Reproduktiv
xulq-atvor-oilada
aniq
miqdorda
farzandlar
dunyoga kelishiga qaratilgan harakat va munosabatlar tizimidir.
Tug‘ilish darajasi (u yoki bu hududda,
shaharda,
regionda, mintaqada) demografik ko‗rsatkichlar orqali o‗lchanadi
(tug‘ilishning umumiy va summar koeffisiyenti, tug‘ilishning maxsus
koeffisiyenti).Ularning biri demografik struktura(aholining jinsi ,yoshi,
nikoh holati va boshqa ko‗rsatkichlar), boshqasi reproduktiv xulq-atvor-
70
unga ko‗ra oiladagi farzandlarning o‗rtacha soni yoki ayolning hayoti
davomida ko‗rgan farzandlarining o‗rtacha soni.
Hosildorlik deganda ayol va erkakning farzandlarni dunyoga
keltira olish qobiliyati
nazarda tutiladi.
Tadqiqotlar
ko‗rsatishicha, hosildorlikning nazariy diapozoni keng,u bepushtlik va
35 tagacha tug‘ish oralig‘ini o‗z ichiga oladi. Lekin real voqyelikda
insonning o‗rtacha hosildrligi hayoti davomida 15-16 tug‘ilishdan
oshmaydi.
Bepushtlik-yetuk organizmning farzand ko‗rishga qobiliyatsizligi,
odatda 3 yilgacha
farzand ko‗rmagan (kontrasepsiyasiz ) oilalar
bepusht hisoblanadi.
Bepushtlik-tug‘ilishning mavjud emasligi, ya‘ni infertillikning,
ya‘ni tug‘ish mavjud emasligining omillaridan biri. Infertillik,
shuningdek bola tashlash (abort), butun reproduktiv davrda jinsiy
aloqaning bo‗lmasligi, farzandlarning o‗limi, nikoh juftlarining ba‘zi
omillarga ko‗ra bir-biridan ajralishi natijasi bo‗lishi mumkin.
Reproduktiv jarayon – oilaning yoki individning farzandlar
tug‘ilishi Bilan bog‘liq bo‗lgan hodisa va harakatlar ketma-ketligidir.
Reproduktiv
sikl
–
asosiy
reproduktiv
hodisalarning
takrorlanuvchi ketma-ketligi.
Oila sotsiologiyasi-sotsiologiyaning asosiy yo‗nalishlaridan biri
bo‗lib, bu fan oilani nikoh asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida
muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida
o‗rganilmoqda.
Oila sotsiologiyasining alohida o‗z vazifalari mavjuddir. Ularga
jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning mohiyati va faoliyati o‗zgarib
borishini aniqlash, nikoh va oila evalyusiyasini o‗rganish, oilani tashkil
topishi va taraqqiyoti avlodlarning o‗zaro ta‘sirini aniqlash, oila
tarbiyasi, oilaning reaktiv faoliyatining va oila huquqining ijtimoiy
mohiyatini ochib berish, mehnat taqsimotida oila o‗rnini o‗rganishga
kiradi.
Oila sotsiologiyasi oilaning tabiiy, biologik, nikoh, qarindoshlik,
ma‘naviy iqtisodiy va huquqiy munosabatlar asosida insonlarni
biriktiruvchi eng kichik bir bo‗lagi sifatida o‗rganilar edi, uning jamiyat
71
bilan o‗zaro bog‘ligiga asosiy e‘tiborni qaratadi. Chunki, jamiyat tashkil
topishida uning davomiyligini ta‘minlashda oila ijtimoiy demografik
manba hisoblanadi. Insonning dunyoga kelishi, yangi avlod paydo
bo‗lishi, avlodlar almashinuvi asosan oilada sodir bo‗ladi. Farzand
tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs sifatida shakllangunga qadar lozim
bo‗lgan barcha ta‘lim-tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-ona,
qarindosh urug‘iga, qariyalarga, atrof-muhitga va tabiatga bo‗lgan
munosabatlari dastlab oilada boshlanadi. Shu bilan birga oila urf-
odatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi sotsial institut hisoblanadi.
Oila asosini erkak bilan ayol o‗rtasida nikoh birligi tashkil etadi.
Oila faqat erkak bilan ayol munosabatini emas, balki er bilan xotin, ota-
onalar bilan bolalar munosabatini ifodalaydi.
Oila jamiyat bag‘rida tashkil topadi, taraqqiyo etib borar ekan, o‗zi
ana shu jamiyatning kichik bir bo‗lagi sifatida namoyon bo‗ladi.
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, oila taraqqiyotiga ta‘sir
etadi. Oilada ta‘lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o‗z aksini topadi.
Shuning uchun ham, oila va jamiyat o‗zaro bog‘liq holda taraqqiy etib
rivojlanadi. Oila taraqqiyotini uch yo‗nalishda tanlash maqsadga
muvofiqdir.
1. Oilaning demografik taraqqiyoti
2. Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti.
3. Oilaning iqtisodiy taraqqiyoti.
Oilaning demografik taraqqiyoti deganda oilaning miqdori,
shaklanishi va demografik tarkibi ma‘lum davrlarda o‗zgarib borishi
tushuniladi. Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti esa oila a‘zolarining
ma‘lumotliligi darajasi, ijtimoiy mavqyei salomatligi borasida o‗zgarish
hamda ularning ta‘lim-tarbiya, urf-odat, fan va madaniyat tabiatda va
jamiyatda bo‗lgan munosabatlarini takomillashib borishidir. Oilaning
oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa yashash uchun bo‗lgan
narsalar bilan ta‘minlanishi darajasining o‗zgarib borishi uning iqtisodiy
taraqqiyotini belgilaydi. Ko‗rinib turibdiki, oila o‗z mohiyatin bilan
jamiyat hayotida turli qirralarni aks ettiradi. Shuning uchun ham oila
qator fanlarni o‗rganish mavzusidir. Bularga etnografiya, demografiya,
tarix va sotsiologiya fanlari kiradi, ular oila vazifalarini va taraqqiyot
72
yo‗nalishlarini alohida tomonlarini o‗rganadi. Masalan, iqtisodiyot oilani
jamiyat taraqqiyotida iste‘molchi guruh sifatida o‗rgansa, etnografiya
oiladagi urf-odat, qadriyatlarni etnik ko‗lamda o‗rganadi, demografiya
esa asosiy e‘tiborini oilaning eng muhim vazifasi bo‗lishi avlod
davomiyligini ta‘minlashga qaratadi. Oila paydo bo‗lganidan to hozirgi
davrlarga qadar uning turlari va ijtimoiy-demografik tarkibi muntazam
o‗zgarib bormoqda. Oila turlari va tarkibida sodir bo‗lgan o‗zgarishlar
va ularga ta‘sir etuvchi omillarni jamiyat taraqqiyotinng har bir
bosqichlari uchun alohida o‗rganish ham oila sotsiologiyasini asosiy
yo‗nalishlaridan biri oilaning mohiyati va faoliyatini o‗rganishdir. Oila
mohiyati uchun faoliyati, ya‘ni u bajarayotgan vazifalar bilan
belgilangan. Oilaning eng muhim vazifasi - bu farzandlarning tuilishi,
ya‘ni jamiyat davomiyligini ta‘minlovchi yangi avlod yaratishdir. Oila
bugungi shaklida oila a‘zolari bir-birlari bilan umumiy turmush,
iqtisodiy-mulkiy, ma‘naviy-mulkiy, psixologik munosabatlar, o‗zaro
javobgarlik his-tuyg‘ulari bilan bog‘lanib turadilar. Oilada har bir oila
a‘zolarining o‗z ijtimoiy o‗rni bordir. Oila paydo bo‗lib to tugagunga
qadar bir qancha bosqichlarda o‗tadi. Ular oilaning tashkil topishi
(nikohga kirish) birinchi farzandi tug‘ilishi (farzand ko‗rish faoliyatining
boshlanishi) oxirgi farzand tug‘ilishi, oxirgi farzandning oilada bo‗lishi,
oilasini tashkil etgan er yoki xotinning dunyodan ko‗z yumushi.
Yuqorida keltiradigan jarayonlar oilaning hayoti davrlari bo‗lib, oila
davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi.
Ushbu davrlarning har biri o‗ziga xos xususiyatlari ijtimoiy-
iqtisodiy muammolari mavjuddir. Oila tarbiyasi masalalarini o‗rganish
ham oila sotsiologiyasidan keng o‗rin olgandir. Oila tarbiyai oilada ota-
onalar, katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash bo‗lib, yosh
avlodni har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Oila
tarbiyasida oilaviy tartib, oila a‘zolarining bir-biriga munosabati, ota-
ona va katta kishilarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila
byudjeti asosiy omil hisoblanadi.
Bolaning garmonik tarbiyasini oilaviy tarbiyasiz amalga oshirish
mumkin emas. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan birga qo‗shib olib
73
borilishi va u bilan mustahkamlanishi lozim, tarbiyaning har ikki
shaklini bir-biriga qarama-qarshi qo‗yish aslo mumkin emas.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham oila erki,
er-xotin munosabati, xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‗rni, uning
xonadondagi mavqeyi masalalari turli o‗rinlarda har xil munosabatlar
bilan maxsus qayd etilgan. Izohlangan «Avesto» ning juda ko‗p
o‗rinlarida bevosita ayollar madhini uchratamiz. Jumladan: «Biz
ayollarni hamisha hurmat qilganmiz» deyiladi. Zardusht bo‗lsa «Ayol
huquqini taxqir etmoq yomon amaldir, u nodonlik belgisidir» deydi.
Yashtlarda yana o‗qiymiz: «O‗g‘il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilm-u
donish o‗rganishga kirishsinlar. Zeroki, ular ota-ona manzilida bo‗lgan
vaqtlarida ota xonadonini tartibga solib, ziynat berib yursalar, jufti xaloli
manziliga borgach, bola tarbiyasi, kelajak nasli ta‘limi bilan mashxur
bo‗lmoqlari lozim bo‗ladi». Avestoda oila butunligini saqlash nikoh
tartiblari, er-xotinning majburiyati, nikohni bekor qilinishi sababi va
shartlari xiyla batafsil bayon etilgan. Uylantirmoqchi, oila qurmoqchi
bo‗lgan har bir kishiga yo‗l ko‗rsatmoq va moddiy yordam ham
mazxablarning vazifasidir.
Zardusht deydi: «Ey oila qurayotganlar, ya‘ni yigit, qizlar, Sizlarni
ogohlantirib shuni aytmoqchimanki, har biringiz pokiza hayot yo‗lida
g‘ayrat qilingiz». Avestoda oila qurish jufti-xalol tanlashda shoshma-
shosharlikka yo‗l qo‗ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish
xususida ham diqqatga molik mulohazalar mavjud. Yaxshi bilan
yomonni fikrlarshga diqqat qiling. Xullas, zardushtiylik dinning
muqaddas kitobi «Avesto»da ajdodlarimizning oila va xotin-qizlarni
mukarram tutish haqida peshqadam fikrlarni o‗z ifodasini topgan. Eng
muhim zardushtiylik e‘tiqodidagi bobolarimiz oilani jamiyatning
muqaddas bo‗lgan bo‗lagi deb bilib, uning rivoji, ravnaqi,
mustahkamligi uchun tizimlarning o‗rganish sotsiologiyani maxsus
yo‗nalishlari hisoblanadi. Sotsial institut nizom, qoidalar yoki ularni
to‗plashni, mahkama, muassasalarni bildiradi.
Sotsial institutlari ijtimoiy hayotni tashkil etishning idora etishning
(boshqarishning regulyasiya qilishning) barqaror shakllarini o‗rgatuvchi
sohadir. Sotsial institut qisqacha ta‘rifda, odamlar sotsial tashkillashgan
74
va regulyasiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Sotsial institlar xatti-
harakatini nisbatan barqaror shakllar namunalarini avloddan-avlodga
o‗tuvchi an‘analar, odatlarni qayta takror xosil qilishini ham ta‘minlaydi.
Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy, huquqiy va xalqaro sohalarga
xos bo‗lgan sotsial institutlarini ajratib ko‗rsatish mumkin. siyosiy
institutlar muayyan hokimiyatni mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa
moddiy ne‘matlarini ishlab chiqarishning taqsimlanishini ta‘minlaydi.
Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati
(ota-onalar va bolalar o‗rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy
normalar bilan belgilanadi.
Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar
(maorif, sog‘liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan
institutlar) amal qilinadi.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗ladi. Bu
o‗zaro ta‘sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida
ham bo‗lishi mumkin. Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial
institularning quyidagi ko‗rinishlarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
1. Relesion institutlari-bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb
mashg‘ulot turi va qobiliyati mezonlariga asoslanib jamiyatning roliga
oid tarkibini aniqlab beradi.
2. Reguliativ (idora etish) sotsial institutlar. Bu institutlar shaxsiy
maqsadlarining jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda
amalga oshirish chegaralarini va bu chegaralardan chiqib kelganda
qo‗llaniladigan sanksiyalar belgilab turadi.
3. Integrativ (uyg‘unlashuvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir
butun tuzimga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas‘ul bo‗lgan sotsial
rolni ifodalaydi...
4. An‘anaviy sotsial institut. Bu institutlar odat, marosimlar (norma
bilan bog‘liqdir) va qarindosh-urug‘chilik tomonidan qat‘iy belgilangan
norma bilan bog‘liqdir.
5. Madaniy sotsial institutlar. Din, san‘at, adabiyot bilan bog‘liq.
Hozirgi zamon sivilizasiya tomon qadam tashlayotgan mustaqil
mamlakatimizda yangi makonga monand bo‗lgan sotsial institutlar
shakllanishi jarayoni ro‗y bermoqda. Bular iqtisodiy sohada demokratik
75
hokimiyatning
turli
bo‗g‘inlari
faoliyatini ta‘mirlovchi sotsial
institutlardir. Demokratik tamoyillar, qadiriyatlar va institutlar
hayotimizning barcha sohalariga tobora ko‗proq kirib bormoqda.
O‗zbekistonning va mintaqaning mavjud sharoitlaridan o‗z mazmuniga
ega bo‗lmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy sohasida demokratik
institutlarni shakllantirish siyosiy tizimidan isloh qilishiga va ijtimoiy
hayotni demokratiyalash jarayonlariga jo‗shqinlik baxsh etishga
qaratilgandir. Ya‘ni, muhimi-bu ish islohotlarning olg‘a bosishga
yo‗naltirilganligidir. Birinchi navbatda, jamiyatda mavjud manfaatlari va
munosabatlarining mujassam holda ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy institut
bo‗lmog‘i lozim bo‗lgan demokratik, huquqiy davlatning qaror topishi
jarayonining ko‗rsatib o‗tish darkor.
Revolyusiyadan oldin hozirgi O‗zbekiston hududi Rossiya
imperiyasidan ham ham iqtisodiy, ham madaniy tomondan orqada
qolgan edi. O‗rta Osiyo xalqlari oilalarini o‗rganayotgan tadqiqotchilar
rivojlanish jarayonida bir-birini o‗rnini olgan oilaning ikki turi (2 fazosi)
ga duch keladilar.
1. Katta patriarxal oila.
2. Kichik individual oila.
Oktabr revolyusiyasiga qadar o‗zbek aholisi uchun katta oilalar
xarakterli edi. Aholi ko‗pincha qadimdan mavjud bo‗lgan katta
bo‗linmagan oilada yashardi. XIX asr ikkinchi yarmida katta patriarxal
oila sekin-sekin bo‗linib, oilaning oraliq varianti yuzaga kela boshladi.
Katta patriarxal oilaga kiruvchi insonlarning soni kamayib, XX asrning
boshida bu son 10-12 kishini tashkil qilardi. Ba‘zi oilalar esa bir necha
o‗nlab, ba‘zida 60-70 kishigacha tashkil topgan edi. Bu oilalar o‗z ichiga
bir necha avlodning nikoh juftlarini olgan edi: ota-ona, ularning
uylangan o‗g‘li, kabilar.
XX asrning boshi uchun 3 emas balki 2 avlod nikoh juftlari: ota-
ona va ularning uylangan o‗g‘illari yashashi xarakterli edi. Bo‗linmagan
murakkab katta oilaning iqtisodiy asosi bo‗lib, otaning qo‗lida saqlanib
qolgan yer va boshqa ishlab chiqarish vositalari xizmat qiladi. O‗rta
Osiyoning
Rossiyaga
qo‗shib
olinishi
davrida
tovar
pul
munosabatlarining rivojlanishi va o‗zbek xalqi xayotiga kapitalizm
76
elementlarining kirib kelinishi, shuningdek ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi katta, murakkab bo‗linmagan oila turining buzilish
jarayonining tezlashishiga olib keladi. Aka-ukalar otasining o‗limidan
so‗ng alohida yashashni boshlashadi. An‘ana va odatga ko‗ra kichik
o‗g‘il butun umr ota-ona bilan yashashi, otaning o‗limidan so‗ng uy va
xo‗jalikni meros qilib olishi kerak edi. Katta bo‗lmagan oilalar bilan
birga o‗sha paytda o‗zbeklarda individual kichik oila mavjud bo‗lgan.
Ular er-xotin va ularning voyaga yetmagan o‗g‘li, farzandlaridan tashkil
topgan. Kichik oilalar 2 xil tashkil topgan:
1. Katta oilaning bo‗linishi.
2. Nikoh juftining to‗ydan keyin alohida yashashni boshlagan.
Keyinchalik bu kichik oilalar bari bir bo‗linmagan murakkab
oilalarga aylangan, ya‘ni farzandlar uylanib, ota-onalar bilan
yashayvergan. Revolyusiyadan oldingi O‗zbekistonda oilalar islom dini
asosida qurilgan bo‗lib, islom va shariat bo‗yicha er doimo oila boshlig‘i
hisoblangan. Ayollar hali o‗ziga xos o‗rinni egallashgan: ona yuqori
pog‘onada, uy yumushlarining katta qismini bajaruvchi kishilar esa quyi
pog‘onada turadi. Otaga qarshi gapirish, u bilan bahslashish mumkin
emas edi. Ota o‗g‘liga o‗zi kelin tanlar, hatto alohida yashaganholda
ham o‗g‘illar ota yo‗lidan chiqmas edilar. O‗g‘il, qiz va xotin uchun
otaning noroziligi eng katta baxtsizlik hisoblangan. XIX asrning oxiri va
XX asrning boshida o‗zbek oilalariga xos xususiyatlaridan biri din va
shariat tomonidan ruxsat berilgan ko‗p xotinlik edi. Ko‗p xotinlilik
iqtisodiy imkoniyatlarga bog‘liq bo‗lganligi uchun ommaviy tus
olmagan edi. U asosan o‗ziga to‗q oilalarda uchrar edi. Bu holda erning
katta xotini oilada uyning xo‗jayini hisoblangan va u kichik xotinlarning
yumushlariga rahbarlik qilgan. Revolyusiyaga qadar nikoh yoshi juda
kichik bo‗lganligi bilan xarakterlanadi. Nikoh uchun qizlar yoshi 13-14
yosh, erkaklar uchun 15-17 yosh odatiy hol bo‗lgan. Ba‘zi hollarda
qizlarni 9-11 yoshda turmushga berishgan. Chunki shariat bo‗yicha
qizlar 9, bolalar esa 12 yoshda voyaga yetgan deb hisoblangan. O‗g‘il
bolalarning yosh uylanishi boy, o‗ziga to‗q oilalarga mos edi.
Kambag‘al oilalarning bolalari 30-40 yoshda uylanishar edi. Erkakning
23-24 yoshida bo‗ydoq bo‗lishi uning kambag‘alligidan dalolat berar
77
edi. Kech turmush qurishning asosiy sababi qalin puli edi. qalin miqdori
kelin va kuyovning mulkiy holatiga bog‘liq edi. Boy oilaning qizi uchun
qalin kambag‘al oilaning qiziga nisbatan ancha ko‗p to‗lanar edi.
Chorvachilik rivojlangan hududlarda qalin chorva orqali, shaharlarda esa
kiyim-kechak, to‗y harakatlari, uy yoki naqd pul bilan to‗lanar edi. Ba‘zi
hollarda 2 oila qizlari bilan almashib qalindan qutular edi. Sevgi orqali
tuzilgan nikohlar juda kam bo‗lar edi. Bunday nikohlar ko‗pincha, yosh
beva ayollar va ajrashganlar orasida uchrar edi. Uylanmagan yigitlar va
qizlar bo‗lajak turmush o‗rtog‘ini tanlash huquqidan mahrum edilar.
Ular ota-onalarining hohishi bilan turmush qurganlar. Turkiston
o‗lkasida shariat bo‗yicha ajrashish faqat erkakning qo‗lida edi. Erkaklar
o‗zi xohlagan vaqtda hech qanday rasmiyatchiliksiz ajralish huquqiga
ega edi.
Turkistonda oila-nikoh munosabatlariga avlodlar shajaralarning
urf-odatlari ta‘sir qilgan edi. Aholi o‗rtasida xo‗ja, fuqaro, said kabi
zotlarga bo‗linishlar bo‗lib, fuqarolar fuqarolar bilan, xo‗jalar xo‗jalar
bilan, said saidlar bilan quda bo‗lishi mumkin edi. Vaqt o‗tishi bilan va
jamiyatda turli o‗zgarishlar ro‗y berishi bilan oila-nikoh munosabatlari
o‗zgacha tus oladi. Hozirda O‗zbekistonda nikohning asosiy shakli
nuklear oila hisoblangan, lekin hozirgi vaqtda ham O‗zbekistonda
boshqa hududlarga nisbatan murakkab oilalar salmog‘iga ko‗plikni
tashkil etgan. Shahar va qishloq oilalari oila a‘zolari miqdoriga ko‗ra
ham farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |