80
Asosiy adabiyotlar:
1. Antonov A.I. Sotsiologiya semi. Uchebnik. – Moskva: INFRA-M,
2012.
2. Antonov A.I. Mikrosotsiologiya semi. –Moskva, 2013.
3. Chernyak Ye. M. Sosiologiya semi: Uchebnoye posobiye. –
Moskva: Izdatelsko-torgovaya korporasiya «Dashkov i K», 2004.
- 238 s.
Qo„shimcha adabiyotlar:
4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob
xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent. O‗zbekiston nashriyoti,
2017.
5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va manfaatlarini ta‘minlash
– yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent.
O‗zbekiston nashriyoti, 2017.
6. Tartanovskaya I.N. Gendernaya sosiologiya. Uchebnik. -
Moskva., 2005.
Axborot manbalari:
7. http: // gf.nsu. ru/
8. http: // www.sociol.com/
9. http: // www.nitehwk.com/ alleycat-fag. html
10. http: // www.sci. econ./
11. http: // www.sci. anthropology/
12. http: // www.sci. environment
81
4-MAVZU. OILA-NIKOH MUNOSABATLARIDA SOTSIAL
MAQOM VA IYERARXIYA
1. Oilaviy munosabatlarda androgonistik yondashuv.
2. Islom dinida oila-nikoh munosabatlari
3. Oilaning kichik guruh sifatida o‗rganishdagi sotsiologik va
psixologik yondashuvlar.
4. Oilaviy birdamlik va ―BIZ‖ xissi.
Oilaviy munosabatlarda androgonistik yondashuv mavzusiga
tuxtalar ekanmiz, avvalo androgonistik yondashuvning o`zi nima degan
savolga javob berish lozim. Andragogika (grekcha ἀνήρ anér
– erkak,
ἄγειν ágein – rahbarlik qilmoq)
1
– oila nazariyasining erkaklar sub‘ekti
tomonidan boshqarilishi, erkaklar ustuvorligi mafkurasi, oiladagi
erkakning o‗rni, shuningdek, oilasi oldida erkakning xususiyatlarini
ochib beruvchi bo‗limi. ―Androgogika‖ tushunchasini 1833 yilda nemis
pedagogika tarixchisi Aleksandr Kapp
2
ilmiy foydalanishga kiritgan.
O‗zlashtiruvchi xo‗jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‗jalikka o‗tilishi
munosabati bilan ijtimoiy tuzilma shakli sifatida matriarxat o‗z o‗rnini
patriarxatga bo‗shatib berdi. Endi, erkak asosiy ta‘minotchi kuch, jamoa
boshqaruvchisiga aylandi. Ota urug‘i ustuvorligi, ishlab chiqarish
vositalariga egalik erkaklarga o‗tib, mehnat qilish shakllari ijtimoiy institut
sifatida shakllanib, tovar-pul munosabatlari yuzaga keldi. Poligam
munosabatlardan monogam oila tizimiga o‗tildi. Xususiy mulk paydo
bo‗ldi. Ijtimoiy tuzilmaning ushbu shakli xo‗jalik yuritish shartlari bilan
bog‘liq bo‗lib, dehqonchilik, kulolchilik, chorvachilikning asoschisi, mehnat
taqsimotini yo‗lga qo‗yib, dastlabki mehnat qurollarini yaratgan, uy
xo‗jaligini yuritishni boshlab bergan xotin-qizlar edi. Demak, ayollar
ijtimoiy munosabatlar tizimida bunyodkorlik va yaratuvchanlik faoliyatiga
tamal toshini qo‗ydilar.
1
https://ru.wikipedia.org/wiki/Андрагогика
2
Под ред. Колесниковой И. А. Основы андрагогики. — М.: «Академия», 2003. — С. 5. — 240 с. —
ISBN 5-7695-0978-3.
82
Sinfiy jamiyatlarning paydo bo‗lishi patriarxal tartibotlarni yanada
musthakamladi. Ushbu munosabatlar negizida shakllangan ijtimoiy
me‘yorlar ilk davlatlarning rasmiy qonunchilik hujjatlarida o‗z aksini topdi.
Xususan, qadimgi Bobil hukmdori Hammurapi qonunlarida qizlar
turmushga chiqqunlariga qadar otasiga tegishli bo‗lar, bo‗lg‘usi er ularni
otadan sotib olishi kerak bo‗lgan. Turmushga chiqqan ayol itoat etmasa, eri
uni shafqatsiz jazolash huquqiga ega bo‗lgan. Xotin-qizlar ayniqsa, iqtisodiy
sohada deyarli huquqsiz bo‗lib, ularga kimningdir mulki sifatida qaralgan.
Bugungi kunga kelib esa xotin-qizlarga kimningdir mulki sifatida
emas, balki gender tenglik, feminizm, ayollar va erkaklarning teng
huquqligi tushunchalarining kirib kelinishi bilan, xotin-qizlarning huquqlari
himoya qilinib kelinmoqda. Shaxslar ijtimoiy mavqei, jinsi va boshqa
ijtimoiy ko‗rsatkichlaridan qat‘i nazar inson huquqlaridan bir xilda
foydalana olishsa, gender tengligi yuzaga keladi. Bitta huquq ham
erkakda, ham ayolda bo‗lsa-yu, erkak bu huquqdan foydalansa, ammo
ayol ayol bo‗lgani uchun ham foydalana olmasa, mana shu nuqtada
gender muvozanati buziladi. Bunday buzilishlarning bo‗lishi esa
jamiyatda erkaklar ustunroq, ayollar quyiroqda degan tushunchani paydo
qilishi mumkin. Aslida esa huquqlar baravar, lekin shu huquqdan
foydalanish imkoniyati turli to‗siqlar bilan kamaytiriladi.
Oilada gender tengligi bo‗yicha muammolar ilgari ham etarlicha
mavjud bo‗lgan. Ammo ular haqida gapirilmagan, muammolar tabiiy hol
deb qabul qilingan. Lekin boshqa manbalar o‗qilsa, Qur‘on va hadislar
bilan tanishsa, aslida boshqacha bo‗lishi, muammolarsiz yashash
mumkinligini tushunish mumkin. O‗zbek mentalitetida ham, dinimizda
ham ayolni xo‗rlash yo‗q. Islom dinida ayolni xo‗rlamaslik, qizlarni
tarbiyalaganlarning jannatga tushishi, jannat onalar oyog‗i ostiga ekani
uqtirilgan.
Gender tengligini birinchi navbatda ayollar – onalar buzishadi.
Chunki qizlarga ham, o‗g‗il bolalarga ham, jamiyatga ham onalar
tarbiya berishadi. Ayollarning bunday harakatlari natijasida notenglik
odatga aylanib boradi, oqibatda davlatning o‗zi ham bunga e‘tibor
bermay qo‗yishi, jamiyat notenglik muhitiga ko‗na boshlashi mumkin.
Gender adolati faqat ayollar emas, erkaklar uchun ham kerak. Davlat o‗z
83
siyosatini gender yondashuvi bo‗yicha tashkil qilishi kerak –
erkaklarning ham, ayollarning ham o‗ziga xosliklarini inobatga olgan
holda ularga o‗z huquqlaridan bir xilda foydalana olishini kafolatlashi
lozim.
Bugun oilada erkakning vazifasi nimadan iborat? Oilaviy
barqarorlik uchun to‗liq uyg'unlik muhitida, erkaklarning oilasi oldida
erkaklarning vazifalari barcha oila a'zolarini bilish juda yoqimli bo‗ladi.
Erkaklar nafaqat fiziologiyada, balki ular psixologik jihatdan ham farq
qiladi, shuning uchun oilaviy majburiyatlar ham ajralib turadi. Oilada
namunali er, ota va oila boshlig`i bo‗lish uchun nimalar qilish kerak?
Oila paydo bo‗lganidan to hozirgi davrlarga qadar uning turlari va
ijtimoiy-demografik tarkibi muntazam o‗zgarib bormoqda. Oila turlari
va tarkibida sodir bo‗lgan o‗zgarishlar va ularga ta‘sir etuvchi omillarni
jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichlari uchun alohida o‗rganish
zarur. Oilaning mohiyati – u bajarayotgan vazifalar bilan belgilangan.
Oilaning eng muhim vazifasi - bu farzandlarning tug`ilishi, ya‘ni jamiyat
davomiyligini ta‘minlovchi yangi avlod yaratishdir. Oila bugungi
shaklida oila a‘zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-
mulkiy, ma‘naviy-mulkiy, psixologik munosabatlar, o‗zaro javobgarlik
his-tuyg‗ulari bilan bog‗lanib turadilar. Oilada har bir oila a‘zolarining
o‗z ijtimoiy o‗rni bor. Oila paydo bo‗lib to tugagunga qadar bir qancha
bosqichlardan o‗tadi. Ular oilaning tashkil topishi (nikohga kirish)
birinchi farzandi tug‗ilishi (farzand ko‗rish faoliyatining boshlanishi)
oxirgi farzand tug‗ilishi, oxirgi farzandning oilali bo‗lishi, oilasini
tashkil etgan er yoki xotinning dunyodan ko‗z yumushi. Yuqorida
keltiradigan
jarayonlar
oilaning
hayoti
davrlari
bo‗lib,
oila
davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi.
Ushbu har bir davrning o‗ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolari
mavjud. Oila-nikoh munosabatlari, oila tarbiyasi
masalalarini o‗rganish ham oila va gender sotsiologiyasidan keng o‗rin
olgandir.
Mamlakatimizda
oilalar
mustahkamligini,
ularda
ijtimoiy-
ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlash, jamiyat farovonligini
yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
84
Konstitutsiyamizda ham oila to‗g‗risida alohida bob ajratilib, oila
manfaatlari muhofaza qilinayotganligi va oila mustahkamligi tamoyillari
belgilanib, kafolatlanganligi bejiz emas.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018
yil 2 fevraldagi ―Xotin-qizlarni qo‗llab-quvvatlash va oila institutini
mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari
to‗g‗risida‖gi
PF-5325-sonli
Farmoni
ham
oila
mustahkamligini ta‘minlash, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi rolini
oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan
ham ahamiyatlidir.
Hozirgi vaqtda nikoh tuzish shartlari haqida to‗xtalib o‗tadigan
bo‗lsak, O‗zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 14 va 15-
moddalariga muvofiq, nikoh ixtiyoriy ravishda nikoh yoshiga (erkaklar
uchun ham, ayollar uchun ham 18 yosh) etgandan so‗ng tuziladi.
Shuningdek, Oila kodeksining 13-moddasiga muvofiq, muhim qaror
ustida o‗ylab ko‗rishlari uchun nikohlanayotganlarga ariza berilgan
kundan boshlab 1 oy vaqt beriladi.
Oila va nikoh munosabatlarini yanada mustahkamlash sohasida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi
―Jamiyatda ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog‗lomlashtirish, mahalla
institutini yanada qo‗llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan
ishlash
tizimini
yangi
darajaga
olib
chiqish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PF-5938-son Farmoni hamda 2020 yil 18 fevraldagi
―O‗zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‗llab-quvvatlash
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarorining qabul
qilinganligi ham mazkur sohadagi islohotlarni yangi bosqichga
ko‗taruvchi muhim qadam bo‗ldi
Yuqorida sanab o‗tilgan hujjatlarga asosan, Mahalla va oilani
qo‗llab-quvvatlash vazirligiga:
jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‗laqonli va
samarali joriy etilishida har tomonlama ko‗maklashish, oilalar va
mahallalardagi
ijtimoiy-ma‘naviy
muhitni
sog‗lomlashtirishda
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik
o‗rnatish;
85
oila institutini mustahkamlash bo‗yicha, eng avvalo, «Sog‗lom
oila — sog‗lom jamiyat» g‗oyasini hayotga tatbiq etishga yo‗naltirilgan
yagona davlat siyosatini yuritish, notinch va muammoli oilalarga
manzilli ko‗maklashishni tashkil etish;
xotin-qizlarni qo‗llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining
samarali amalga oshirilishini ta‘minlash, ularning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli
va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlarini ta‘minlash;
xotin-qizlarning muammolarini o‗z vaqtida aniqlash, yordamga
muhtoj bo‗lgan va og‗ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga,
shu jumladan, nogironligi bo‗lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy,
psixologik va moddiy yordam ko‗rsatish;
xotin-qizlarning bandligini ta‘minlash, mehnat sharoitlarini
yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni
oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish
masalalarida har tomonlama manzilli qo‗llab-quvvatlash;
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
mahalla tizimini rivojlantirish bo‗yicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining jamiyatdagi
o‗rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va
ta‘sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini
yuksaltirish;
mahallalarda
qonun
ustuvorligini
ta‘minlash
va
huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari,
boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‗zaro hamkorligini
mustahkamlash;
yolg‗iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta‘minlangan
oilalarga
moddiy
ko‗maklashish,
ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlashni
ta‘minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‗rsatish,
nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma‘naviyatini
yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida
samarali foydalanish;
86
fuqarolar yig‗inlarining moddiy-texnika ta‘minotini yaxshilash
hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
vazifalari yuklatildi.
Yuqoridagi islohotlarning samarasi sifatida aytib o‗tsak bo‗ladiki,
mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarini azaliy qadriyatlarimiz va
bugungi kun talablari asosida rivojlantirish borasida ko‗rilayotgan
amaliy choralar negizida ana shunday ezgu maqsadlar mujassamdir.
Ислом динида oila va nikoh munosabatlari йигит ва қизнинг
дўстлик, меҳр-оқибат, ҳурмат-эътибор, муҳаббат, кечиримлилик,
самимийлик каби инсоний фазилатлар асосида ҳаѐт кечиришга
аҳдлашувидир.
Оила кўрки бўлган аѐллармизга чиройли муомала кўрсатиш,
ширинсўз бўлиш ва ҳар томонлама яхшилик қилишимиз лозим.
Уларнинг феъл-атворидаги бирор ҳаракат ѐқмаган тақдирда ҳам
қўполлик қилмасдан, ширинсўзлик билан камчиликларини айтиш,
уларни тузатишга кўмаклашиш керак бўлади. Чунки ҳар нарсада
Аллоҳ таолонинг биз билмаган, ақлимизга келмаган ҳикматлари
бор. Аѐлларнинг хулқида бир эмас, бир неча яхшилик борлиги
маълум. Оила саранжом-саришталиги, кийим-кечак ҳамда
уйларнинг пок ва озодалиги, таом тайѐрлаш борасидаги миннатсиз
хизматлари ва энг муҳими, тўғри тарбия берилган, кўзлар қувончи
бўлмиш солиҳ фарзандларни вояга етказиши шундай яхшиликлар
сирасига киради. Бу ҳақда ҳазрат Расулуллоҳ алайҳиссалом бундай
деганлар: " Мўмин эркак мўмина хотинига ғазаб қилмасин. Агар
Dostları ilə paylaş: |