17
muayyan shakli va mos kelgan ijtimoiy va siyosiy tuzum o‗rtasidagi
aloqani ko‗ra bila olgan. Gegel shunday xulosaga keldiki, huquqiy
munosabatlar oilaviy ittifoqning o‗ziga yod holatlar.
Bu xulosaning
asosida oiladagi ruhiy-ma‘naviy birlik va bu munosabatlarni tashqaridan
huquqiy tartibga solishning bir-biriga zidligi haqidagi g‘oya yotadi.
Sotsiologiya fanining tan olingan asoschisi O.Kont oilani o‗zgaruvchan
va tarixiy kategoriya sifatida tushungan edi. Shu bilan birga oilani eng
asosiy funksiyalarining (tashkil etuvchi) bajaruvchi asosiy ijtimoiy
guruh deb hisoblagan. Olimlarning ishlarida, shu qatorda ijtimoiy fanlar
sohasidagi ishlarda Ch.Darvinning evolyusion nazariyasi katta ta‘sir
ko‗rsatganligi
ko‗rinadi.
Bu
teoriyaning
tarafdorlari
fikricha,
jamiyatdagi turli sotsial hodisalar va institutlar tabiatga o‗xshash
ravishda rivojlanadi.
Ingliz faylasufi va sosiologi
G.Spenser (1820-1903) ijtimoiy
institutlarni jamiyatning tizimli elementlari sifatida ko‗rib chiqayotganda
«uy institutlari» deb ataluvchi oila, nikoh,
uy tarbiyasi kabi
muammolardan boshlagan. U
jamiyat turi va oila turi o‗rtasidagi
aloqalarni ochib ko‗rsatdi. Sotsial taraqqiyoti ta‘siri ostida kelib
chiqadigan, oilaviy munosabatlardagi o‗zgarishlarni tadqiq qilgan. U
davrga evolyusiya va progress, rivojlanuvchi ta‘kidlanuvchi tadqiqotlar
xos edi. U davrda ma‘lumot yig‘ish usullari juda qiyin bo‗lgan. Ularning
samaradorligi esa past bo‗lgan. Analiz (tahlil) uslublarida ta‘riflash
ustun turar edi. Bu yo‗nalish sotsial darvinizm deb atalgan.
Oila teoriyasining rivojlanishiga fransuz sosiologi
Fredrik Le-
Pley(1806-1882) o‗zining sezilarli ulushini qo‗shgan. Uning fikricha,
har qanday jamiyatda oila-keyingi avlodlarni dunyoga keltiruvchi, yangi
tug‘ilgan odamlarda yaxshilikni rivojlantiruvchi, yomonlikni bostiruvchi
eng tinch vositadir. Agar oila kichik vahshiylarni jilovlashni eplay
olmasa, oilaning o‗zi aziyat chekadi, oxir oqibatda jamiyat ham vayron
bo‗ladi. Le-Pley monografik tadqiq etishning asoschisidir. U
tekshiruvchi, kuzatish uslubi va texnikasini rivojlantirgan. Ko‗p vaqt
davomida (taxminan XIX asrning o‗rtalarigacha)
oila jamiyatning
birlamchi o‗ziga xos tabiatli bir bo‗lagi sifatida o‗rganilgan. Shuning
uchun o‗rta asr antik davr va qisman yangi davr faylasuf olimlarini oila
18
nafaqat o‗ziga xos sotsial institut sifatida, balki uning umumiy, ijtimoiy
tarkiblarga, eng avvalo davlatga bo‗lgan munosabati qiziqtirgan.
Oila va nikohga tarixiy qarashlarning mustahkamlanishi 2 yo‗l
bilan amalga oshgan:
1) Oilaning o‗tmishi, xususan xalqlarning oila-nikoh tartibining
o‗tmishini tadqiq etish;
2) Oilani turli ijtimoiy sharoitlarda o‗rganish.
Birinchi yo‗nalish boshida shveytsar olimi
Iogan Baxofen(1815-
1887) turadi. U oilaning tarixini o‗rganishga asos soldi. Baxofen
qadimiy mumtoz asarlarni tahlil qilish
natijasida yakka nikohlilik
davrigacha greklarda ham, osiyoliklarda ham nafaqat erkak kishi bir
necha ayol bilan, balki ayollar ham bir necha erkaklar bilan jinsiy
munosabatda bo‗lganligini isbot qildi.
Oila sosiologiyasining rivojlanishida buyuk fransuz olimi
E.Dyurkgeymning ham ulushini ta‘kidlashimiz lozim.
Oila va nikoh
haqidagi fanga «ijtimoiy guruh» teoriyasi ham ma‘lum darajada o‗z
ta‘sirini ko‗rsatdi. Uning asoschisi amerikalik sosiolog
Charlz Kuli
(1864-1929) bo‗lib, u birlamchi guruhlar va ikkilamchi ijtimoiy
institutlar orasida farq belgilarni ko‗rsatib berdi.
Birlamchi guruhlar –
asosiy ijtimoiy guruhlar bo‗lib, ijtimoiy, shaxslararo norasmiy
munosabatlar bevosita muloqat,
barqaror, kichik o‗lchami bilan
xarakterlanadi.
Ikkilamchi guruhlarda – shaxsning ijtimoiylashuvi
ro‗y beradi.
XX asrning birinchi yarmi davomida Le-Pleyning empirik
qarashlariga oriyentasiya*
9
qilingan yo‗nalish ustun turgan. Oilaning
ijtimoiy muammolarini hal qilishga o‗tish davri kuzatiladi. Konseptual
apparat o‗zgarmasa ham lekin empirik
va mantiqiy tushuntirishga
ehtiyoj sezilib turardi. G‘arb oilasidagi o‗zgarishlar muammosining
qo‗yilishi davri butun ijtimoiy tizimni larzaga solgan. Bu davrda
oiladagi o‗zgarish jarayonlarining ijtimoiy va sotsiologik jihatdan
o‗rganish muhimligini anglash ro‗y beradi. Shu munosabat bilan
jamiyatshunoslikda bundan oldingi davrda mavjud bo‗lgan nazariy-
metodologik va empirik materiallari asosida oilaning o‗zgarishi
9
* Орентация - қарашларга таяниш (олимларга акс).
19
muammosini yo‗lga qo‗yishga harakat hollari juda ko‗p bo‗lgan. Bu
davrda chop etilgan ahamiyatli ishlardan
biri amerikalik sotsiolog
Dostları ilə paylaş: