Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


oilaviy hayot haqidagi tasavvurlaridir



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
oila

oilaviy hayot haqidagi tasavvurlaridir. Bu tasavvurlarning qanchalik 
real hayotga yaqin bo‗lishi oila mustahkamligining muhim garovidir. 
Lekin, hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari 
reallikka mos kelavermaydi. 
1
қаранг: Оила психологияси, 109-110 бетлар. 


63 
Albatta, hayotni butun borlig‘icha tasavvur qilish kattalarning ham 
qo‗lidan kelmaydi. Ko‗pincha shunday bo‗ladiki, yoshlar o‗zlarining 
to‗liq bo‗lmagan, haqiqatdan yiroq tasavvurlarini reallikka aylantiraman 
deb, ularni o‗z turmush o‗rtoqlariga ham uqtirishga urinadilar. Bu esa 
asta-sekin turmush nizolari uchun zamin hozirlaydi. Darhaqiqat, 
yoshlarimiz muhabbat, hayot, nikoh va oila masalalarida ko‗pincha hind 
kinofilmlaridagidek ertaknamo tasavvurlarda bo‗ladilar. Shuning uchun 
oilaviy tarbiyada, ta‘lim-tarbiya jarayonida, ommaviy axborot 
vositalarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga jiddiy 
yondoshish talab etiladi.
Ko‗pchilik yoshlar, ayniqsa baxtli oilalarda ulg‘aygan yoshlar 
aksariyat hollarda o‗z bo‗lajak oilaviy hayotlari uchun o‗z ota-onasi 
oilasini ideal qilib oladilar. Aslida bolalar ota-onalari turmushining faqat 
yaxshi, tinch-totuv jihatlaridangina xabardor bo‗ladilar. Shunday oila 
qurishni tasavvur qilgan yoshlarimiz, oila qurganlaridan so‗ng o‗zlari 
kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki eng nozik, 
murakkab, qiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, rollarga 
moslashish, bir-birlariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan 
kiyinchiliklar, to‗siqlar, muammolar oldida esankirab qolishlari 
mumkin
1

Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayotni 
imkon qadar to‗laligicha tushuntirish, bunda oiladagi katta avlodning 
hayot yo‗li saboqlaridan unumli foydalanish zarur.
Ma‘lumki, mamlakatimizda o‗smir va qizlarning nikoh oldi xatti-
harakatlari muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar hali juda oz. 
Umuman, nikoh oldi xatti-harakatlarining ba‘zilari o‗zbek sotsiologlari 
tomonidan nomlanmagan ham. Shu vaqtning o‗zida boshqa mamlakatlar 
etnografik va sotsiologik adabiyotlarda nikoholdi xatti-harakatlarining 
paydo bo‗lish vaqti va uning rivojlanish bosqichlarini aniqlash bo‗yicha 
talaygina ishlar qilingan. Masalan, xorijiy adabiyotlarda ―flirt‖ deb, 
rusiyzabon adabiyotlarda ―uxajivaniye‖ deb nomlanadigan jarayon ilmiy 
tadqiqotlarimizda deyarli uchramaydi. Bu jarayon oddiy xalq tilida 
―O‗g‘lim (qizim) falon qiz (yigit) bilan yurar ekan‖ qabilidagi iboralar 
1
қаранг: Ўша жойда, 113-бет. 


64 
bilan ifodalanadi. Albatta, xalqimizda nikoh oldi xatti-harakatlari
maqbul deb hisoblanmaydi va bu xatti-harakatlar nazorat ostiga olingan. 
Lekin, bu bilan ushbu sohadagi muammolar hal bo‗lmasligi aniq.
Asrlar davomida o‗zbek xalqida qishloq va shaharlarda sovchilik 
asosida turmush qurish an‘anasi amal qilib kelgan. Ota-onaning ixtiyori 
bolalar uchun ularning istaklariga qarshi bo‗lsa ham, qonun hisoblanar 
edi. Asrlar davomida nikoh patriarxal qadriyatlar, iqtisodiy hisob-kitob 
va yaqin atrofdagi o‗z ijtimoiy muhiti tomonidan ma‘qullanishga 
asoslangan. 
Keyingi davrda, garchi sovchilik intituti amal qilsada, yangi 
nikoholdi odatlari paydo bo‗lmoqda. Albatta, yoshlarning o‗zaro 
tanishishlarida ko‗ngilochar muassasalarning ko‗payganligi sabab 
bo‗lmoqda. Lekin, eng asosiysi, yoshlarning shaxsiy moyilliklari ham 
inobatga olina boshlandi.
Mustaqillik turmush munosabatlarining har tomonlama qayta 
shakllantirilishiga zamin yaratdi. Biroq, oilaviy munosabatlarda 
an‘analar va ommaviy ongda yashab kelayotgan stereotiplar yashovchan 
hodisalar ekanliklarini ham hisobga olish zarur. Nima bo‗lganda ham, 
yoshlarning o‗zaro munosabatlaridagi sevgi omili nikohni amalga 
oshirishga olib keluvchi muhim omillardan biriga aylayotganligi 
qimmatlidir.
Turli tarixiy-madaniy hududlarning qiyosiy tahlili sotsiolog va 
etnograflarni nikoh oldi huquqining o‗zgarayotganligi to‗g‘risida xulosa 
chiqarishga olib keladi. Yevropa xalqlarining aksariyatida yoshlarning 
munosabatlarida sevgining yaqin o‗tmishdagiga nisbatan kuchli tarzda 
erkinlashgani qayd etilgan.
Xalqimizda esa hozirgacha nikoholdi xatti-harakati me‘yorlari 
nihoyatda qat‘iy, chegaralangan mazmunga ega. Bunda nikoh bilan 
tugallanmagan 
nikoholdi 
xatti-harakatlari 
qarindoshlar 
uchun 
hurmatsizlik sifatida baholanishi mumkin. 
Umuman olganda, yoshlarning nikoh oldi xatti-harakatlari 
muhabbat va turmush o‗rtog‘ini izlash, vaqtichog‘likka urinish, hissiy 
aloqa o‗rnatish istagi va qiziqish kabi motivlarga ega bo‗lgan xulq-
atvordir. Bu xatti-harakat ijtimoiy, milliy, hududiy jihatdan qat‘iy nazar, 


65 
kuchli 
nazoratdan 
chiqib, 
o‗zaro 
qadrlanadigan 
shaxslararo 
munosabatlarga aylanib bormoqda. Bunda nikohga urg‘u berishga 
nisbatan ham sevgiga urg‘u berish tendensiyasi kuzatilmoqda. Albatta, 
bunda boshqa motivlarga ham ahamiyat berilishi mumkin. Bir qarashda 
paradoks holati yuzaga kelmoqda: tanishish imkoniyatlari va nikoholdi 
xatti-harakatlar motivlari ko‗paymoqda, biroq nikoh uchun tanlash 
jarayoni 
murakkablashmoqda. 
Bunda, 
fikrimizcha, 
shaxs 
individuallashuvi jarayonida erkak va ayollarning bir-biriga bo‗lgan 
talablari ham ortib, turmush o‗rtog‘ini izchilroq tanlash imkoniyati 
yaratilayotganligi yaqqolroq ko‗zga tashlanmoqda. 
Shu o‗rinda aytib o‗tish zarurki, «turmush o‗rtog‘ini izlash» va 
«sevgilisini izlash» o‗rtasida farq mavjud. Hozirgi ko‗pchilik 
yoshlarning ota-onalari sovchilar yordamida turmush qurishgan. Bunda 
nikoh motivi sevgi motividan ustun kelgan. Boshqacha aytganda, ular 
to‗ydan keyin sevishib ketishgan, ya‘ni turmush o‗rtog‘i sevikli yor 
o‗rniga o‗tgan. Endilikda bu otna-onalar o‗z farzandlariga ham shunday 
taqdirni ravo ko‗rishlari tabiiy. Ammo yoshlarda endilikda sevgi motivi 
va nikoh motivi o‗rtasida farqlanish paydo bo‗lmoqda. Shuning uchun 
ham sovchilik yordamida ular hamisha ham asl turmush o‗rtoqlarini 
(buni «sevikli yor + er(xotin) q nikoh» formulasi bilan ifodalash 
mumkin) topa oladilar, deb aytish qiyin. Ayrim hollarda yoshlar hayotda 
boshqa, orzu-armonida boshqa bo‗lgan kimsa bilan hayot quradilar. 
Bunda mashhur bir qo‗shiqda kuylanganidek, «qo‗ynimda bir yoru, 
ko‗nglimda bir yor» holati paydo bo‗ladi. 
Ayrim mutaxassislarning fikricha, yomon turar-joy sharoitlari va 
ularning oqibatlari (turli kasalliklar va b.), shuningdek, nihoyatda past 
darajadagi daromadlar er-xotin munosabatlarining yomonlashuviga va 
ajralishlarga olib keluvchi omil bo‗lib xizmat qiladi
Mustaqillik davrida ijtimoiy xizmat sohasini sifat jihatdan 
takomillashtirish, moddiy ta‘minlanganlikning yaxshilanishi, turar joy 
bilan ta‘minlashdagi o‗zgarishlar, bog‘cha va boshqa maktabgacha 
yoshdagi bolalar muassasalari miqdorining ko‗payish, so‗zsizki, oilaviy 
munosabatlarga ijobiy ta‘sir etadi. Lekin bu jarayonlar mavjud 
muammolarni o‗z-o‗zidan hal etmaydi. Haqiqatda ham, turar joy fondi 


66 
nisbatan o‗smoqda, maktabgacha tarbiya muassasalari ko‗paymoqda, 
biroq shu bilan birgalikda ajralishlarning miqdori ham oshmoqda. Turar 
joy shinamligi, moddiy ta‘minlashning belgilangan darajasi, ijtimoiy 
xizmatning yuqori sifati, turmushning sanoatlashuvi, ayollarni ijtimoiy 
ishlab chiqarishda rasional band qilish kabilar turmush barqarorligining 
zaruriy, biroq eng asosiy bo‗lmagan omillaridir. Aynan shu sababli, 
nizolarni bartaraf etish bo‗yicha taklif etilayotgan bir qator vositalar oila 
ichidagi munosabatlarning mohiyatiga bevosita ta‘sir etmayapti. 
Beixtiyor «barqarorlik» muammosining ajralishlarni «minimallashtirish» 
muammosi bilan almashtirilishi yuz beradi. 
Ko‗pchilik tadqiqotchilar «nikoh» va «er-xotinlik» tushunchalarini 
o‗zaro tenglashtirishga, ya‘ni bir xil deb qabul qilishga moyil bo‗lishadi. 
Bu noto‗g‘ri.
Nikoh - bu er va xotinning bir-birlariga va bolalariga nisbatan 
ijtimoiy ruxsat etilgan va diniy, ma‘naviy hamda huquqiy me‘yorlar 
yordamida boshqariladigan huquq va majburiyatlarini belgilovchi 
munosabatlarning tarixiy shaklidir
47


Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin