Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
oila

Erkaklarda ideal kamroq darajada tasavvur etiladi. Bunda 
institusional tuzilma to‗liq takrorlanadi, turmushga oid struktura ikkita 
ko‗rsatkichga ega - do‗stona mayl va majburiyatlarning oqilona 
taqsimlangani bilan ifodalanadi, shaxslararo tuzilma esa mavjud 
bo‗lmaydi
49

Demak, nikoh ideali ayollar va erkaklarda o‗zaro farqli bo‗ladi. 
Avvalo, shuni ta‘kidlash zarurki, uzoq davom etmagan nikoh amaliyoti 
davrida nikoh timsoli noaniq bo‗ladi. Kam muddatli nikoh stajiga ega 
bo‗lgan erkaklar nikohni sevgi bilan tenglashtirishadi, sevgini esa «ruh 
48
қаранг: Антонов А. И., Медков В. М. Социология семьи. –М.: Изд-во МГУ, 1996, с. 150-159. 
49
қаранг: Шоумаров Ғ. Б., Шоумарова Ш. Б. Муҳаббат ва оила. –Т.: Ибн Сино номли нашриѐт, 
1994, 58-76 бетлар. 


68 
va jism» birligi deb qabul qilishadi. Yosh ayollar romantika sohasida 
yosh erkaklardan qolishmasalarda, ularda sevgi jismoniy ishtiyoq bilan 
bevosita bog‘lanmaydi.
Oilaviy hayotning dastlabki davrida timsol yangicha haqiqatga 
o‗tadi. Keyinchalik, tasavvurlar o‗z ichiga institusional, turmushga oid 
va shaxslararo komponentlarni olib hamohanglashadi. Bunda er-xotinlik 
qadriyatlariga urg‘u beriladi. Nikohdan qoniqmaslik bolajonlikning 
ideallashtirilishiga olib keladi, er-xotinlar nizoli vaziyatdan chiqishni 
farzandlar oldidagi burchni bajarish bilan bog‘laydilar. Bu ayniqsa 
o‗zbek oilalariga xosdir. 
Nikoh 
to‗g‘risidagi 
tasavvurlar 
oilada 
shakllanayotgan 
munosabatlarga bog‘liqdir. Turmushdagi o‗zaro ta‘sirlar mobaynida er 
va xotin o‗z modellarini amalga oshirishga harakat qilishadi, biroq 
bunda bir qator muammolarga, ya‘ni moddiy, emosional-ruhiy va 
seksual qiyinchiliklarga uchraydilar. Nikohdan subyektiv qoniqqanlik 
ko‗p jihatdan o‗z qadriyat va talablarini turmush o‗rtog‘ining shu kabi 
tushunchalarni 
anglashini 
va 
ular 
bilan 
moslashishini 
istash 
imkoniyatlariga bog‘liq bo‗ladi. Shuning bilan birgalikda, er-
xotinlarning har birining individual qadriyatlari, ehtiyojlari va 
qiziqishlarini amalga oshirish ham muhimdir. 
Tadqiqotlar ko‗rsatishicha, ayollarda nikohdan qoniqqanlik 
birinchi navbatda er bilan psixologik va ruhiy moslik natijasida yuzaga 
keladi. Keyingi o‗rinda individual (shaxsiy) ehtiyojlarning qondirilishi, 
er tomondan xotinning qarindoshlariga nisbatan aniq munosabatlar, 
kundalik turmushdagi moslashish turadi.
Har bir juftlik bu borada o‗zlarining ma‘lumotlilik darajalari, 
madaniy qadriyatlaridan kelib chiqqan holda shaxsiy mezonlarini ishlab 
chiqishadi. Oilaning turli bosqichlarida kundalik turmushdagi va 
psixologik moslik turlicha ahamiyatga ega bo‗ladi. Ular birinchi 
bosqichda 
norasmiy 
munosabatlardan 
institusionallashgan 
munosabatlarga o‗tishda alohida o‗ringa ega bo‗lishadi. Keyinchalik bu 
tomonlar ayollar uchun zaruriy bo‗lib qolsada, ular keyingi holatda 
bo‗ladi va faqatgina turmush qiyin kechayotgandagina o‗z dolzarbligini 
qayta kasb etadi. Demak, turmush ittifoqining dastlabki bosqichida 


69 
ayollarda qoniqqanlik, avvalo, taranglikning bo‗lmasligi asosida 
shakllansa, 
keyingi 
yillarga 
o‗tib, qoniqqanlik avvalo ichki 
qadriyatlarning hamohangligiga bog‘liq bo‗ladi. 
Erkaklardagi nikohdan qoniqqanlik, aniqlanishicha, turmush 
o‗rtog‘i bilan bo‗lgan psixologik moslik va uning seksual namoyon 
etilishiga bog‘liq. 
Erkak va ayollarda o‗zaro qoniqish hosil qilingan munosabatlar 
psixologik, ruhiy va seksual moslik; er-xotinning o‗ziga xosliklarini 
rag‘batlantirish va o‗zaro yoqtirish tufayli shakllanadi. Demak, 
qadriyatlarning 
moslashtirilishi 
natijasida 
individual 
oilaning 
belgilangan rivojlanish bosqichida zarur bo‗lgan moslashish o‗choqlari 
tanlanib, yo‗naltirib turiladi. Agar dastlabki bosqichlarda asosiy o‗rinni 
moslashish elementlari egallashsa, keyingilarida shaxs va o‗z-o‗zini 
isbotlash imkoniyatlari qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xulosalar: 
1. Nikoholdi munosabatlari o‗zbek xalqi ma‘naviyatida muhim 
ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega xodisadir.
2. Nikoholdi munosabatlar qat‘iy me‘yorlashtirilgan tamoyillar 
doirasida amalga oshiriladi. 
3. Ijtimoiy ong taraqqiyoti amaldagi nikoholdi munosabatlar 
tizimining zamondan ortda qolayotganligini ko‗rsatmoqda. 
4. Amaldagi nikoholdi munosabatlar holatidan erkak tomon 
umumiy qoniqish darajasida ekanligi aniqlandi. 
5. Sotsiologik so‗rov natijalariga ko‗ra nikoholdi munosabatlar qiz 
tomonni yetarli darajada qoniqtirmasligi, ularda o‗zaro munosabatlarni 
«tanishish» bosqichidan «do‗stlashish» darajasiga ko‗tarishga moyillik 
mavjudligi aniqlandi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin