Javob beradilar 
Yozadilar. 
Guruhlarda ishlaydilar, 
taqdimot qiladilar va bosh.
3-bosqich. 
Yakuniy 
(10 daq.) 
3.1.Mavzu bo‘yisha yakunlaydi, qilingan ishlarni kelgusida 
kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga 
talabalar e‘tiborini qaratadi. 
3.2. Guruhlar ishini baholaydilar, o‘quv mashg‘ulotining 
maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi. 
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning 
baholash mezonlarini etkazadi . 
O‘z-o‘zini, o‘zaro 
baholashni o‘tkazadilar. 
Savol beradilar 
Topshiriqni yozadilar 
 
 


96 
10-Mavzu: O`RTA OSIYONING ALOXIDA MUXOFAZA 
QILINADIGAN XUDUDLARI (LANDSHAFTLARI) 
Reja: 
1.Alohida muhofaza etiladigan hududlar haqida tushuncha
2. O‘rta Osiyo qo‗riqxonalari
3. Milliy bog‗lar va buyurtmalar. 
Tabiatni muhofaza qilish - landshaftning bir butunligi, tabiiy 
komponentlarning o‗zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan. 
Landshaftlarni muhofaza qilishning juda ko‗p shakllari mavjud. Bular: 
qo‗riqxonalar, zakazniklar, rezervatlar, xalq bog‗laridan iborat. Tabiatni 
muhofaza qilish ayrim hududlarda tabiiy kompleksni (landshaftlarni) o‗z 
holicha maxsus rejim bilan qo‗riqlashni ham talab qiladi. Bunday maxsus rejim 
bilan muhofaza qilinadigan hududlar xo‗jalikda o‗zlashtirishdan bevosita ajratib 
olinib qo‗riqlanadigan tabiiy ob‘ektlardir. Hududning ayrim uchastkalarini 
muhofaza qilishda maxsus rejimini o‗rnatishning zarurligi fan-texnika inqilobi 
sharoitida inson xo‗jalik faoliyati natijasida keskin o‗zgarayotgan va 
kamayayotgan yer tabiiy boyliklariga insonning ongli munosabatda bo‗lishiga 
asoslanadi. Bunday uchastkalarni qo‗riqxonalar, rezervatlar, tabiiy parklar, 
tabiat yodgorliklari, zakazniklar deyiladi. Muhofaza qilinadigan hududlarning 
tasnifi ishlab chiqilmagan. Ularni bo‗lishda qo‗yidagi belgilarga amal qilinadi: 
1) 
muhofaza qilinadigan hududdan foydalanish rejimining asosiy maqsadi va 
harakteri; ulardan xo‗jalikda foydalanishni butunlay man etish; fan va turizm 
manfaatlari uchun foydalanishni chegaralash; tabiiy boyliklarni takror ishlab 
chiqarish (tiklash); ma‘rifiy-memorial (yodgorlik) ahamiyatiga ega bo‗lgan 
ob‘ektlarni muhofaza qilish va hokazo; 2)muhofaza qilinadigan ob‘ektlarning 
murakkablik darajasi (tabiiy landshaftlarning ayrim komponentlari yoki butun 
landshaft, tabiiy boylik turlari); 3) o‗rnatilgan va chegaralangan cheklovning 
davom etishi (resurslardan foydalanish umuman man qilinganmi yoki 
foydalanish ma‘lum muddatga limitlanganmi). 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin