Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
oila

13. Gomogen nikoh – er-xotin bir stratadan berilgan oilalar. 
14. Geterogen nikoh – er-xotin turli sinf, qatlam va kastalardan 
bo‗lgan nikoh. 
15. Patrilokal nikoh – yangi qurilgan yosh oila erkagining 
otasinikida turadigan oilalar. 
16. Matrilokal nikoh – yangi qurilgan yosh oila kelinning 
otasinikida yashaydigan oilalar. 
17. Takroriy nikohlar – ajrashgandan keyin tuzilgan nikoh. Unda 
nikoh a‘zolarining oldingi nikohidan farzandlari yashashi mumkin. 
18. Nuklear oila – er-xotin va ularning nikohga kirmagan 
farzandlari bilan yashaydigan oila. 
Oilaning vazifalari 
Oila jamiyat bag‘rida tashkil topib, rivojlanishi bilan birga uning 
jamiyatda bajaradigan o‗z vazifalari, funksiyalari mavjuddir. Oilaning 
vazifalarini 3 guruhga ajratish to‗g‘riroqdir. 
1. Oilaning demografik vazifasi. 
2. Oilaning ijtimoiy vazifasi 
3. Oilaning iqtisodiy vazifasi. 
Oilaning demografik vazifasiga – uning demografik faoliyati 
ya‘ni, oilada farzandlarning tug‘ilishi, inson naslini jamiyatning davom 
ettiruvchi avlod yaratish kiradi. 
Oilaning ijtimoiy vazifasiga – oilada farzandlarni tarbiyalash
inson sifatida kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o‗zaro 
bir-birlariga muhabbatni shakllantirish, dam olish va salomatligini 
tiklash kabilar kiradi. 


41 
Oilaning iqtisodiy vazifasiga – oila a‘zolarini oziq-ovqat, kiyim-
kechak va boshqa yashash uchun zarur bo‗lgan moddiy vositalar bilan 
ta‘minlash kiradi. Oila o‗z mavjudligini saqlab qolish uchun o‗zining 
barcha vazifalarini bajarishi shart. Oila vazifalarining bajarilishi bir-biri 
bilan bog‘liqlik holda ro‗y beradi. Rivojlanish jarayonida oila vazifalari 
bir-biriga olish sifatida ta‘sir etadi. Oilaning mohiyati va vazifalari 
dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xil, lekin uning bajarilish darajasi 
ana shu xalqlar yashagan, yashab kelayotgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, 
munosabatlarga, 
turmush 
tarziga, 
ularning 
urf-odatlari, 
dini, 
qadriyatlariga bog‘liqdir. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin