25
2-MAVZU. “OILA” TUSHUNCHASI, UNING TURLARI VA
VAZIFALARI
1. Oila kichik sotsial gurux sifatida.
2. Oila va nikohning institusional funksiyalari.
3. Oilada reproduktiv xulq-atvor.
4. Oila-nikoh, qarindosh-urug‘ tipologiyasi.
Oilani ijtimoiy institut sifatida o„rganish
Ijtimoiy institutlar (lotincha – uskurta, muassasasi) – bu
odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilgan tarixiy turun shakllar,
«Ijtimoiy institutlar» termini har xil ma‘noda ishlatiladi. Masalan: oila,
institut, soliqni saqlash institut, davlat instituti va boshqalar. Tartibga
solish, shakllantirish va standartlashtirish jarayoni esa institutlashtirish
deb ataladi.
Institutlashtirish jarayoni quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
1. Ijtimoiy institutlarni paydo bo‗lishining zarur shart-
sharoitlaridan biri shunga xos ijtimoiy talabalarning paydo bo‗lishidir.
Institutlar odamlarning u yoki bu talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida
birgalikda faoliyat ko‗rsatish uchun tuzilgan. Oila instituti inson zotini
paydo qilish va bolalarni tarbiyalash talablarini qondiradi, jinslar va
avlodlar o‗rtasida munosabatlarni amalga oshiradi va hokazo. Oliy
ma‘lumot instituti kasblar, ishchi mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi,
odamlarga o‗zini turmushini ta‘minlash uchun o‗z qobiliyatini
rivojlantirish, namoyon etish, realizasiya uchun imkon beradi.
2. Ijtimoiy institut ijtimoiy aloqalar, o‗zaro hamkorlik, aniq shaxs,
ijtimoiy guruh va boshqa jamoalar munosabatining asosida tashkil
qilinadi. Ammo boshqa ijtimoiy tuzumlar kabi ijtimoiy institut
hamshaxslar va ularning hamkorligiga qo‗shilmaydi. Ijtimoiy institutlar
xususiy tavsifga ega, o‗zining xususiy tizimi va sifati bor. Binobarin,
ijtimoiy institut o‗zining rivojlanish mantiqiga ega mustaqil umumiy
ta‘limdir. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy institutlar turgan tarkibiga ega,
elementlarning integrallashgan va funksiyalarining ma‘lum bir
o‗zgarishga ega tashkil etilgan ijtimoiy tuzum sifatida qurilishi mumkin.
26
Bu qanday tuzumlar? Ularning asosiy elementlari nimalardan
iborat? Eng avvalo, bu qadriyatlar, me‘yorlar, g‘oyalar, shuningdek,
odamlarning va boshqa ijtimoiy madaniy elementlarining faoliyati
namunasi, tuzimidir. Bu tuzum odamlarning to‗g‘ri yurish-turishiga
kafolat beradi, ularning intilishlarini bir oqimga soladi, ziddiyatlarni hal
etadi. U yoki bu jamoa jamiyatdagi barqarorlik va xotirjamlikni holatini
saqlaydi.
3. Uchinchi, institutlashtirishning eng muhim elementlaridan biri-
ijtimoiy institutni tashkil qilish shakli. Tashqaridan ijtimoiy institut
moddiy manba bilan ta‘minlangan va aniq ijtimoiy faoliyatni
bajarayotgan shaxslar, muassasalar majmui bo‗lib ko‗rinadi. Shunday
qilib, oliy ma‘lumot instituti ma‘lum bir shaxslar majmui: o‗qituvchilar,
xizmat qiluvchi xodimlar, amaldorlardan tuzilgan bo‗lib, muassasa yoki
oliy maktab bo‗yicha Davlat qo‗mitasi chegarasida harakat qiladilar va
o‗z faoliyati uchun ma‘lum qimmatli materiallardan foydalanadilar
(binolar, moliya va boshqalar).
Har bir ijtimoiy institut o‗z faoliyati maqsadiga, shu maqsad
yo‗liga aniq ish harakatiga, ijtimoiy dunyoqarash rollari to‗plamiga ega.
Yuqoridagilarga asoslanib, ijtimoiy institutni quyidagicha ta‘riflash
mumkin.
Ijtimoiy institutlar-bu aniq ahamiyatga ega ijtimoiy vazifani
bajaruvchi, o‗zining a‘zolarini bajargan ijtimoiy rollari asosida
birgalikda ijtimoiy qadriyatlar, me‘yoriy va yurish-turish namunalari,
vazifalarini bajarish yo‗lidagi maqsadni birgalikda amalga oshirishni
ta‘minlovchi odamlarning tashkiliy birlashmasidir.
Har bir institut o‗ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Bu ijtimoiy
vazfalar to‗plami ijtimoiy institutlarning umumiy ijtimoiy vazifalari
darajada tashkillanadi. Bu vazifalar rang-barangdir. Nisbatan to‗la va
qiziqarli tasnifni «institutlashtirish maktabi» deb ataluvchi maktab
vakillari taklif qilishdi. Bu maktab vakillari S.Lipset, D.Landberg va
boshqalar. Ijtimoiy institutning to‗rtta asosiy vazifalarini belgilashdi.
1.
Jamiyat a‘zolarini yetishtirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy
institut oiladir. Ammo bunga boshqa institutlar ham daxldor, masalan-
davlat;
27
2.
Ijtimoiylashtirish-odamlarga mazkur jamiyatda o‗rnatilgan
yurish-turish namunalari va faoliyat usullarini taqdim qilish (oila, ta‘lim,
diniy usullar orqali).
3.
Ishlab chiqarishga va taqsimlash ijtimoiy-iqtisodiy va nazorat
institutlari orqali ta‘minlashadi;
4.
Boshqarish va nazorat ishlari tartib-intizomining taalluqli
turlarini amalga oshiruvchi ijtimoiy me‘yor va ko‗rsatmalar: axloqiy va
huquqiy me‘yorlar, udumlar, ma‘muriy qarorlar orqali amalga oshirildi.
Ijtimoiy institutlar shaxslarining yurish-turishini rabatlantirish yoki
tanbeh yo‗li bilan boshqaradi. Ijtimoiy institutlar bir-biridan o‗zlarining
faoliyati sifati bilan farq qiladi:
1. Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar-mulkchilik, almashtirish, pul
banklar, turli xil xo‗jalik birlashmalari-ishlab chiqarishning to‗la
majmuini va jamiyat boyligining taqsimlashi ta‘minlaydi.
Ayni paytda ijtimoiy hayotning boshqa muhitini iqtisodiy hayoti
bilan birlashtiradi.
2. Siyosiy institutlar-davlat, partiya, kasaba uyushmalari va boshqa
jamoa tashkilotlari siyosiy hukumronlikni aniq shakllarini qo‗llab-
quvvatlovchi va shu hukumronlikni o‗rnatuvchi siyosiy maqsadni
ko‗zlaydilar. Ularning barchasi mazkur jamiyatning siyosiy tuzimini
tashkil qiladi.
Ijtimoiy
institutlar
g‘oyaviy
qadriyatlarni
saqlash,
jamiyatdagi ijtimoiy-sinfiy tarkibini ustivor bo‗lishni ta‘minlaydi.
3. Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o‗z oldiga madaniy
hamda ijtimoiy qadriyatlarni o‗zlashtirish va rivojlantirish, shaxsni aniq
bir madaniyatga jalb qilishni, shuningdek, ijtimoiy-madaniy intizom
standartini o‗zlashtirish va nihoyat aniq bir qadriyat va me‘yorlarini
himoyalashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi.
4. Me‘yoriy mo‗ljal mexanizmlarni axloq, etikani o‗zlashtirish va
shaxs intizomini tartibga solish. Ularning maqsadi intizom va yurish-
turishga axloqiy dastak, estetik asos berish. Bu institutlar hamkorlikda
umuminsoniy qadriyatlar, intizomning maxsus kodeksi va etikasini
tasdiqlaydilar.
28
5. Me‘yoriy sanksiyalovchi-huquqiy va ma‘muriy aqidalarda
belgilangan me‘yor, qoidalar va ko‗rsatmalar asosida umumijtimoiy
intizomni tartibga solish. Me‘yorning majburiyligi davlat va taalluqli
sanksiyalar tizimining majbur qiluvchi kuchi orqali ta‘minlanadi.
6. Marosim-timsol va vaziyat konvension institutlar. Bu institutlar
(shartnoma asosida) qisqacha yoki uzoq vaqtga konvensiya me‘yorlarini
qabul qilishga asoslangan. Bu me‘yorlar kundalik to‗qnashuvlarini, turli-
tuman guruhlar yoki guruhlararo intizomni tartibga soladi. Ular tartib-
intizomning tartibini aniqlaydilar, axborot almashish usullarini vaqt
soatini
belgilaydi.
Salomlashish,
murojaat
qilish,
masjislarni,
yig‘ilishlarini qandaydir birlashmalar faoliyatini soatini ham belgilaydi.
O‗zaro me‘yoriy hamkorlik (ijtimoiy muhit bilan) ijtimoiy institut
disfunksiyasi deyiladi. Avval aytib o‗tganimizdek, ijtimoiy institutning
aniq harakat qilish va vakillashtirish asosiy u yoki bu ijtimoiy talabalarni
qondirishdir. Ijtimoiy jarayonlarning jadal oqimi, ijtimoiy o‗zgarishlar
tempining tezlashishi sharoitida jamiyat talablari o‗ziga xos ijtimoiy
institutning faoliyati va tarkibida o‗z aksini topa olmasligi ham mumkin.
ularning faoliyatlaridan disfunksiyalar paydo bo‗lishi mumkin.
Disfunksiyalar maqsadining aniq emasligi, uning ijtimoiy nufuzini va
obro‗yi tushganda alohida faoliyatini «Timsoliy» faoliyatini paydo
bo‗lishida,
ya‘ni faoliyatining samarali maqsadga erishishiga
qaratilmaganligida ifodalanadi.
Jamiyat talabi qondirilmaganligi natijasida hayotiy me‘yoriy
tartibga solinmagan, institut disfunksiyaning to‗ldirishga intilgan, shu
maqsadda joriy me‘yor va qoidalarini buzilishlar ro‗y beradi. Bu xil
faolliklar huquqqa qarash faoliyatlarda ifodalashi mumkin. Ayrim
iqtisodiy institutlarning disfunksiyasi «tenevaya ekanomika» ya‘ni
chayqovchilik, poraxo‗rlik, o‗g‘rilik va hokazolarga sabab bo‗ladi.
Disfunksiyani ijtimoiy institutining o‗zini o‗zgartirish yoki bo‗lmasa
yangi mazkur jamiyat talabini qondiruvchi institut yaratish yo‗li bilan
bartaraf qilish mumkin.
Tadqiqotchilar
ijtimoiy
institutlarning
ikki
xilini
ajratmoqdalar: Oddiy va murakkab xillari. Oddiy ijtimoiy institutlar-
ijtimoiy ahamiyatga ega, aniq vazifani bajarayotgan odamlardan tashkil
29
topgan birlashmadir. Ular birgalikda va maqsadini ko‗zlaydilar, shu
maqsad yo‗lida har bir odam o‗zining ijtimoiy vazifasini bajaradi. Bu
saviyada boshqaruvchi tizim mustaqil tizim sifatida ajralmagan. Ijtimoiy
qadriyatlar, ma‘naviyatlar, me‘yorlar o‗zlari ijtimoiy institut faoliyatini
ta‘minlaydilar.
3.
Oddiy
ijtimoiy
institutning
namunasi-oila
institutlar
A.G.Xarchyov oilani nikoh va qondoshlikda asoslangan umumiy
maishat va o‗zaro javobgarlik bilan bolangan odamlar birlashmasi deb
ta‘riflaydi. Oilaviy munosabatlar eng avvalo, nikohdan boshlanadi.
Nikoh-ayol va erkak munosabatlarini tarixiy o‗zgaruvchan ijtimoiy
shaklidir bu munosabatlar orqali jamiyat ularning jinsiy hayotining
tartibi va huquqlarini belgilaydi. Ularning qondoshlik va er-xotinlik
huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ammo oila nikohga nisbatan
ancha murakkab munosabatlar tizimini belgilaydi. Chunki u nafaqat er-
xotinning balki bolalar va boshqa qarindoshlarni birlashtiradi. Shuning
uchun oilaga faqat nikohda birlashgan guruh sifatida emas, ijtimoiy
institutlar sifatida, ya‘ni inson avlodini davom ettiruvchi o‗zaro
hamkorlik va munosabatlarning aniq qadriyatlar va me‘yorlar asosida
faoliyat ko‗rsatuvchi shaxslarning aloqaviy tizimi sifatida qarash joizdir.
Bu institut keng ko‗lamda ijtimoiy nazorat ostiga olingan.
Oila-ijtimoiy institut sifatida bir qator bosqichlardan o‗tadi. Bu
bosqichlarning ketma-ketligi oilaviy jarayon yoki oilaning hayot tarzini
tashkil qiladi. Tadqiqotchilar bu jarayonda turli fazalarni ajratmoqdalar.
Ammo ularning ichida eng asosiylari quyidagilardir.
A) birinchi nikohdan o‗tish-oilani tashkil bo‗lishi.
B) bolalanishning boshlanishi - birinchi bolaning tug‘ilishi.
V) bolalanish nihoyasi-kenja bola tug‘ilishi.
G) «bo‗shagan uya» oxirgi farzandning nikohi va uning oiladan
bo‗linishi.
D) oilaning tugatilishi-er-xotinlardan birini o‗limi.
Oila sotsiologiyasi oila tashkilotining quyidagi umumiy ajratish
aqidalari mavjud: nikoh shakliga qarab oila manogom va poligam
oilaga bo‗linadi.
|