Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
oila

Er-xotinlik - er va xotinning shaxs sifatida o‗zaro ta‘sirlari 
tizimidir. Nikohda birinchidan, aloqalarning vositalanganligiga urg‘u 
berilsa, ikkinchidan, er va xotin o‗rtasida huquqlar, majburiyatlar
imtiyozlar va javobgarlikning teng taqsimlanishiga e‘tibor beriladi. 
Nikoh barqarorligi masalasida, avvalo, barqaror nikoh timsolining 
shakllanish bosqichlari e‘tiborga molikdir. 
Nikoh to‗g‘risidagi tasavvurlar vaqt o‗tgan sayin rivojlanadi. 
Individ tomondan kerakli bilim va tajribalarning orttirib borilishi, ya‘ni 
sotsiologlar iborasi bilan aytganda, ijtimoiylashuv jarayonida aniq 
mazmun kasb etib boradi. Bu bir qancha bosqichda kechadi: 
-bolalik chog‘ida ota-onaning o‗zaro munosabatlari farzand 
tomonidan hissiy va egosentrik, ya‘ni o‗z shaxsi nuqtai nazaridan qabul 
qilinadi. Ularning xatti-harakatlaridagi bir xillik, qaytariluvchanli, 
takrorlanuvchanlik bolaning ongida mo‗rt tasavvur sifatida saqlanib 
qoladi; 
47
қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Оила кодексига шарҳлар. –Т.: адолат, 2000, 37-бет. 


67 
-o‗smirlik yoshida timsol o‗z ichiga er-xotinlikka berilgan baho, 
ota-onalikka berilgan baho, shuningdek, institusional va norasmiy 
manbalardan olingan ma‘lumotlarni jamlaydi. Tasavvurlar noaniq va 
chalkash bo‗ladi; 
-nikoh oldi yoshida nikohni romantik tasavvur etish hollari 
kuzatiladi. Bunda qadriyatlar ustunida nikoh manzarasi quyidagicha 
bo‗ladi: yuqorida hissiy-emosional qadriyatlar (qarashlar umumiyligi, 
o‗zaro g‘amxo‗rlik, yaqinlik va b.), quyida esa moddiy qadriyatlar 
(moddiy ta‘minlanganlik, shinamlik va b.) joylashadi
48
.
Nikoh to‗g‘risidagi keng va to‗liq tasavvurlar haqqoniy turmush 
sharoitida, asosan nikoh amaliyoti davrida shakllanadi.
Nikoh idealining yuqorida bayon etilgan davr xususiyatlaridan 
tashqari, uning jinslarga ko‗ra xususiyatlari ham namoyon bo‗ladi. 
Nikohning ayollar uchun ideal modeli quyidagi tavsiflarga ega bo‗lgan 
tuzilmalardan iborat:
-institusional (oilaviy osoyishtalik, moddiy ta‘minlanganlik, 
xotinlik burchi, bolalarni tarbiyalash majburiyati);
-turmushga oid (er-xotinning har birining individual intilishlarining 
to‗g‘ri 
anglanishi 
va 
rag‘batlantirilishi, 
er-xotinning 
o‗zaro 
g‘amxo‗rliklari 
va 
do‗stona 
mayllari, 
er-xotin 
o‗rtasidagi 
majburiyatlarning oqilona taqsimlangani); 
-shaxslararo seksual hamohanglik. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin