Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94
oila

 
 
 
 
 
 
 



1-MAVZU. OILA VA GENDER SOTSIOLOGIYASI FAN 
SIFATIDA 
 
1. Oila - o‗rta daraja maxsus sotsiologik nazariyalar obyekti sifatida. 
2. Oila va gender sotsiologiyasi fanining obyekti va predmeti. 
3. Oila va gender sotsiologiyasining maqsadi va vazifalari.
4. Oila va gender sotsiologiyasining fan sifatida shakllanishi 
 
Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy 
yo‗nalishlaridan bo‗lib, u nikoh va oilaning paydo bo‗lishi, rivojlanishi 
va vazifalarini bajarishini o‗rganadigan fan. Oila va gender 
sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy munosabatlar turlari, oila va nikohning 
tarkibi, vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut 
sifatida xususiyatlarini, nikoh va ajralishlarni, oilani rejalashtirishga 
ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni oldini 
olishni, oilaning boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa 
sohalari bilan o‗zaro munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining 
tarixiy turlari va shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini 
o‗rganadi.
Oila shakllanishi, uning mustahkamligini ta‘minlanish – zamonaviy 
jamiyatlarning asosiy muammolaridan biridir. Oila, oilaviy va er-xotin 
munosabatlari falsafa, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya, demografiya 
va boshqa ko‗plab fanlarning o‗rganish obyekti bo‗lib kelmoqda. Oila, 
uning shakllanishi va tanazzulga yuz tutishi kabi munosabat nafaqat uning 
sotsial institut sifatida kishilar turmush tarzini belgilab berishi, balki 
avlodning barkamolligi, millat va davlat sog‘lomligi, shuningdek, doimiy 
o‗sib boruvchi sotsial buyurtmadan kelib shakllangandir. Zero, oila 
barqarorligiga tahdidlarning o‗sishini barcha tadqiqotchilar e‘tirof etganlar.
Oilaviy hayotning boshlang‘ich nuqtasi odatda, nikohning tuzilishi 
sanaladi. Ammo, ayol va erkak o‗rtasida rasmiy nikohning mavjudligi 
ularning yaxlit oilaga birikkanligining belgisi emas. Ushbu ikki tushuncha 
o‗rtasidagi farqni anglash nikohning keng tarqalgan qator tavsiflarini ko‗rib 
chiqish zaruriyatidan kelib chiqadi.


10 
Ko‗pchilik faylasuf va sotsiologlarning fikricha, individlararo nikoh 
va oila, ya‘ni, erkak va ayol hamda ularning bolalaridan iborat guruh doim 
mavjud bo‗lgan. Ularning ayrimlari ta‘kidlashicha, bu inson ko‗payishi 
biologiyasi bilan uzviy bog‘liq. Shu bois, ushbu sotsial institut ularning 
primat avlodlaridan meros sifatida o‗tgan. Zero, nikoh va oila biologik 
jarayonlarning mahsuli emas. Insonning biologik yaralishi uchun nikoh 
emas jinsiy aloqa talab etiladi. Nikoh va jinsiy aloqa – turfa tushunchalardir. 
Jinsiy aloqa, bolalarning tug‘ilishi nikohsiz yoki nikohdan tashqarida ham 
sodir bo‗lishi mumkin. Nikoh o‗z ichiga jinsiy aloqalarni qamrab olsa-da, 
ushbu tushuncha bilan uyg‘un mohiyat kasb etmaydi. Nikoh jinslararo 
munosabatlarning sotsial tashkillanishi, deyilsa mubolag‘a bo‗lmaydi. U 
orqali bog‘langan tomonlar tegishli huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Sinfsiz jamiyatlarda nikohsiz (nikohgacha va nikohdan tashqari) 
aloqalar ma‘lum tarzda tartiblangan, o‗zining sotsial chegaralarga ega 
bo‗lgan bo‗lsa-da, nikohiy munosabatlar ham tuzilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2 bo‗limiga ko‗ra, 
―Nikoh – bu erkak va ayol o‗rtasidagi erkin, ixtiyoriy, teng ittifoq bo‗lib, 
oila tuzish va er-xotinning o‗zaro huquq va majburiyatlarni bajarish 
maqsadida tuziladi‖
1

Nikohning muhim belgilardan biri shundaki, u qonun himoyasi va 
homiyligida bo‗lib, er-xotinning o‗zaro va farzandlariga nisbatan 
majburiyatlari hamda shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari (boqish, 
meros va boshqa)ga rioya etilishida yuridik mas‘uliyatni tomonlarga 
yuklaydi.
Shu tariqa, nikoh – bu avvalo, ikki voyaga yetgan kishining o‗zaro 
majburiyatlarini rasmiy tan olinishidir. Ammo, har qanday nikohiy ittifoqni 
oila sifatida qabul qilib bo‗lmaydi. Bunga yaqqol misol tariqasida soxta 
nikohni ko‗rsatish mumkin. Soxta nikoh O‗zbekiston Respublikasi Oila 
Kodeksida «er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadisiz nikohni 
rasmiylashtirishi» sifatida talqin etilgan
2

1
Семейный кодекс Республики Узбекистан / Собрание законодательства Республики Узбекистан, 
2007 г., № 14, ст. 133; 2008 г., № 16. – С. 117. 
2
Ўша жой. 


11 
Demak, nikoh – bu erkak va ayol o‗rtasida tarixiy o‗zgaruvchan 
sotsial munosabat shakli bo‗lib, u orqali jamiyat erkak va ayol o‗rtasidagi 
jinsiy hayotni tartibga soladi va me‘yorlashtiradi. Ularning er-xotinlik va 
ota-onalik huquq va majburiyatlarini o‗rnatadi. Nikoh munosabatlarining 
qadimdan mavjud bo‗lgan axloqiy me‘yorlari diniy va yuridik qoidalar 
bilan mustahkamlanadi. Bu orqali jamiyat va davlat nikohni himoyalaydi 
hamda uni buzuvchilarni qoralaydi.
Oila va nikoh haqida gapirilganda, ushbu tushunchalar turli tarixiy 
davrlarda paydo bo‗lganligini qayd etish shart. Oila, o‗z o‗rnida 
munosabatlarning murakkab tizimi sifatida nafaqat er-xotin, balki, ularning 
bolalari, boshqa qarindoshlar hamda er-xotin uchun yaqin va qadrli bo‗lgan 
insonlarni ham birlashtiradi.
Oilani ilmiy o‗rganishda sotsiologik va ijtimoiy-psixologik bilimlar 
xususiyatlari borasidagi masalalar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Sababi, oila – 
ham sotsial institut ham kichik guruhdir.
3
Sotsiologlar «oilaning maxsus 
sotsiologik nazariya»sini ilgari surasalar
4
, psixologlar esa oiladagi o‗zaro 
munosabatlarga murojaat etadilar
5
.
Oila – bu murkkab sotsiomadaniy hodisadir. U o‗zida inson hayotiy 
faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan unikal va takrorlanmas 
hodisaga aylandi. Oila ijtimoiy hayotda individuallikdan ijtimoiy-
tarixiygacha, moddiylikdan ma‘naviylikkacha bo‗lgan barcha darajadagi 
jarayonlarda ishtirok etadi.
Oila tuzilmasida shartli ravishda bir-biri bilan bog‘liq quyidagi 
munosabatlar turkumlanadi: birinchisi – tabiiy-biologik, ya‘ni jinsiy va qon-
qarindoshlik; ikkinchisi – iqtisodiy, ya‘ni uy xo‗jaligi, ro‗zg‘or, oilaviy mol-
mulk doirasidagi munosabatlar; uchinchisi – ma‘naviy-ruhiy, ahloqiy-
estetik, ya‘ni er-xotinlik va ota-onalik mehr-muhabbat, bolalar tarbiyasi, 
keksa ota-onalar haqida qayg‘urish, xulq-atvorning axloqiy me‘yorlari bilan 
bog‘liq his-tuyg‘ular.
3
Харчев А.Г. Брак и семья в СССР. – М.: Наука, 1979. – С. 34.
4
Тощенко Ж.Т. Социология. Общий курс. 2-е изд. доп. и перераб. – М.: Прометей, Юрайт, 1999. – 
С. 201. 
5
Психология. Словарь. М.: Политиздат, 1990; Левкович В.П. Особенности супружеских 
взаимоотношений в разнонациональных семьях // Психол.журн. 1990. Т. 11. № 2. - С. 25-36; 
Олейник Ю.Н. Исследование уровней совместимости в молодой семье // Психол. журн. 1986. Т. 7. 
№ 2. - С. 59-65. 


12 
Qayd etilgan munosabatlar yig‘indisi oilani maxsus sotsial hodisa 
sifatida shakllantiradi. Zero, erkak va ayol o‗rtasidagi huquqiy jihatdan 
mustahkamlanmagan va umumiy ro‗zg‘or hamda bolalar tarbiyasi bilan 
uyg‘unlashmagan tabiiy yaqinlik oilaga asos bo‗la olmaydi. Bu kabi 
munosabat birgalikda yashash sanaladi, xolos. Yaqin insonlar o‗rtasida 
nikoh-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lanmagan iqtisodiy hamkorlik va 
o‗zaro yordam oilaviy munosabatlarning elementlari sanalmaydi. Bunday 
holatda u rasmiy sherikchilikka aylanadi. Nihoyat erkak va ayol o‗rtasidagi 
ma‘naviy munosabatlardagi uyg‘unlik oilaga xos shaklda rivojlanmasa u 
birgina do‗stlik bilan chegaralanadi.
A.G. Xarchevning fikriga ko‗ra, oila er va xotin o‗rtasidagi tarixiy 
shakllangan o‗zaro munosabatlar tizimi bo‗lib, uning a‘zolari nikoh va 
qarindoshlik rishtalari, umumiy ro‗zg‘or, hissiy bog‘liqlik va o‗zaro ahloqiy 
majburiyatlar bilan bog‘langan.
O‗zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida oilaning yaxlit ta‘rifi 
keltirilmagan. Chunki, «oila» tushunchasini qamrab olinishi va oila a‘zolari 
ro‗yxatini keltirilishi ular huquqlarini paymol etilishiga yoki oila a‘zolari 
doirasini asossiz kengayishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Biroq, «oila» va «oila a‘zolari» tushunchasi O‗zbekiston Respublikasi 
Oila Kodeksida keng qo‗llanilgan. Mazkur Kodeksda ushbu atamalarning 
ta‘rifi oila huquqi nazariyasidan kelib chiqib o‗rnatilgan. Yuridik ma‘noda 
oila nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllar orqali 
bolani tarbiyaga olish orqali bog‘langan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq 
va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasi sifatida ta‘riflanadi. 
Ushbu ta‘rifda birgalikda yashash va umumiy xo‗jalikni yuritish holatlari 
nazarda tutilmagan.
O‗zbek tilining izohli lug‘atida: «Oila – er-xotin, ularning bola-
chaqalari va eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar 
majmui»
6
- deb ta‘riflangan. 
Oila bir vaqtning o‗zida ham sotsial institut va kichik guruh 
ekanligidan kelib chiqib, quyidagi ta‘rifni ilgari suramiz: - «Oila – bu 
6
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ziyouz.com kutubxonasi 


13 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin