7
KIRISH
Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy
yo‗nalishlaridan bo‗lib, u nikoh va oilaning paydo bo‗lishi,
rivojlanishi
va vazifalarini bajarishi, erkaklar va ayollarning ijtimoiy rollarini
farqlash qonuniyatlarini, jinsga qarab mehnat taqsimotini, madaniy
belgilar
hamda
erkaklik
va
ayollikning
ijtimoiy-psixologik
stereotiplarini, ularning ijtimoiy hayotning turli jihatlariga ta‘sirini
o‗rganadigan fan. Oila va gender sotsiologiyasi
oilaga xos ijtimoiy
munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi, vazifalarini, oilani kichik
ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va
ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi
kelishmovchiliklar va ularni oldini olishni,
oilaning boshqa ijtimoiy
institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan o‗zaro
munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining tarixiy turlari va
shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini o‗rganadi. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev oila haqida gapirganida
qo‗yidagilarni ta‘kidlaydi: ―Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi
shuki, avvalambor qaerda ishlashidan qat‘i nazar, kim bo‗lishidan qat‘i
nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit,
oilada xalollik, munosabat,
tarbiyaga alohida ehtibor bermasa, hech qachon natija bo‗lmaydi. Odam
baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli
bo‗lsang, baxtliman deyishga haqqing bor‖.
O‗zbekiston Respublikasi tarixida ilk bor ―xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari‖ to‗g‗risida to‗g‗risida
qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‗lib, qonuni o‗zbek
ayollarining hayotida nimalarni o‗zgartiradi? O‗zbekiston ijtimoiy
siyosatining markazida jinslarning notengligini bartaraf etish,
xotin-
qizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos bo‗ladigan tengligini ta‘minlash
bo‗yicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan
ko‗riladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega
chora-tadbirlarni namoyon qilish turadi.
8
Xotin-qizlar va erkaklar o‗rtasida haqiqiy tenglikka erishish,
jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish,
jins bo‗yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda
ularning oldini olish maqsadida davlat
tomonidan gender siyosati
amalga oshirilmoqda.
«Oila va gender sotsiologiyasi» nomli darslik ijtimoiy ishni,
sotsiologiyani o‗rganuvchi talabalar, Mahalla va oilani qo‗llab-
quvvatlash vazirligi hamda xududlardagi Mahalla va oilani qo‗llab-
quvvatlash boshqarmasining amaliyotchi-xodimlari uchun tuzilgan.
Darslik oilalar hamda ayollar va erkaklar, ularning muammolari
haqidagi tasavvurlarni bir xil shaklga keltiradi. Darslikning mazmuni
rang-barangdir, u oilalar bilan avval ishlamagan
va oilalar bilan uzoq
vaqt ishlab kelayotgan mutaxassislar uchun ham qiziq.
Ushbu darslikda oila va gender sotsiologiyasi fan sifatida, ―oila‖
tushunchasi, uning turlari va vazifalari, oila va nikox munosabatlarining
an‘anaviy shakllari, oila-nikoh munosabatlarida sotsial maqom va
ierarxiya, oilaviy xayot sikli va avlodlar almashinuvi, yosh oila: sotsial
kategoriya sifatida, oila-nikoh munosabatlarda zamonaviy tendensiyalar,
rivojlangan davlatlarda
oila-nikoh instituti tanazzuli, feminizm
g‗oyalarining shakllanishi va rivojlanishi, gender tengligi g‗oyalarining
nazariy-metodologik asoslari, ta‘lim va bandlik soxasida gender
muvozanat, boshqaruvda gender tenglik, O‗zbekistonda xotin-qizlar
ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llab-quvvatlash, O‗zbekistonda
oila-nikoh
institutini mustahkamlash mexanizmlari, O‗zbekistonda oilalarni
ijtimoiy ximoyalashda innovatsion tendensiyalariga bag‗ishlangan
mavzular yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: