49
harakatga majburlaydi. «Gomogamiya» sotsiologik tushuncha bo‗lib,
unga ko‗ra o‗xshash xarakteristikali insonlar o‗rtasidagi nikohlar, bir-
biridan individual xarakteristikasi bilan farq qiladigan insonlar o‗rtasida
nikohdan ko‗ra ehtimoli ko‗proq.
Gomogamiyani
nikohiy
tanlashning
asosiy
omili
deb
hisoblaydigan sotsiologik teoriyalar ta‘kidlashicha,
bu sohada asosiy
xarakteristikalar quyidagilar bo‗lishi mumkin:
1) nikohga kiruvchilar yoshi;
2) ijtimoiy maqomi;
3) ma‘lumotlilik darajasi;
4) intellekt darajasi;
5) tashqi ko‗rinish va h.k
Nikohiy tanlashda
yaqinlik deganda makoniy, territorial yaqinlik,
qo‗shnichilik, shuningdek, bir korxonada ishlashlik yoki bir joyda o‗qish
nazarda tutiladi. Yaqinlikning roli shundaki, insonlar bir joyda yashasa,
ishlasa yoki o‗qisa o‗xshash shaxsiy va ijtimoiy xarakteristika,
shuningdek, qadriyatlar va qiziqishlar o‗xshash bo‗lgan nikoh jufti bilan
uchrashish va muloqatda bo‗lishi ehtimoli yuqori bo‗ladi. Bo‗lajak
nikoh
juftini tanlashda insonlar, xususan qizlar otasining, o‗g‘il bolalar
esa onasining obraziga qiyoslagan holda tanlashadi (Z.Freyd).
Dostları ilə paylaş: