Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
oila

poligamiya (ko‗p nikohlilik) deb ataladi. Quldorlik davrida esa jamiyat 
taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar asosan xususiy 
mulkning paydo bo‗lish natijasida oilaning tarkibi ham, shakli ham 
o‗zgardi. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab 
chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi. Moddiy mahsulotlar yaratishda 
erkaklar ulushi yuqori bo‗la boshladi. Natijada oila huquqiga asoslangan 
patriarxal oila vujudga keldi. (erkaklar ustunliligi). Endi bir erkak oila 
boshlig‘i bo‗lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan bir oila bo‗lib 
yashardilar. Bunday oilalar ko‗p xotinlilik, ya‘ni – poliginiya asosida 
tashkil bo‗lgan – poligamiya oila shakli bilan monogam (bir nikohli) 
o‗rtasidagi oraliq oilalarni tashkil etganlar. 
Ushbu me‘yorlar ichida muhimlaridan biriga biz «urug‘»ni tadqiq 
etish davomida duch kelamiz. Urug‘ bu – bir necha kishidan iborat guruh 
bo‗lib, ular o‗rtasida jinsiy aloqalar qat‘iy ta‘qiqlanganShu bois, turli urug‘ 
a‘zolari jinsiy munosabatlarga kirishganlar. Natijada nikoh ham turli urug‘ 
20
Отахўжаев Ф.М. Никоҳ ва унинг ҳуқуқий тартибга солиниши. – Тошкент: Ўзбекистон, 1995. – 
172 б.; Его же. Оила ҳуқуқи / Хотин-қизлар ва болаларнинг ҳуқуқларига оид қонун кафолатлари: 
(Оммабоп юридик маълумотнома). – Тошкент: Ўзбекистон, 2000. – Б. 30-104.


38 
vakillari o‗rtasida tuzilgan. Ushbu an‘ana – ekzogamiya deb nomlanib, - 
chetki (urug‘dan tashqarida) nikoh ma‘nosini anglatadi. Ekzogamiya, ya‘ni 
– urug‘dan tashqarida jinsiy sherik qidirish, urug‘ ichida jinsiy aloqalar 
ta‘qiqlanganligining mahsuli bo‗lib, «agam» ta‘qiq yoki oddiygina 
«agamiya» (yunonchadan a –«no» (raddiya belgisi), «gamos» –nikohdeb 
nomlanishi mumkin. Agamiyani buzish uchun qo‗llaniladigan oddiy jazo 
turi bu – o‗lim jazosi sanalgan. 
Yevropaning sinfiy jamiyatlari, shuningdek, yevropaliklar istiqomat 
qiluvchi hududlar (Amerika, Avstarliya) da ham so‗nggi paytlargacha 
nikohning keng tarqalgan yagona turi bir nikohlilik, ya‘ni, «monogamiya» 
(yunonchadan «monos» – bitta, yagona va «gamos» – nikoh) bo‗lgan. 
Albatta yevropaliklar nikohning boshqa turlari masalan, ko‗p xotinlik yoki 
«poliginiya» (yunonchadan, «poli» - ko‗p va «gineye» – xotin) va ko‗p erlik 
(yoki «polinadriya» (yunonchadan «poli» – ko‗p, «anros» – erkak) haqida 
ma‘lumotlarga ega bo‗lishgan. Ammo, nikoh shakllarining barchasi yaxlit 
umumiylikka ega bo‗lib, individlararo tuzilishi nazarda tutilgan. Shu bois
Yevropa mutafakkirlari nazarida individual nikoh amalda jinslararo 
munosabatlarni tartibga solish shakli sifatida qabul qilinsa, monogamiya esa 
bunday tartiblanishning yetuk ko‗rinishi bo‗lgan. Yevropa jamiyatlarida 
asrlar davomida er-xotin o‗rtasidagi jinsiy munosabatlar me‘yoriy sanalgan. 
Nikohsiz jinsiy munosabatlar taqiqlangan. Nikohgacha va nikohdan tashqari 
jinsiy munosabatlar mavjud tartiblarga zid bo‗lib, ma‘lum ma‘noda 
qoralangan. Demak, bu jamiyatlarda nikohgacha va nikohdan tashqari 
munosabatlarni tartibga solib turuvchi qoida va talablar mavjud bo‗lgan.
Quldorlik davridan feodalizmga o‗tish, hamda feodal ishlab 
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi oilaning monogam, ya‘ni yakka 
nikohlilik ko‗rinishining paydo bo‗lishi asos bo‗lgan. Ushbu davrda 
xo‗jalik yuritishda ota-ona farzandlari, nevara-chevaralari bilan ishtirok 
etishgan. Kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida esa yirik-yirik sanoat 
korxonalarining paydo bo‗lish natijasida mayda dehqon xo‗jaliklar, 
mayda hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan 
foydalanish, ularga ishchi kuchi sifatidagi talab asta-sekin kamayib 
boradi. Ko‗p bo‗g‘inli katta oila bo‗lib yashash hollari yo‗qola boshladi. 
Va oilaning yangi tuzilishi er-xotin va bolalardan iborat bo‗lgan nuklear 


39 
oila va kabilar. Oilaning bugungi shaklida oila a‘zolari bir-birlari bilan 
umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma‘naviy, huquqiy, psixologik 
munosabatlar o‗zaro javobgarlik his tuyg‘ulari bilan bog‘lanib turadilar. 
Oilada har bir oila a‘zosining o‗z ijtimoiy o‗rni bor. Oila asosini er-xotin 
tashkil etadi, lekin oilada er-xotin, ularning farzandlari, ota-onalari, opa-
singillari, aka-ukalari va boshqa qarindoshlari yashashi mumkin. Oila 
tashkil topishiga, unda yashayotgan oila a‘zolarining ijtimoiy o‗ringa 
qarindosh-urug‘lik munosabatlariga, miqdoriga qarab, bir nechta 
turlarga bo‗linadi. Nikoh birligiga ko‗ra oilalar ikki turga bo‗linadi: 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin