Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94
oila

Uilyam Ogbern «o‗zgarib borayotgan oila» (1929) kitobi. 
Bizning asrimizni o‗rtalarida yangi gipotezalarni tekshirishga 
harakat qilindi. Tadqiqotning asosiy yo‗nalishi aniqlandi, shuningdek 
olingan natijalar asosida empirik materiallar yig‘ib borildi. Bu davrda 
miqdoriy usullarning statistikadan foydalanishning ahamiyati o‗sib 
bordi. Sotsial-psixologiyaning rivojlanishi boshlanib, ruhshunoslarning 
ta‘siri ko‗zga tashlana boshlandi va oilaga nisbatan ijtimoiy psixologik 
nuqtai nazar shakllanib bordi.
1945 yil E.Berdjes va X.Lokkning «Oila – institutdan ham 
do‗stlikka» kitobi chop etildi. Chikago maktabining vakillari, oila 
hayotidagi o‗zgarishlar institutlardan, (ya‘ni) (oilaning an‘anaviy 
shaklidan) 
hamdo‗stlikka 
(oilaning 
zamonaviy 
shakli) 
o‗tishi 
munosabati bilan ro‗y berayotganligini isbot qilmoqchi bo‗ldilar. Oila va 
nikoh 
mustahkamligi 
asosan 
er-xotinlarning 
psixologik 
sa‘y-
harakatlariga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, oila ijtimoiy institut 
sifatida o‗zining barcha xususiyatlarini yo‗qotganda, o‗zining xohish va 
ehtiyojlarini amalga oshirish niyatida o‗zaro harakatdagi shaxslarning 
mustaqil uyushmasiga – hamdo‗stlikka aylanganda o‗zgaradi. Berdjess 
va Lokkning bu asari sotsiologik jihatdan sodda bo‗lgan. Lekin oilaning 
o‗zgarishi haqidagi fikrlar boshqa olimlar tomonidan ahamiyatga olinib 
rivojlantirilgan. Bu davrni amerika olimi Kristenen «Paydo bo‗layotgan 
fan davri» deb atadi. Bu paytda oila teoriyasida zarur bo‗lgan masalalar: 
oilaning shakllanishi, er-xotinlarning mosligi, nikoh, qoniqish va uning 
muvaffaqiyati, uning mustahkamligi haqidagi fikrlar juda ko‗p uchradi. 
Olimlar ko‗pgina nazariy konsepsiyalar ishlab chiqdilar. 
XX asrning 2-yarmidan oila sotsiologiyasining rivojlanishida 
«tizimli yondashuv qurilishi davri» deb nomlangan davr boshlandi. 
Aynan shu davrdan boshlab, oila-nikoh munosabatlariga oid ko‗p sonli 
empirik ma‘lumotlar yig‘ishi boshlandi. EXM ning tez suratlarda 
rivojlanishi olingan ma‘lumotlarni yanada chuqurroq va jiddiyroq 
o‗rganishga imkon yaratdi. Bu davrda oila muammosi – oila va nikoh 
barqarorligining buzilishi aktual va muhim masalaga aylandi. Nikoh 


20 
barqarorligining buzilishi jamiyatda o‗z aksini topadi. Natijada oila va 
nikohni tadqiq qilishga ijtimoiy talab ortdi. Avvaliga AQShda, keyin 
Angliya, Avstriyada, Kanadada, Finlyandiyada, Fransiyada va boshqa 
Yevropa davlatlarida kechroq sobiq SSSR va Sharqiy Yevropa 
davlatlarida tadqiqot markazlarining soni ortib bordi. 
Oilaviy 
jarayonlarni 
tahlil 
qilish 
uchun 
zarur 
bo‗lgan 
tushunchalarni tartibga solishga intilish, bu tushunchalar o‗rtasidagi 
bog‘liqlikni aniqlash muhim bo‗lib qolgan. Bu jarayonda amerikalik 
sotsiolog 
Talkott 
Parsonsning 
(1902-1979) 
alohida 
o‗rnini 
ta‘kidlashimiz lozim. 50-yillarda u ma‘lum darajada fanlarning o‗zaro 
ta‘siri uchun ochiq va maxsus masalalarni yechishda yaraydigan 
«ijtimoiy harakat tizimi» ni ishlab chiqish. Bundan tashqari ijtimoiy 
borliqni tushunchaviy, lug‘aviy talqin etishiga imkon yaratdi. Amerika 
oilasini tahlil qilishda T.Parsons madaniy antropologiya va etiografiyada 
keng tarqalgan uslub, ya‘ni - qarindoshlik terminologiyasini o‗rganish 
uslubidan foydalangan. T.Parsons o‗z hamkasblari bilan birgalikda 
jamiyatda er-xotinning rolini aniqlash borasida birinchi bor tadqiqot 
o‗tkazdi. 
Oila sotsiologiyasi bo‗yicha XX asrda chop etilgan barcha 
adabiyotlarni olsak, ularni yarmidan ko‗pi 1955-yildan so‗ng paydo 
bo‗lgan. 50% ga yaqin chop etilgan ishlar nazariya tuzish g‘oyasiga 
ega. Taniqli sovet sotsiologi M.S.Maskovskiy bergan ma‘lumotlariga 
ko‗ra oila sotsiologiyasining rivojlanish davrida 80-yillarning oxiriga 
qadar 3000 dan ortiq shu sohaga oid ishlar chop etishdi. Ammo 
hozirgacha oila va nikoh sotsiologik nazariyasida rivojlanishga ehtiyoj 
sezilib turibdi. Sovet va zamonaviy avtorlarning ishlarida ilmiy tizimga 
murakkab nazariy tushunchalar kiritilgan, oilaga bog‘liq hodisa va 
jarayonlarning tipologiya va klassifikasiyalari yaratilgan. 
Oila sotsiologiyaning nazariy ishlaridagi yutuqlarga turli ilmiy 
sohalarning umumlashuvini dalil qilib ko‗rsatish mumkin: 
- demografiyaning (ayniqsa tug‘ilish va avlod yaratish ancha 
rivojlangan); 
- sotsial-psixologiyaning (oilaviy kelishmovliklarni o‗rganish va 
oila rivojlanish dinamikasi); 


21 
- pedagogikaning (oilaning tarbiyaviy vazifasini o‗rganish); 
- huquqning (nikoh va ajralishlarning hayotiy tomonlarini, oila 
a‘zolarining mavqyeini); 
- iqtisodning (oila byudjeti, oilaning iste‘mol, oilaviy daromad, 
oilaning ishlab chiqish faoliyati); 
- etnografiyaning (turli etnik guruhlardagi oilaning turmushi va 
madaniy xususiyatlari). 
Sobiq SSSR dagi mashhur oila sotsiologlari – A.G.Xarchyov, 
M.S.Maskovskiy, 
N.G.Yurkevich, 
V.A.Susenko, 
A.I.Antonov, 
S.I.Golod, 
N.Ya.Solovyev. 
Sobiq 
sovet 
oila 
sotsiologiyasida 
A.G.Xarchyovning «SSSR da nikoh va oila» va M.S.Maskovskiyning 
«Oila sotsiologiyasi, nazariya, metodologiya va metodika muammolari» 
kabi ishlari katta ahamiyat kasb etgan. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin