Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


tashkillangan sotsial guruh bo„lib, uning a‟zolari umumiy ro„zg‟or



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
oila

tashkillangan sotsial guruh bo„lib, uning a‟zolari umumiy ro„zg‟or, 
nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari, shuningdek, jamiyatning 
jismoniy va ma‟naviy o„z-o„zidan qayta ishlab chiqarilish ehtiyoji bilan 
shartlangan ahloqiy munosabatlar bilan bog‟langan». 
Oila sotsial instituti er-xotin, ota-ona va farzandlararo munosabatlarni 
tartibga soluvchi ma‘lum sotsial me‘yorlar, sanksiyalar, xulq-avtor 
namunalari, huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi. 
Oilaning jamiyatda tutgan o‗rni va rolini boshqa sotsial institutlar 
bilan qiyoslab bo‗lmaydi. Zero, aynan oilada shaxs shaklllanadi va 
rivojlanadi. Bolaning jamiyatga keskin zarbalarsiz moslashishida zaruriy 
sotsial rollar o‗zlashtiriladi. Shu bois, oila tarbiyaning birlamchi instituti 
sanaladi. Inson u bilan aloqani butun umri davomida his etadi.
Aynan oilada inson ma‘naviyatining asoslari quriladi. Xulq-atvor 
me‘yorlari shakllanadi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari 
ochiladi. Oila birgina shaxs shakllanishiga turtki bo‗lib qolmay, insonning 
o‗zligini anglashiga, uning sotsial, ijodiy faolligiga turtki beradi, 
individualligini ko‗rsatadi.
Oila sotsial institut sifatida so‗zsiz, jamiyat ta‘siri ostidadir. Uning 
rivojlanishi, yangilanishi istiqbollari nuqtai nazaridan yosh oila alohida 
sotsial qimmatga ega. Zero, oilaning ushbu turi sotsial-iqtisodiy va 
demografik o‗zgarishlarning muhim omili sifatida xizmat qiladi.
Jamiyatning birlamchi sotsial nuqtasi sifatida oila insoniyatning 
biologik mavjudligi va madaniy an‘analar vorisiyligini ta‘minlaydi. Uning 
ko‗plab funksiyalari, jumladan: reproduktiv, ijtimoiylashuv, iqtisodiy, 
xo‗jalik-ro‗zg‘or, hissiy, jinsiy, birlamchi sotsial nazorat sohasi, bo‗sh vaqt, 
ma‘naviy muloqot va boshqalar bo‗lib, ushbu funksiyalar inson va jamiyat 
hayotini uzviy bog‘liqligini ta‘minlaydi. 
Oilada individ insoniy muloqot me‘yorlari va qoidalarini o‗zlashtiradi. 
Har bir oila millat, din, davlat doirasida o‗z madaniy muhitini yaratadi. Oila 
a‘zolariga o‗zgacha xususiyatlarni taqdim etadi. Oilaga tarkibiga kirish, 
uning a‘zosiga aylanish – bu uning submadaniyatini qabul qilish va 
o‗zlashtirish deganidir
7

7
Социальная работа. – Ростов н/Д: Феникс, 2003. – С. 291. 


14 
Zamonaviy sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda 
oilaning turlicha shakllarini uchratish mumkin: 
- bolalar soni bo‗yicha; farzandsiz, kam farzandli, ko‗p farzandli 
(milliy va madaniy xususiyatlardan kelib chiqib), 
- tarkibiga ko‗ra: to‗liqsiz (ota-onaning biri bilan yashovchilar), 
nuklear-oddiy (ota-ona va bolalar), murakkab (kengaytirilgan, bir necha 
avloddan iborat, ko‗p avlodli), 
- yetakchilik, huquq va majburiyatlar taqsimotining tuzilmasiga ko‗ra: 
egalitar (demokratik), an‘anaviy (avtoritar), 
– geografik belgilariga ko‗ra: shahar, qishloq oilalari, 
- oilaviy hayot tajribasiga ko‗ra: yosh oila, o‗rta yoshli oila, uchinchi 
yoshdagi oila (pensionerlar),
- daromad darajasiga ko‗ra: yuqori daromadli, o‗rtacha ta‘minlangan, 
kam ta‘minlangan, daromad manbai iste‘mol minimumidan oshmaydigan 
(bu kabi oilalar daromadining 85% oziq-ovqatga sarflanadi), 
- oilaviy hayotning o‗ziga xosligiga ko‗ra: talabalar oilasi, masofaviy, 
nikohsiz, 
- bo‗sh vaqtni o‗tkazish bo‗yicha: ochiq, yopiq, 
- ruhiy sog‘liq darajasi bo‗yicha: sog‘lom, nevrotik, viktimogen 
(zo‗ravonlikka moyil) oila. 
Dunyo 
miqyosida 
sodir 
bo‗layotgan 
globallashuv 
va 
modernizasiyalash 
jarayonlari 
oilaning 
individuallashuvi 
va 
avtonomlashuvini o‗sishiga olib keldi. Buning oqibatida ajralishlar soni 
oshadi, tug‘ilish darajasi tushib ketadi, nikohsiz farzandlar tug‘ilishi o‗sadi, 
yolg‘iz insonlar soni oshib boradi. Bularning barchasi xorijlik ko‗plab 
tadqiqotchilarni oila inqirozi, hattoki, uning sotsial institut sifatida 
tanazzulga uchrashi va yo‗q bo‗lib ketishi haqida gapirishlariga turtki berdi.
Ammo, O‗zbekistonda oila 62,2% holatda ustuvor ahamiyatli milliy 
qadriyat sanaladi
8
. O‗zbekiston aholisining har 9/10 oilada istiqomat qiladi. 
Ulardan 35% paritarxal oilalarda yashaydilar. Shu bois, mamlakatimizda 
oilaning yangi shakllari an‘anaviy oilalarning butunlay yo‗qolib ketishiga 
olib kelmaydi. 
8
Социальный портрет узбекистанца. Результаты социологического исследования. – Ташкент: 
Центр «Ижтимоий фикр», 2002. – С. 


15 
Oila insonlarning eng qadimiy birliklaridan biridir. Oila sinflar, 
xalqlar va davlatlardan ancha oldin paydo bo‗lgan. Oilaning ijtimoiy 
muhimligi va unga bo‗lgan qiziqishning so‗nmasligi, avvalo, oilaning 
hayotni – inson zotini ishlab chiqarish, farzandlarni tarbiyalash, inson 
ehtiyojlarini eng qulay shaklda qondirilishiga asoslanadi. Oila nikoh, 
qarindoshlik, ma‘naviy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar asosida 
insonlarni biriktiruvchi jamiyatning kichik bir bo‗lagidir. Oila va 
jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Insonning 
dunyoga kelishi yangi avlodning paydo bo‗lishi – avlodlar almashinuvi 
asosan oilada sodir bo‗ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs 
sifatida shakllanishiga qadar lozim bo‗lgan barcha ta‘lim-tarbiya oila 
muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh urug‘iga, qariyalarga, 
umuman atrof muhitga bo‗lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi. 
Shu bilan birga oila urf-odatlarni, qadriyatlarni avloddan avlodga 
yetkazuvchi sotsial institut hisoblanadi. Oila asosini erkak-ayol 
munosabati emas, balki er bilan xotin, ota-ona bilan bolalar 
munosabatlari ifodalaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
oila taraqqiyotiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Oiladagi ta‘lim tarbiya 
xususiyatlari esa jamiyatda o‗z aksini topadi. Shuning uchun oila va 
jamiyat o‗zaro bog‘liq holda rivojlanadi. Oila jamiyat mahsuli sifatida 
o‗zini tashkil topishi, mavjudligi va rivojlanishi bilan jamiyat oldida 
qarzdordir. 
Oila va gender sotsiologiyasi endi rivojlanib kelayotgan fan bo‗lib 
hozirda rus va chet el olimlarining ushbu soha bo‗yicha nikoh va oila 
munosabatlari haqidagi asarlarida keng ko‗lamda foydalanilmoqda. Oila 
va gender sotsiologiyasining shakllanishi va rivojlanishi turli davlatlarda 
uzoq vaqt va ko‗p qirrali bo‗lgan. U ko‗p, aniq faktlarga asoslangan 
ma‘lumotlarni, oila va nikohga bo‗lgan turli qarashlarni tahlil qilish va 
ularni barcha zamonlardagi mutafakkirlar tomonidan ma‘nosiga 
tushunish kabi bosqichlardan o‗tgan. Oila va gender sotsiologiyasida 
nikoh uchta asosiy yo‗nalish ajratiladi: 
1. Nikoh, oila va gender munosabatlar tarixini o‗rganish; 
2. Oila, nikoh instituti va gender tengsizlikning mavjud holati; 


16 
3. Zamonaviy oila va nikoh hamda gender muvozanatni tahlil 
qilish. 
Tarixiy yo‗nalishda turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda oilani kelib 
chiqishi va rivojlanishi o‗rganiladi. O.Kont fikricha, oila jamiyat va 
individni bog‘lab turuvchi bo‗g‘im sanaladi. Jamiyat va individ o‗rtasida 
turuvchi oila haqiqiy hayotiy birlik sanaladi.
Amerikalik sosiolog X.Kristensen ma‘lumotlariga ko‗ra, oilani 
tizimli o‗rganilishi XIX asrning oxirida boshlangan. Bunga qadar oila va 
nikohga bo‗lgan qarashlarga din, mifologiya, falsafa o‗zining kuchli 
ta‘sirini ko‗rsatgan. Ma‘lumki, Platonning sotsiologik konsepsiyasida 
jamiyatning manfaatlari shaxs manfaatlaridan ustun turadi. «Benuqson, 
yuksak davlat – ayollar va farzandlar birligidir. Har bir nikoh davlatga 
foyda keltirilishi lozim» - deb yozgan Platon. Aristotel tahmin qilishicha 
sog‘ insonning tabiati uning siyosiy tizimga «kirishib ketishi» bilan 
aniqlanadi. Har qanday oila esa davlatni bir qismini tashkil etadi. Ingliz 
faylasufi Tomas Gobbs (1588-1679) ma‘naviy va fuqarolik 
muammolarini 
ishlab 
chiqayotib, 
nikohga 
nopok, 
muqaddas 
tuyg‘ulardan holi bo‗lgan bir narsa deb qarashgan fikrlarni rad etdi. U 
nikohga uning ma‘naviy qadriyatlarini qaytishini xohlardi. XVIII asr 
ma‘rifatparvari, o‗zining alohida demokratizmi bilan ajralib turgan Jan 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin