status turli sosial-iqtisodiy tavsiflar (farovonlik, nasl-nasab,
ma‘lumot va hokazo) ning yig‘indisi sifatida ko‗rib chiqiladi. Tashqi
qiyofaga nisbatan taassurotga ko‗ra statusni subyektiv baholash «hayoliy
munosabatlarni» davom ettirish yoki yakunlashga qaror qilish uchun
muhim;
-shaxsning sotsial-psixologik tavsifi (empatiya, emosionallik,
ekspressivlik, o‗zaro tushunish va hamkorlik qobiliyati va hokazo);
-qadriyatlar, maslaklar va hokazo. Umumiy yoki mos keluvchi
qadriyatlar doimiy hamkor bilan o‗zaro munosabatni yengillashtiradi va
nikoh tanlovi to‗g‘risida qaror qabul qilish omili bo‗lib xizmat qilishi
mumkin. O‗zaro kuchli farqlanuvchi qadriyatlar hatto kuchli ehtiros
holatida ham nikoh tanlovi uchun yengilmaydigan to‗siq bo‗lishi
mumkin. F. M. Dostoyevskiyning fikrlarining «qarama-qarshiligi»
tufayli voz kechishi buning jamlanma misolidir
32
. A.P.Chexovning
«Jonginam» hikoyasi qahramonining ehtiros, iliq munosabatlar,
jamiyatdagi mavqeyi tufayli o‗z shaxsi, maslakdan voz kechishi boshqa
xil jamlama misoldir.
Moddiy ne‘matlarga almashuvga molik shaxsning sifat va
tavsiflari, yoki nikoh bozoriga jalb etiluvchi shaxsiy resurslari, yuqorida
aytilganidek
nikoh
tanlovi
jarayoni
ishtirokchilari
tomonidan
baholanadi. Bunda bozor ta‘riflari yoki almashuv ta‘riflari o‗zaro
munosabatlarning
uch
xil
darajada
almashuvning
ehtimoliy
30
Гидденс Э. Девять тезисов о будущем социологии// Теория и история экономических и
социальных институтов и систем. Зима 1993. Т. 1. Вып. 1.
31
Голод С. И. Стабильность семьи: социологический и демографический аспекты. Л., 1984.
32
Гончарова Г. С., Савельев Л. Я. Статический анализ структурных и демографических
характеристик семьи. Новосибирск, 1985.
54
ishtirokchilari hamda uning sharoitlari va nikohdan o‗tishga qaror qilish
jarayonini determinallash bilan harakat qiladi. Bernard Murshteynning
«Stimullar-qadriyatlar-rollar» nazariyasi orqali nikoh tanlovi jarayonini
to‗liq yoritishga harakat qilgan
33
.
SQR nazariyasi diadik munosabatlari rivojining umumiy
nazariyasi hisoblanadi. Dastlab u Murshteyn tomonidan mulozamat
jarayoni tahlili uchun ishlab chiqilib, so‗ngra irqlararo nikohlarni
o‗rganish uchun tadbiq etilgan. So‗ngra do‗stlik va er-xotinlik
munosabatlari tadqiqotiga tatbiqan kichik modifikasiyalar yordamida
kengaytirilgan.
SQR nazariyasi «attraksiya (jozibadorlik) va interaksiya nisbatan
erkin tanlov sharoitida juftlarning bir-biriga taklif etuvchi moddiy
ne‘mat va majburiyatlar qimmatiga bog‘liqligini» belgilovchi almashuv
nazariyasi hisoblanadi
34
. Murshteynning fikriga binoan munosabatlar
rivojlanishi jarayoni o‗zgaruvchan uch sinf yordamida determinallanadi.
Olim ularni stimullar, qadriyatli qiyoslov va rollar deb nomlaydi. Bu
o‗zgaruvchilar nikoh tanlovi jarayoni (tanishuv, mulozamat, nikohga
ahd qilish)da amal qiladi. Lekin har biri bu jarayonning muvofiq
bosqichlarida maksimal ta‘sir doirasiga ega bo‗ladi. Shunga ko‗ra u
«rag‘batlash» bosqichi, baholash va rol bosqichi, degan nom oladi
35
.
Rag‘batlash bosqichida individlarni bir-biriga «tortuvchi»,
jismoniy, intellektual, ijtimoiy va boshqa tavsiflar tufayli bir-biriga
jozibali ko‗rsatuvchi omillar amal qiladi. «Individlar bir-biriga
amalgalar tomonidan o‗ylab ko‗rilgan rag‘bat atributlari asosida
intiladi»
36
.
Keyingi bosqich qadriyatlarni qiyoslash bosqichi hisoblanadi.
Unda qadriyat va ko‗rsatmalar, xususan juftlarning nikoh, jinsiy rollar,
oiladagi farzandlar soniga ko‗ra bir-birini bilishi va tasavvur etishi
tizimlari o‗zaro baholanishi lozim bo‗ladi. Murshteynning so‗zlariga
ko‗ra, «belgilash» qadriyat qiyoslovi bo‗lib, maslakdan kelib chiquvchi
33
Городская и сельская семья/ Руководитель авторского коллектива В. М. Медков. М., 1987.
34
Гуд У. Социология семьи// Социология сегодня. М., 1965.
35
Гумплович В. Брак и свободная любовь. Одесса, 1906.
36
Демографические перспетивы России. М., 1993.
55
sifatida tasvirlanganda manfaatlar, ko‗rsatmalar, qarashlar va hatto
ehtiyojlar qatoriga kiradi.
«Qadriyat qiyoslovi bosqichining dastlabki nuqtasi-kishi haqidagi
axborotni u bilan verbal interaksiya usuli yordamida yig‘ish... Bu yerda
har kim boshqa, ya‘ni din, siyosiy qarashlar, insonlarga munosabat,
sport, san‘at, raqs va hokazolarga qiziqish singari axborot haqida so‗z
bormoqda
37
».
Ba‘zi kishilar bir yoki ikki dastlabki bosqich asosida nikohdan
o‗tishlari mumkin. Biroq ko‗pchilik rol bosqichidan ham o‗tadi.
Murshteynning fikricha, ular uchun qadriyatlarning o‗xshashligi-
zaruriy, ammo yetarli bo‗lmagan shartdir. Ko‗pchilik uchun rolli
birgalik erkak va ayollarning oilaviy (oiladan tashqaridagi) roli haqidagi
tasavvurlari o‗xshashligi shundaydir.
Rolli birgalikka erishish ehtimol uzluksiz jarayondir, chunki rolli
pritirka nikoh davomida yuz beradi va hyech qachon yakunlanmaydi
38
.
Qisqacha aytganda nikoh odatlarini aks ettiruvchi nikoh tanlovining
asosiy konsepsiyalari shundaydir. Albatta, bu yerda nikoh tanlovi
jarayoni murakkabliklarini ham, uning nazariy interpretasiyalarini ham
tugatmaydi.
Biz nikoh harakati, nikoh tanlovi qonuniyatlari bilan dastlabki
tanishuv ma‘lumotlarini berish niyatida edik. 7-1 sxemada nikoh tanlovi
madaniy, sotsiologik va psixologik filtrlar orqali harakat va ehtimoliy
tanlov makonini asta-sekin toraytirish jarayoni sifatida taqdim etilgan
39
.
Nikoh tanlovi jarayoni inson o‗zi o‗ylagan «boshqa», o‗z hayotini
bog‘lashi va nikohdan o‗tish yoki nikohga o‗xshash munosabatlar
o‗rnatishi mumkin bo‗lgan yagona kishisini topishi bilan yakunlanadi.
Shu daqiqadan inson uchun «nikoh harakati» atamasi yordamida
yoritiladigan hayot bosqichi yakunlanadi va jinsiy va reproduksiya xatti-
harakati bosqichi boshlanadi. Oilani binoga qiyos qilsak, shubhasiz
uning poydevori bo‗lib nikoh hisoblanadi. Binoning poydevori
mustahkam bo‗lishi esa uning bunyodkorlariga bog‘liq. Shu ma‘noda
37
Демографический ежегодник СССР. 1991. М., 1992.
38
Демографический ежегодник Российской Федерации. 1993. М., 19
94.
39
Демографический энциклопедический словарь, М., 1994.
56
nikohni mustahkam joyda barpo eta olgan insonlarning oilasi
mustahkam va barqaror bo‗la oladi.
Adabiyotda nikoholdi omillari u yoki bu nikohning yuzaga
kelishiga asos bo‗luvchi ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik,
ma‘naviy, axloqiy va psixologik omillarni o‗zida mujassamlashtiruvchi
omillar kompleksi, avvalo oila qurayotgan yoshlarning hayotga
yetilganlik darajasi, oilaviy hayot va nikoh talablariga javob bera olish
qobiliyati sifatida baholanadi
40
.
Yoshlarning nikohga yetuklik tushunchasi muammoni yoritishda
muhim hisoblanadi. Lekin, umuman ―yetuklik‖ tushunchasining o‗zi
murakkab bo‗lganligi sababli mutaxassis olimlar nikohga yetuklik
masalasida umume‘tirof etilgan bir to‗xtamga kelishganlaricha yo‗q.
Masalan, yoshlarning ―intellektual yetukligi‖, ―kasbiy yetukligi‖,
―ma‘lumot jihatidan yetukligi‖ va shu kabi atamalarni ishlatish mumkin.
Lekin, nikohga kirish – bu biror bir universitetga imtihon topshirish va
uni bitirib maxsus diplomga ega bo‗lish degani emas. Nikohga yetuklik
– bu umuman hayotga yetuklikning o‗ziga xos ko‗rinishidir. ―Olim
bo‗lish oson, odam bo‗lish qiyin‖ deganlaridek, oilaviy hayotga tayyor
bo‗lish insonning shaxs sifatida yetilishini talab etadi. Lekin, umuman
nikohga yetuklikning ma‘lum bir ilmiy me‘yorlari aniqlanganmi, degan
savol tug‘ilishi tabiiy. Adabiyotda ozmi-ko‗pmi asoslangan
yondoshuvlarga tayangan holda nikoh oldi omillarining turlicha
shakllari, ko‗rinishlari haqidagi fikrlarni jamlab bu omillar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-yoshlarning oilaviy hayotga tayyorligi;
-oila qurish motivlari;
-oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati shartlari va
sharoitlari;
-bo‗lg‘usi oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar va b.
41
Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, bu omillarning har biri o‗z
navbatida yana bir qancha turlarga farqlanishi mumkin. Masalan,
40
қаранг: Халматова М., Муравьева Н. Ёшлар оилавий ҳаѐт бўсағасида. –Т.: Ўзбекистон, 2000;
Шоумаров /. Б., Шоумаров Ш. Б. Муҳаббат ва оила. –Т.: Ибн Сино номли нашриѐт, 1994 ва б.
41
қаранг: Оила психологияси, 91-бет.
57
nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning jismoniy
(fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy va psixologik
kabi yetuklik jihatlari tushuniladi va bularning orasida ba‘zilari aniq
belgilarga ega bo‗lsa, boshqalari murakkab ko‗rsatkichlarga ega emas
42
.
Bir so‗z bilan aytganda, yoshlarning nikohga yetuklik darajasini
ko‗rsatadigan ko‗rsatkichlar-fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy-iqtisodiy,
jinsiy, ma‘naviy, psixologik yetuklik, bir so‗z bilan aytganda, to‗laqonli
shaxs sifatidagi yetukligi oilaning keyingi barqarorligini belgilab
berishda muhim ahamiyatga ega.
Yetuklikning ushbu jihatlariga muhim e‘tibor qaratish zarurligi
isbot talab qilmaydi. Farzandlarga huquqiy bilimlarni berish, kasb-hunar
bo‗lishiga e‘tibor qaratish, o‗zini va o‗z oilasini moddiy jihatdan
mustaqil ta‘minlay oladigan darajada kamol toptirish har kungidan ham
bugun dolzarb masala bo‗lib turibdi.
O‗zbek oilalarida shu paytgacha yoshlarning oila qurishlarida
ularning iqtisodiy jihatdan mustaqilligi masalasiga alohida ahamiyat
berilmay kelindi. Hayotimizga bozor munosabatlarning kirib kelishi
bilan bu narsa yaqqol ko‗zga tashlana boshladi. Natijada hozirgacha
ko‗plab yosh oilalar ota-onasi oilasidan moddiy mustaqillikka erisha
olmay, ularning yordamiga ko‗z tikib yashash hollari yo‗q emas. Bu esa
nafaqat ularning oilasi uchun zarar bo‗lib qolmay (bu holat yosh
oilalarni zaif va mo‗rt qilib qo‗yadi, ularning o‗z kuchlariga ishonchini
susaytiradi), balki mamlakatimiz taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlar
tug‘diradi, ya‘ni boqimandalik kayfiyatining saqlanib turishiga sababchi
bo‗ladigan illatdir.
O‗zbek oilalarida yoshlarni nikoh barqarorligiga qobiliyatli qilib
tarbiyalashning yana bir muhim jihati – bu hayotiy tajriba masalasidir.
Ma‘lumki, xalqimizda qizlarni erta turmushga berish, o‗g‘ilni erta uy-
joyli qilishdek odat mavjud. Bu odat ham, albatta, ko‗p omillarga
bog‘liq. Lekin, hali hayot saboqlarini to‗la o‗zlashtirmagan, hayotni
yaxshi bilib olmagan yoshlarni hayot girdobiga bunday ―uloqtirish‖
ko‗proq farzandlarga muhabbatdan ham ko‗ra o‗zining soxta
tasavvurlariga, stereotiplpriga qaramlikning belgisidir. Aslida ma‘lum
42
қаранг: Ўша жойда.
58
bir hayotiy tajriba, bilimlarsiz yoshlarni nikohga kirishish uchun yetuk
deb hisoblab bo‗lmaydi. Buni hisobga olish zarur, zero, u nikohning
mustahkamligini belgilab beruvchi muhim shart-sharoitlarni o‗zida
mujassamlashtirgandir. Turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni to‗g‘ri
baholay olish, voqyelarni to‗g‘ri tushunish, o‗z yutuq va kamchiliklarini,
bilimlariyu qobiliyatlarini xolis baholay olish insonga hayot tajribasi
orqali keladi. Demak, yoshlarga oila munosabatlari uchun ko‗proq
yetuklikka erishish imkoniyatlarini berish zarur. Yoshlarda boshqalarga
nisbatan g‘amxo‗rlik, kelgusi oilaviy hayot muammolarini adolatli hal
etish ko‗nikmalarini o‗z hayotlari davomida ―modellashtirish‖ imkoni
bo‗lishi kerak. Shundagina ularda bo‗lg‘usi barqaror oilaviy hayot
tasavvurlari hosil bo‗ladi.
Nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lgan yana
bir omil - bu yosh masalasidir. Demografik nuqtai nazardan oila
qurayotgan avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo‗lsa, u oila hayoti
uchun shunchalik yetuk bo‗ladi. Bunda hayotiy tajriba masalasi ko‗zda
tutiladi. Oilaga tayyor bo‗lish uchun yoshlar o‗rta yoki oliy o‗quv
yurtlarini tamomlashlari, u yoki bu kasb yoki hunarni egallagan
bo‗lishlari maqbuldir.
Lekin, boshqa bir tomondan hozirgi yoshlar hayotidagi bir
tendensiyani ham hisobga olish zarur. U ham bo‗lsa hozirgi yoshlardagi
akselerasiya, ya‘ni tez voyaga yetishish jarayonidir. Fikrimizcha, bu
O‗zbekiston yoshlari uchun ham xos. O‗zbekiston Respublikasining
«Oila kodeksi» 15-moddasiga binoan erkaklar uchun 18 yosh, ayollar
uchun 17 yosh minimal nikoh yoshi qilib belgilangan
43
.
Mutaxassislarning ko‗rsatishicha, turli mamlakatlarda urf-odatlar
va milliy an‘analarga bog‘liq ravishda erkak va ayollarning turlicha
minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan
(Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) — 21
yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlat-
larida) bo‗lgan davr orasiga to‗g‘ri keladi.
Shunisini ham e‘tiborga olish zarurki, yoshlarda jinsiy yetilish
14—16 yoshlarda, huquqiy yetuklik — 18 yoshda, kasb-hunarni
43
қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Оила кодексига шарҳлар. –Т.: Адолат, 2000, 44-бет.
59
egallash va kasbiy yetuklik 28—30 yoshlarda, iqtisodiy mustaqillikka
erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan vaqt oralig‘ida
amalga oshadi. Shu ma‘noda yoshlarga keng ko‗lamdagi zamonaviy
bilimlarni, kasb-hunar ko‗nikmalarini berish maqsadga muvofiq.
Keltirib o‗tilgan ushbu nikoholdi omillari bilan bir qatorda nikoh
mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lgan omillardan yana
biri —nikoh qurish motivlaridir.
Oila qurish tomon bo‗lgan yo‗lni aslida ―nikoh motivlari -
nikoholdi omillari - nikoh - oila‖ shaklida tasavvur qilish mumkin. Bu
shuni anglatadiki, nikohga chorlovchi motivlar oila qurishda muhim rol
o‗ynovchi holatdir. Umuman motiv yoki motivasiya - bu qiziqtiruvchi
omil, ma‘lum bir faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo‗luvchi turtki,
ehtiyojlarni amalga oshirishga harakatlantiruvchi istaklardir
44
.
Maxsus adabiyotlarda ko‗plab oila motivlarni umumlashtirgan
holda bir qancha guruhga ajratiladi:
-sevgi tufayli oila qurish;
-moddiy yoki o‗zga manfaatdorlik tufayli oila qurish;
-stereotip bo‗yicha oila qurish.
Qaysi motiv nikoh va oila mustahkamligini kuchliroq ta‘minlaydi,
degan savolga javob berish oson emas. Albatta, o‗z-o‗zidan sevgi
asosiga qurilgan nikoh va oila mustahkam bo‗ladi, degan fikr dastavval
odamning xayoliga keladi. Mutaxassislar fikriga ko‗ra ham, sevishib
turmush qurgan juftliklarning aksariyati eng baxtli oilaviy hayot
kechiradilar. Lekin statistik ma‘lumotlarga ko‗ra ajralishlarning
ko‗pchilik qismi ham aynan sevishib oila qurgan juftliklarga to‗g‘ri
kelar ekan
45
.
Sevgi, albatta, sevishganlar bir-birlarini e‘zozlab, avaylab, o‗zaro
manfaatlarini
uyg‘unlashtirgan
holda
yashasalar,
oilani
mustahkamlovchi kuch bo‗lib xizmat qiladi. Lekin nikohdagi shaxs
turmush o‗rtog‘ini emas, o‗zini sevsa, o‗z manfaatidan voz kechib,
sevgisini ehtiyotlab yashamasa, unda haqiqiy sevgining bo‗lishi
44
қаранг: Холбеков А., Идиров У. Социология (изощли луғат-маълумотнома). –Т.: Ибн Сино
номли нашриѐт, 1999, 90-бет.
45
қаранг: Оила психологияси 101-102 бетлар.
60
mushkul. Ko‗pincha oila uchun jafo chekmasdan turib vafo kutish
oqibatida yoshlar oilaviy hayotdan kutgan narsalari qolib ketib, mutlaqo
noxush holatlarga duch keladilar. Bunday holda sevgi oila
mustahkamligiga xizmat qilmaydi.
Moddiy manfaat tufayli oila qurish ko‗pincha oilaviy hayotda
kutilgan maqsadga olib kelmaydi. Chunki, ko‗zlangan maqsadga bu
holda ko‗pincha erishilmaydi, bu esa ulug‘ shoir Alisher Navoiy
―G‘urbatda g‘arib shodmon bo‗lmas emish‖ deganlaridek, oilaviy baxtni
sarobga aylantirib qo‗yadi. Oilaviy hayot uqubatga aylanadi, oila
dengizda halokatga uchragan kema misol inqirozga yuz tutadi.
Agar statistikaga ishonadigan bo‗lsak, jihatdan eng mustahkam
oilalar stereotip bo‗yicha, ya‘ni hamma qilgan ishni qilish qabilida oila
qurgan juftlarga to‗g‘ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajrashishlar
miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan oilalarga nisbatan kam
ko‗rsatkichni tashkil etar ekan
46
.
Shunday ekan, qanday motiv asosida oila qurish lozim degan
muammo tug‘ilishi tabiiy. Albatta, har bir yosh o‗z taqdirini o‗zi hal
qiladi. Ammo, nima bo‗lganda ham oila mustahkamligini ta‘minlovchi
muhabbat tuyg‘ulari hayotiy tajriba, chuqur mulohaza bilan
uyg‘unlashgan holda oilaviy baxtni ta‘minlash mumkinligini yoddan
chiqarmaslik zarur.
Oila mustahkamligiga bevosita aloqador bo‗lgan nikoh oldi
omillarini guruhlashtirishda yoshlarning oila qurgunlariga qadar bir-
birlarini qancha vaqt bilganliklari, ular qanday sharoitlarga ko‗ra
tanishib oila qurishlari muhim ahamiyatga ega. Biz tadqiqotimizning
tegishli joyida bu haqda to‗xtalgan edik. Biz ta‘kidlagan edikki,
xalqimizda har doim ham yoshlarning o‗zlari boshqalarning
aralashuvisiz bir-birlarini ma‘lum bir muddat bo‗lajak turmush o‗rtoqlari
sifatida bilib yurishlari, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, mijozlari,
dunyoqarashi haqida aniqroq ma‘lumotlarga ega bo‗lishlariga ahamiyat
berilavermaydi. Vaholanki, bu holatlar ularning kelgusi hayotlariga
favqulodda ta‘sir o‗tkazishi mumkin.
46
қаранг: Ўша жойда, 101-102-бет.
61
Mustaqillik yillarida oilaviy hayotda yuz bergan eng katta
o‗zgarishlardan biri - bu Oila kodeksining qabul qilinishi bo‗ldi. Ushbu
kodeksda nikohdan oldin bo‗lg‘usi kelin-kuyovlarning nikohdan oldingi
holatlari masalasiga ham katta e‘tibor berilgan. Xususan, yoshlar
nikohdan o‗tish uchun ariza berganlaridan so‗ng bir oy muhlat ichida
ular o‗z niyatlarini tasdiqlashlari ko‗zda tutilgan. Albatta, bu oilalarning
mustahkam asosini, poydevorini yaratishga qaratilgan qoidadir. Ammo,
yoshlarimizning aksariyati hali nikohdan o‗tishga oid mavjud yuridik
hujjatlarni yetarli darajada bilmaydilar. Tabiiyki, shunga mos tarzda
unga amal qilavermaydilar.
Maxsus adabiyotlarda yoshlar bir-birlarini qancha muddat
davomida bilsalar, ularning bo‗lajak hayotlari qanchalik mustahkam
bo‗ladi degan masalaga e‘tibor qaratib kelinadi. Bunda nikohgacha
tanishish muddatining qisqaligi maqsadga muvofiq emas deb
baholanadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‗ra, oila qurgunga qadar bir-birlarini
bir oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan er-
xotinlar orasida ko‗pchilikni tashkil qiladi. Shuningdek, bir-birlarini oila
qurgunga qadar 5-10 yil va undan ko‗p vaqt bilishlari ham bo‗lajak er-
xotinlarning bir-birlariga nisbatan hissiyligining o‗tmaslashib qolishiga
olib kelishi ham mumkin ekan. Shu ma‘noda psixologik adabiyotlarda
bo‗lajak er-xotin sifatida bir-birlarini yarim yildan bir yilgacha bilish
eng maqbul muddat deb ko‗rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-birlari
haqida yetarli bilimlar, ma‘lumotlarga ega bo‗lishga ulgurishar ekanlar.
Nikoh va oiladek murakkab va ko‗pqirrali tizimlarning
shakllanishida va keyingi amal qilishida alohida xususiyat va ahamiyat
kasb etuvchi holat - bu yoshlarning tanishish shartlari masalasidir.
Insonning hayotiy faoliyati qanchalik hodisayu jarayonlarga,
tasodiflarga boy bo‗lsa, yoshlarning bir-birlari bilan tanishish
imkoniyatlari va shart-sharoitlari ham shunchalik rang-barangdir.
Ko‗cha-ko‗y, ta‘lim muassasalari, dam olish, davolanish, sport
maskanlari, jamoat transporti, to‗y-tomosha, turli tadbirlar, odamlar
ko‗plab to‗planadigan joylar, xullas, inson qayerda mavjud bo‗lmasin,
shularning barchasida boshqa odam, boshqa jins vakiliga talpinadi va
tanishish uchun imkon qidiradi.
62
Tanishish vositalari ham turlichadir. Avvalo, inson boshqa jins
vakili bilan shaxsiy xususiyatlari, ma‘naviy jihatlari, madaniyati,
tarbiyasiga yarasha mustaqil tarzda tanishadi. Lekin bunga jur‘ati
yetmagan inson boshqalar vositasida tanishishlari mumkin.
O‗zbek xalqida yangi oilalarning shakllanishida sovchilik instituti
keng tarqalgan. Aytish mumkinki, bu tarixan shakllangan noyob institut
yordamida oila mustahkamligini ta‘minlashning hayotiy tajribaga
asoslangan o‗ziga xos jihati namoyon bo‗ladi. Albatta, bu kabi institutlar
boshqa xalqlarda ham bor, lekin u aynan o‗zbeklarda oilani barqaror
qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, sovchilik -
nikohning yuzaga kelishining muhim sharti hisoblanadi, shu ma‘noda u
to‗g‘ridan-to‗g‘ri nikoh-oila mustahkamligiga qaratilgan. Sovchilik
shuning uchun ham nikoh-oila munosabatlarida muvozanatlovchi
mexanizm rolini o‗ynaydi. Gap shundaki, yoshlar o‗zlari tanlagan
odamni har tomonlama xolis va to‗g‘ri baholay olmasliklari mumkin. Bu
borada kattalarning ―Yetti o‗lchab bir kesishga‖ asoslangan
mulohazalari qo‗l keladi. Bu yana shunisi bilan ham ahamiyatliki,
yoshlar shu tariqa o‗zlari uchun mos inson bilan turmush qurish, o‗z
nikohlariga mas‘uliyat bilan yondoshish, o‗z oilasi mustahkamligi uchun
kurashish, uning hayoti uchun javobgarlikni zimmasiga olish sabog‘ini
oladilar.
Albatta, bu masalada ham muammolar yo‗q emas. Hozirgi vaqtda
ba‘zan oilaning moddiy va ijtimoiy holati, mavqyeiga ko‗proq e‘tibor
berilib, nikohning asl sababchilari - bo‗lajak kelin-kuyov manfaatlari,
ularning bir-birlariga mos kelishi yoki kelmasligi jihatlari unutilib
qo‗yilmoqda. Bunday vaziyatlarda yoshlarning fikri, munosabatlari
hisobga olinmay qolishi mumkin. Bu esa ular quradigan oila
mustahkamligiga jiddiy xavf tug‘diradi
1
.
Oila mustahkamligiga ta‘sir etuvchi yana bir omil - bu yoshlarning
Dostları ilə paylaş: |