Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94
oila

 
Axborot manbalari: 
7. http: // gf.nsu. ru/ 
8. http: // www.sociol.com/ 
9. http: // www.nitehwk.com/ alleycat-fag. html 
10. http: // www.sci. econ./ 
11. http: // www.sci. anthropology/ 
12. 
http: // www.sci. environment 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


47 
3-MAVZU. OILA VA NIKOH MUNOSABATLARINING 
AN‟ANAVIY SHAKLLARI 
1. Oila institutining genezisi.
2. Oila va nikoh institutining tarixiy shakllari.
3. An‘anaviy oilaviy xulq-atvor.
4. An‘anaviy nikoh shartlari, nikohning buzilish va mulkiy 
munosabatlar. 
Nikoh xulq-atvori nikohga bo‗lgan ehtiyojni qondirishga 
yo‗naltirilgan xulq atvor bo‗lib, nikoh juftini tanlash bilan bog‘liq 
bo‗lgan xulq atvordir (ya‘ni nikohiy saralash). Nikohiy saralash deb 
nomlanuvchi jarayon natijasida nikoh juftini tanlash mavjud bo‗lgan
nikoh juftligiga nomzodlar orasidan u yoki bu usul orqali yagona sherik 
tanlanadi va bu sherik keyinchalik «er» yoki «xotin» bo‗ladi. Nikoh 
juftini tanlash tarixan konkret jarayon bo‗lib, u jamiyatda mavjud 
bo‗lgan iqtisodiy, ijtimoiy, sotsiomadaniy va boshqa shart-sharoitlarga 
bog‘liq. Nikoh juftini tanlashning asosiy xususiyatlari turli madaniyat va 
tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tanlashning imkoniy makoni 
va individual tanlash erkinligi darajasi bilan bog‘liq.
1) munosabatda, ya‘ni nikoh juftini tanlashdagi imkoniyatlar 
makonini tanlashda barcha madaniyatlar ularda takroriy nikohga ruxsat 
berilish yoki berilmasligi bilan farqlanadi. Agar takroriy nikohlarga 
ruxsat berilsa, imkoniyat makoni juda keng bo‗ladi va o‗z ichiga 
nikohga kirgan va kirmagan insonlarni oladi. Bu yerda ayol yoki 
erkakning doimo nikoh qurish uchun yo‗l ochiq (ular nikohdami yoki 
bo‗ydoqmi buni ahamiyati yo‗q) degan qoida mavjud. Amerika 
sotsiologi B.Farber fikricha, ―har bir inson, nazariy jihatdan qarshi 
jinsdagi barcha shaxslarning potensial nikoh juftidir. Bunda insonning 
oilaviy holatining ahamiyati yo‗q, chunki u keyinchalik tuzilishi 
ehtimoli bo‗lgan keyingi nikohlarining jufti bo‗lishi mumkin‖. Aksincha 
takroriy nikohlarga yo‗l quyilmaydigan madaniyatlarda nikoh juftini 
tanlashdagi imkoniyat makoni tor bo‗ladi va nikohdagilar bularning 
qatoriga kirmaydi. 


48 
2) munosabatda, ya‘ni individual tanlash erkinligi darajasiga ko‗ra 
turli jamiyatlar farqlanadi. Ba‘zi madaniyatlarda faqat ota-ona yoki 
boshqa qarindoshlar ko‗rsatmasigi ko‗ra nikoh juftini tanlash yo‗lga 
qo‗yilgan bo‗lsa, ba‘zilarida «erkin» tanlash oldinda bo‗ladi va uning 
asosiy «agentlari» nikohga kiruvchilarning o‗zi hisoblanadi. Lekin har 
qaysi sharoitda nikohga kirish va nikoh juftini tanlash o‗zboshimchalik 
va beboshlik emas. Ular madaniy, ijtimoiy, psixologik va ba‘zida 
sotsial-biologik omillarning ta‘siriga bo‗ysunadi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin